Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
11.10-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining pnevmogidravlik
siqish mexanizmi. Gidravlik qisuvchi mexanizmlar gidravlik uzatish mexanizm bo‘lgan mashinalarda qo‘llaniladi. Ular tuzilishining nisbatan oddiyligi va o‘lchamlarining kichikroqligi bilan ajralib turadi. Ba’zan qisish silindrlari diametrini kattalashtirish uchun qo‘shaloq silindrlar (tandem-silindrlar) dan foydalaniladi. Qisish kuchi 100– 500 kN bo‘lgan mashinalarda moy qisish silindrlariga to‘g‘ridan- to‘g‘ri mashina gidronasosidan 7–10 MPa bosim ostida uzatiladi. qisish kuchi 1000–4000 kN va bundan katta bo‘lgan mashinalarda qisish silindrlaridagi bosim 40–60 MPa gacha oshiriladi. Buning uchun maxsus nososlardan yoki bosim multiplikatorlaridan foydalaniladi. Qisish kuchini oshirish uchun bevosita ishlaydigan gidravlik qisuvchi mexanizmlar bilan bir qatorda richagli gidravlik mexanizmlar ham qo‘llaniladi. Qudratli mashinalarda ba’zan elektr yuritmali vintli qisuvchi mexanizmlar ishlatiladi. Yuqori qisma (1) vint (9) vositasida yo‘naltiruvchilar (10) da harakatlanuvchi polzunga mahkamlangan. Chervyakli g‘ildirak (4) 119 shponka (3) bo‘ylab sirpanuvchi gayka (2) ni aylantirganda vint ilgarilama harakatlanadi (17.11-rasm). Chervyak (8) elektr yuritgich 7 bilan aylantirilganda vint jag‘ni qisilayotgan detalga tiralguncha pastga tushiradi. Elektr yuritgichning keyingi aylanishi gayka (2) ning qo‘zg‘almas vintidan burilib chiqishiga olib keladi. Gayka tayanch (5) orqali prujinali dinamometr (6) ni bosadi va uning siqish kuchi ma’lum miqdorga yetganda oxirgi ulagich elektr yuritgichni to‘xtatadi. 11.11-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining elektr yuritgichdan harakat oluvchi qisish mexanizmi. Tirak moslamalar cho‘ktirish kuchini o‘ziga qabul qilib, detallarning qismalarda sirpanishga yo‘l qo‘ymaydi. Tirak moslamalarning tuzilishi payvandlanadigan detallarning shakli va o‘lchamlariga qarab aniqlanadi. Tiraklar payvandlash mashinasining plitalariga, uzun detallarni payvandlashda esa maxsus yo‘naltiruvchilarga o‘rnatiladi. 120 11.12-rasm. Tirgak moslamalar: a - universal; b - qismalar kopusidagi tirgak; d- jag‘lardagi tirgak. 100–300 kVA quvvatli mashinalarda qo‘laniluvchi universal tirgak moslamada kronshteyn (1) mashinasaning qo‘zg‘almas plitasiga mahkamlangan. Shtangalar (2) kronshteyn maxkam- langan. Shtangalarning uzunligi payvandlanadigan detallarning uzunligiga bog‘liq. Payvandlash paytida detalning uchi tayanch qism (3) ga tiralib turadi. Xomaki rostlash tishlar (5) yordamida shtangacha mahkamlangan tirgak planka (4) o‘rnini almashtirib amalga oshiriladi. Aniq rostlash uchun esa polzun (7) bilan bog‘langan maxovikcha (6) xizmat qiladi. Rostlab bo‘lgandan keyin maxovik vinti gayka (8) bilan mahkamlab qo‘yiladi. Kalta detallarni payvandlashga mo‘ljallangan, ya’ni rostlashning keng diapazoni talab qilinmaydigan mashinalarda tirgaklar qisuvchi mexanizmlar bilan birlashtiriladi. Cho‘ktirish kuchi korpusi bilan bog‘langan tirgaklar orqali yoki jag‘lar orqali uzatilish mumkin. Download 1.7 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling