Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
11.1-rasm. Detallarni siquvchi tepki-yukli mexanizm. F kuch olinganda elektrod prujina vositasida ko‘tariladi. F pay ning qiymati yuk va uning holati bilan aniqlanadi. Bunday mexanizmdan quvvati 10 kVA dan oshmaydigan mashinalarda va kuchlar 1 kN gacha bo‘lganda (mikropayvandlash uchun mo‘ljallangan kichik kondensatorli mashinalarida montaj stollarida) foydalaniladi. Tepki bilan harakatga keltiruvchi prujinali siqish mexanizmi o‘zgarmas siqish kuchini hosil qiladi (17.2-rasm). Tepki (5) ni F kuch bilan oxirigacha bosilganda yuqorigi elektrod pastga tushib detallarni siqadi. Payvandlash kuchi prujina (1) ni richagli tizimi (3) dagi gayka (2) bilan oldindan siqish orqali aniqlanadi. Elektrod yuk (4) vositasida ko‘tariladi. F pay ning prujinaning holatiga va elektrodlar oralig‘iga bog‘liqligi, tepkini katta kuch bilan bosish kerakligi hamda payvandchining tez charchab qolishi sababli bu mexanizm quvvati 20 kVA gacha va payvandlash kuchi 2,5 kN gacha bo‘lgan o‘zgaruvchan tokli kichik mashinalardagina qo‘llaniladi. 109 11.2-rasm. Detallarni siquvchi prujinali mexanizm. Pnevmatik siqish mexanizm ayniqsa o‘rtacha va katta quvvatli (1000 kVA gacha) mashinalarda keng tarqalgan bo‘lib, kuchlar oralig‘i (intervali) kengdir (0,3–250 kN). Tezkor, oson boshqariladigan, chuqur rostlanadigan ushbu mexanizm odatda avtomatik rejimda, ko‘pincha sinxron uzgich bilan birga ishlaydi. Bunday mexanizm nixoyatga universal hisoblanadi. U istalgan siklogrammani va kuchlarning keng qo‘llamda rostlanishi ta’minlay oladi. Mazkur mexanizmning kuch qismlari porshenlar va egiluvchan diafragmalardir. Porshenli yuritmaning yo‘li kattalashtirilgan. U yuqori darajada ishonchligi, ammo kameralarining o‘lchamlari katta ekanligi, uncha tezkor emasligi hamda ishqalanish kuchlari ancha kattaligi bilan ajralib turadi. Elektrodga uzatiladigan kuch yuqorigi A kameradagi havo bosimi bilan rostlanadi. 110 11.3-rasm. Pnevmatik siqish mexanizmining porshenli yuritmasi. Bunday silindr kuchlarining ikki diapazoni: kichik va katta diapazonlarini ta’minlaydi. Klapan K vositasida ikkala kameraga havo yuborilib uncha katta bo‘lmagan payvandlash kuchi hosil qilinadi, bu kuch porshenlar yuzini farq bilan aniqlaydi. Silindr qarshi bosim bilan ishlaydi. Ba’zan kuchlar diapazoni kengaytirish uchun B kameradagi bosim A kameradagi havo uzatilganda (va B kamera atmosfera bilan tutashganda) katta kuch (cho‘kichlash, oldindan qisish, oshirilgan payvandlash kuchlari) hosil bo‘ladi. Diafragmali yuritmaning yo‘li kichik (20 mm gacha) bo‘ladi, shu bois elektrodlar qo‘shimcha yo‘lga ega bo‘lishi (yurishi) uchun alohida pnevmatik yoki elektr-mexanik qurilma zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, diafragma siljiganda (egilganda) kuch faqat muayyan chegaralarda (uning neytral holatida) o‘zgarmas bo‘lib qoladi. 11.4-rasm. Pnevmatik siqish mexanizmining diafragmali yuritmasi. 111 Rezinali diafragmalar eskiradi, ammo yuritmaning tuzilishi oddiyligi, moylanmasligi, ishqalanishning juda kichikligi, kameralarining o‘lchamlari kichikligi, ularning tez to‘lishi, binobarin tezkorligi, ya’ni afzalliklari hisoblanadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling