Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
11.4. Uchma-uch payvandlash mashinalarining qisuvchi
mexanizmlari va tirak moslamlari Qismalar ushbu vazifalarni bajaradi: detallar bir-biriga nisbatan aniq o‘rnatilishi, tok manbaidan detallarga tok kelishi ta’minlaydi va cho‘ktirish paytida detallarning sirpanishga yo‘l qo‘ymadi. Detallarni qismida o‘rnatishning ikki usuli: tirgaklar bilan va tirgaklarsiz o‘rnatish usullari qo‘llaniladi. Uzun detallar (tilimlar, relslar, quvurlar va b.) tirgaklarsiz payvandlanadi. Bu holda katta qisish bosimlaridan foydalaniladi, chunki cho‘ktirish kuchi detallarga detallar bilan jag‘lar orasida hosil bo‘luvchi ishqalanish kuchlari yordamida uzatiladi. Tirgaklar bilan payvandlash cho‘ktirish kuchi detallarga asosan tirgaklar yordamida uzatiladi va shu bois tok keltiruvchi jag‘lar yuklardan holi bo‘ladi. Qismlarning tuzilishi turli xil bo‘lib, payvandlanadigan detallarning shakli hamda o‘lchamlari, zarur qisish kuchi va ishlab chiqarish turi bilan aniqlanadi. Kichik va o‘rtacha quvvatli mashinalarda dastakli yuritmali ekssentrik vintli yoki richagli hamda pnevmatik qisuvchi mexanizmlar qo‘llaniladi; o‘rtacha va katta quvvatli mashinalarda eletkr yuritmali gidravlik, pnevmogidravlik qismalar ishlatiladi. Pnevmatik qisuvchi mexanizmda pnevmotsilindr (1) dan kuch shtok (2) va richag (3) orqali detal (5) ga uzatiladi (17.9-rasm); richag o‘q (4) atrofida aylanadi. Qisish kuchi pnevmotsilindr havo bosimiga, richaglarning tuzilishga qarab aniqlanadi va detallarning o‘lchamiga bog‘liq emas. Pnevmatik qismalarning qisish kuchi 20–100 kN ni tashkil etadi. 117 11.9-rasm. Uchma-uch payvandlash mashinalarining richagli- pnevmatik siqish mexanizmi. Pnevmogidravlik qisuvchi mexanizmda yuqorigi qisma (8) pnevmotsilindr kameralari (6) va (5) ga uzatilayotgan siqilgan havo yordamida ko‘tariladi va tushadi (17.10-rasm). Kamera 5 ga havo kelganda qisma (8) pastga tushadi va detalni dastlabki qisish bajariladi. Keyin havo ikkinchi silindrning kamerasi (1) ga uzatiladi. Shtok (3) bak (4) dan moy kelish yo‘li uchun zarur bo‘lgan katta bosimni hosil qiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling