Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
10.11-rasm. Payvandlash mashinasining payvandlash konturi:
1, 2 – yuqorigi va pastki elektrod kallaklari; 3 – egiluvchan shina; 4, 8 – yuqorigi va paskti qattiq shinalar; 5, 7 – ikkilamchi o‘ramning chiqish simlari; 6 - payvandlash transformatori. Uchma-uch payvandlash mashinalaridagi tok keltirish tizimi yuqorida ko‘rib chiqilganlardan farq qiladi. Tizim kontakt plitalari yoki harakatlanuvchi va qo‘zg‘almas kolodkalar (3) dan iborat bo‘lib, ular po‘lat plitalar (5) ga mahkamlangan. Egiluvchan shinalar (2) yordamida kolodkalarga payvandlash transformatori (1) dan tok keltiriladi. Kolodkalarga elektrodlar – ya’ni jag‘lar o‘rnatiladi. 10.12-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinasining payvandlash konturi . Egiluvchan shinalar nuqtali, relyefli va chokli payvandlash mashinalarining harakatlanuvchi payvandlash kallaklari hamda 99 pastki konsolni, shuningdek uchma-uch payvandlashda harakatlanuvchi plitani siljitish mumkin bo‘lishi uchun qo‘llaniladi. Bunday shinalar to‘rtburchak shaklida erkin bukilgan mis folgasidan yig‘ma yoki eshma qilib tayyorlanadi va boltlar bikr tok o‘tkazuvchi qismlarga maxkamlanadi. Bikr (qattiq) shinalar mis prokatdan plitalar, tilimlar, burchakliklar ko‘rinishida, ichkaridan suv bilan sovitiladigan qilib tayyorlanadi. Ularga kuch yuklari tushmaydi, ulardan payvandlash transformatorining klemmalari bilan egiluvchan shinalar (nuqtali, relyefli, chokli mashinalarda) yoki qo‘zg‘almas plita (uchma-uch payvandlash mashinalarida) o‘rtasidagi oraliq qismi sifatida foydalaniladi. Kontaktlar – payvandlash konturining tok keltiruvchi qismlari mahkamlanadigan joylardir. Kontaktlar doimiy – qo‘zg‘almas (asosan boltli birikmalar), o‘zgaruvchan – qo‘zg‘almas (ko‘pincha elektrod tutkich bilan, elektrod tutkichning konsol bilan va h. bilan almashtiriladigan birikmalari) hamda harakatlanuvchi (chokli payvandlash mashinalari rolikli kallaklarining podshipnigidagi aylanuvchi kontaktlar) kontaktlarga ajratiladi. Kontaktlarning elektr qarshiligi qiymati anchagina o‘zgarib turadi (ayniqsa harakatlanuvchi o‘zgaruvchi kontaktlarda). Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling