Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

 
 


106 
Nazorat savollari 
 
1. Kontaktli mashinalarning mexanik qismi nimalardan iborat? 
2. Kontaktli mashinalarning elektr qismi nimalardan iborat? 
3. Kontaktli mashinalarning elektr parametrlarini aytib bering. 
4. Kontaktli payvandlash mashinalari qaysi parametrlariga 
ko‘ra tasniflanadi? 
5. Kontaktli mashinalarning korpusi qanday qismlardan tashkil 
topadi? 
6. Kontaktli mashinalarning ikkilamchi konturi nimalardan 
iborat? 
7. Elektrodlar nimaga mo‘ljallangan? 
 
11-MA’RUZA. 
KONTAKTLI PAYVANDLASH MASHINALARINING 
MEXANIZMLARI 
Reja: 
11.1. Detallarni siqish mexanizmlari 
11.2. Roliklarni aylantirish mexanizmlari 
11.3. Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
siqish 
mexanizmlari 
11.4. Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
qisuvchi 
mexanizmlari va tirak moslamlari 
Tayanch so’z va iboralar: mexanizm, richagli mexanizm
tepki-yukli mexanizm, pnevmatik siqish mexanizm, roliklarni 
aylantirish mexanizmlari 
11.1. Detallarni siqish mexanizmlari 
 
Mexanizm – kuch yuritmasi (masalan, pnevmotsilindr, elektr 
dvigateli) hamda ijrochi mexanizmlar (polzun, yo‘naltiruvchi 
richaglar, muftalar, reduktor va b.) majmuidir. 


107 
Umumiy ishlarga mo‘ljallangan mashinalar turli mexanizmlar: 
detallarni 
siqish 
aylantirish, 
qisib 
qo‘yish, 
cho‘ktirish 
mexanizmlari mavjud. Maxsus mashinalarda, bulardan tashqari, 
siljitish, shakl hosil qilish, mahkamlash, detallarni ajratib olish va 
boshqa mexanizmlar ham bo‘lishi mumkin. 
Bunday mexanizmlar harakatlanuvchi qismaning ko‘tarilishi, 
tushishi, siljishini hamda detallarning siqilishini berilgan kuch va 
muddat dasturi bilan ta’minlash kerak. Nuqtali payvandlash 
mashinalarida bu mexanizm elektrodlarning ikki harakati: detallar 
bir qadamga siljiydigan ish harakatini (2s+(3÷5) mm) va 
elektrodlarni tozalash, almashtirish, detallarni o‘rnatish hamda 
olish uchun qo‘shimcha (oshirilgan) harakatini amalga oshiradi.
Richagli, 
tepki-yukli, 
prujinali 
yuritmali 
mashinalarda 
elektrodlarning harakati bir vaqtning o‘zida ish harakati va 
qo‘shimcha harakat hisoblanadi. Harakatning ikkila turi odatda ish 
harakati va relyefli payvandlash mashinalarida mos keladi, uchma-
uch payvandlash mashinasi uchun esa ish harakati hamda 
qo‘shimcha harakat to‘g‘risidagi tushuncha umuman yo‘q. 
Nuqtali va chokli payvandlash mashinalarida yuritmalarning 
richagli, yukli, prujinali, pnevmatik, gidravlik, ba’zan esa 
elektromagnitli turlari qo‘llaniladi. 
Richagli (dastkli) mexanizm uncha katta bo‘lmagan nuqtali 
payvandlash 
mashinalari, 
ombirlarda, 
mikropayvandlashda 
pinsetlarda, shuningdek payvandlash va bir necha joyidan 
payvandlab 
qo‘yish 
uchun 
to‘pponchalarda 
qo‘llaniladi. 
O‘zgarmas kuchi detallarga yoki richaglar tizimi orqali, yoki 
bo‘lmasa bevosita qo‘lda qo‘yiladi. Bunday mexanizm 0,1 mm 
gacha qalinlikdagi detallarni biriktirish uchun yetarli bo‘lgan 
kichik (300 N gacha) kuch hosil qiladi. Kuchning o‘zgarib turishi, 
payvandchining toliqishi ushbu mexanizmning kamchiliklaridir. 
Tepki-yukli mexanizm siqish o‘zgarmas bo‘lgan oddiy va 
ishonchli mexanizmdir. F
pay
yukni bo‘linmali richag bo‘ylab surib 
rostlanadi. Elektrodni tushirish uchun tepki (pedal) ga F kuch 
qo‘yilib richaglar (4) tizimidagi prujina (5) ning kuchi yengib 
o‘tadi (11.1-rasm).


108 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling