Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
Elektrodlarning
chidamliligi. Ishlatish davrida elektrodlarning ish yuzasi siklik qizishga (ko‘pincha 400– 700° gacha), yuqori haroratlarda zarbdan ezilishga, massa ko‘chish tufayli ifloslanishga duchor bo‘ladi. Dastlabki ikki omil boshlang‘ich d e va ish yuzasining yuzi asta-sekin kattalashishiga sabab bo‘ladi. Ma’lum miqdordagi nuqtalar n kr payvandlab bo‘lingandan keyin ish yuzasi yeyila boshlaydi va deformatsiyalangan yuzada darzlar, bo‘shliqlar paydo bo‘ladi, deformatsiyaga qarshiligi pasayadi. Payvand birikmalarning o‘lchamlari keskin kichiklashadi. Ishchi yuzaning ifloslanishi qarshilik ortishiga va elektrodning tegish joyi oldida harorat ko‘tariladi va massa ko‘chish faollashuvi hamda yuzaning yorilishiga olib keladi. 104 Elektrod va roliklarning chidamliligi ularning asosiy sifat ko‘rsatkichi bo‘lib, pirovardida ikki omil: ma’lum miqdorda nuqtalar payvandlanganda d e , f r , R e , R r ning o‘zgarmasligi joiz chegaralarda saqlanish muddati va ish yuzasining tozaligi joiz chegaralarning saqlanish muddati bilan tavsiflanadi. Elektrod va roliklarning chidamliligi d e , f r 20% gacha kattalashganda nuqtalar soni n kr va chokning uzunligi l kr bilan baholanadi. Ish yuzasini kritik o‘lchamlari andozalar bilan aniqlanadi. Elektrodlarning chidamliligi ko‘pgina omillar: elektrod qotishmalariga, elektrod-detal tegish joyidagi haroratga va sovitish tizimiga, payvandlash rejimi, payvandlanadigan metallarning xossalariga, elektrodlarni tayyorlash hamda ishlatish usuliga bog‘liq. Elektrodlar chidamliligini oshirishning muhim sharti elektrod- detal tegish joyidagi haroratni pasaytirishdan iborat. Bu harorat payvandlash jarayonida tez o‘zgarib, tok impulsining oxirida eng katta (maksimal) qiymatga (T max ) yetadi, to‘xtam vaqtida esa T min gacha pasayadi. Payvandlash jarayonida bu haroratlar asta-sekin, to issiqliq muvozanatiga yetgunga qadar ko‘tarib boradi. Eng yuqori haroratlar eng xavflidir. Ularni elektrodlarni ichki, aralish va tashqi usullarda sovitish orqali pasaytirishga harakat qilinadi. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling