Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

10.6. Elektrodlar 
 
Elektrodlar (roliklar) bevosita detallarga payvandlash toki va 
siqish kuchini keltiradi. Shu bilan birga ular ikkilamchi kontur 
qismlari, mashinaning konstruksion kuch qismlari va texnologik 
asbob bo‘lib ham hisoblanadi. 
Elektrodlarning tuzilishi. Elektroddlar va roliklar uchta 
asosiy qism: ishchi qismi (1), o‘rta (2) va o‘tqazish qismi (3), 
shuningdek sovitish kanallari (4) dan iborat. 
Ish qismi l
1
uzunlikdagi va D
e
diametrli sarflanadigan qism 
bo‘lib, uzoq muddat ishlatish jarayonidan qayta-qayta charxlash 
mumkin. 
Yangi 
elektrodlarda 
l
1
=(0,7–0,8)D
e
bo‘ladi. 
Konussimon ish qismining burchagi α=30°. 


100 
10.12-rasm. Elekrodning tuzilishi: a – elektrodning asosiy qismi; b – 
rolikning asosiy qismlari. 
Burchak kattalashsa, ish yuzasi tezroq ezilishi natijasida 
elektrodlarning chidamliligi pasayadi. Burchak kichiklashganda 
esa hatto kichik deformatsiyalarda ham d
e
ning o‘lchamlari 
o‘zgarishi ortadi. 
Ishchi qismida ish (teguvchi) yuzasi (IYU) bo‘lib, u detallar 
bilan bevosita mexanik va elektr kontakt bo‘lishini ta’minlaydi. 
IYU ning shakli va o‘lchamlari elektrodlarning muhim texnologik 
tavsifi hamda payvandlash rejimi parametri hisoblanadi. Bunday 
yuzaning shakli detalning payvandlash joyidagi shaklida mos 
bo‘lishi kerak. 
10.13-rasm. Elektrodlar I va roliklar II ning ish qismi shakllari:
a – IYU sferik bo‘lgan sferasimon; b – IYU tekis bo‘lgan sferasimon; d 

IYU tekis bo‘lgan silindirsimon; e – IYU radiusli bo‘lgan sferasimon; f – 
IYU silindrsimon bo‘lgan konussimon; g – IYU silindrasimon bo‘lgan 
to‘rtburchak. 


101 
List detallarni payvandlashda IYU ning boshlang‘ich shakli 
yassi (roliklarda silindrsimon) yoki sferik (roliklarda radial) 
bo‘ladi. Birinchi holda ish yuzaning shakli R
e
, R
r
bilan, ikkinchi 
holda esa diametr d
e
yoki kenglik f
r
bilan tavsiflanadi. 
Konussimon qilib charxlangan yassi shakli ish yuzasi 
deformatsiya qarshiligi σ*
D
yuqori bo‘lgan metallar (po‘latlar, 
issiqqa chidamli po‘latlar), massa ko‘chishga moyil bo‘lmagan
metallar (po‘latlar, nikel, titan qotishmalari) uchun qo‘llaniladi. 
Sferik shakldagi ishchi yuzasidan qizigan darzlar va 
bo‘shliqlar hosil qilishga moyil σ*
D
yuqori bo‘lgan metall 
(aluminiy, magniy va mis qotishmalari) uchun foydalaniladi. 
10.7-jadval

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling