Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»


Download 1.7 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/87
Sana03.12.2023
Hajmi1.7 Mb.
#1801356
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87
Bog'liq
Bosim ostida payvandlash

11.7-rasm. 
Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
elektr 
dvigatelidan harakat oluvchi kulachokli siqish mexanizmi. 
Qismali harakatlanuvchi plita (1) kulachok (3) vositasida 
tayanch rolik (2) orqali harakatlanadi. Kulachokli elektr 
yuritgich
(6) ponasimon tasmali (4) va chervyakli (5) uzatmalar orqali 
aylantiradi. Tayanch rolikka tegish nuqtasida kulachok profili 
radiusining kattalashish tezligi eritish va cho‘ktirish vaqtida, 
harakatlanuvchi 
qismining 
siljish 
tezligini 
belgilaydi. 
O‘zgaruvchan 
tok 
elektr 
yuritgichdan 
foydalanilganda 
payvandlash paytida kulachokning aylanish tezligi o‘zgarmaydi, 
ammo mashina tezlik variatori (7) yoki almashtiriladigan 
shesternyalar 
yordamida 
sozlaganda 
o‘zgarishi 
mumkin. 
Cho‘ktirish vaqtida yuritma hosil qiladigan kuch 70–80 kN dan 
oshmaydi. Qudratli (400–750 kVA) mashinalarda cho‘ktirish 
kuchini oshirish uchun kulachok bilan harakatlanuvchi qisma 
orasida richagli uzatmadan foydalaniladi. 
Kulachokli mexanizmning kamchiligi cho‘ktirish tezligi 
cheklanganligidadir (20–25 mm/soat gacha). Shu bois ko‘pgina 
uchma-uch payvadlash mashinalarida aralash siqish mexanizm, 
ya’ni eritishda kulachokli mexanizm va ch o‘ktirishda pnevmatik, 
pnevmogidravlik mexanizm qo‘llaniladi. 
Oldindan qizdirib payvandlashga mo‘ljallangan ayrim qudrati 
mashinalarda harakatlanuvchi qismani siljitish uchun elektr 
yuritgichli yuritmasi bo‘lgan vintli mexanizm ishlatiladi. 


115 
Harakatlanuvchi qisma (8) ga biriktirilgan vint (1) gayka (2) 
aylanganda ilgarilma harakat oladi, bu gayka chervyakli juftlik (3), 
(7) orqali elektr yuritgich bilan bog‘langan (17.8-rasm).
11.8-rasm. 
Uchma-uch 
payvandlash 
mashinalarining 
elektr 
yuritgich
dan harakat oluvchi vintli siqish mexanizmi. 
Vint aylanganda gayka tayanch (4) ga tiraladi. Bo‘ylama kuch 
vtulka (5) orqali dinamometr (6) ning prujinalanuvchi halqalariga 
uzatiladi. Cho‘ktirish kuchi dinamometrni siqish bilan cheklanadi 
– u berilgan darajada kaltalashganda oxirgi uzgich elektr 
yuritgichni uzib qo‘yadi. Eritishdan cho‘ktirishga o‘tish vaqtida 
tezlikni keskin oshirish uchun ikki tezlikli elektr yuritgichlari yoki 
mustaqil uzatmali ikkita elektr yuritgichdan foydalaniladi. 
O‘zgarmas tok elektr yuritgichlaridan foydalanish erish tezligini 
dastur asosida rostlashni osonlashtiradi. Bunday yuritmali 
mashinalarda eng katta cho‘ktirish kuchi 200 kN tashqil etadi. 
Pnevmatik siqish mexanizmlari tezkor bo‘lib, ulardan asosan 
cho‘ktirish vaqtida foydalaniladi, chunki ular eritish jarayonida 
qismaning zarur darajada ravon va barqaror harakatlanishini 
ta’minlaymadi. 
Bunday 
mexanizmlarda 
pnevmotsilindrdan 
foydalanish bilan bir qatorda diafragmali kameralar ham 
qo‘llaniladi. 
Gidravlik uzatish mexanizm o‘rtacha va katta quvvatli 
mashinalarda keng qo‘llaniladi. U ishonchli ishlaydi, uzatish 


116 
tezligini rostlash chegaralari keng bo‘lishini ta’minlaydi va deyarli 
istalgan cho‘ktirish kuchini (3000 kN va bundan ortiq) hosil qiladi. 
Gidravlik 
mexanizmli 
mashinalarda 
harakatlanuvchi 
qismaning siljish tezligi gidrotsilindrning bir bo‘shlig‘idan 
boshqasiga moy okib o‘tadigan drosselning o‘tish kesimini 
rostlash orqali yoki zolotnikli ergashuvchi qurilma yordamida 
o‘zgartiladi. 

Download 1.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling