11.3. Uchma-uch payvandlash mashinalarining siqish
mexanizmlari
Bunday mashinalarning siqish mexanizmi quyidagi vazifalarni
bajaradi: qarshilik bilan payvandlashda detallarning siqilishi va
deformatsiyalanishi (qizdirish va cho‘ktirish vaqtida), eritib
payvandlashda detallarning muayyan qonunga muvofiq ravon
yaqinlashishini
(eritish
vaqtida)
hamda
detallarning
tez
yaqinlashishi va deformatsiyalanishini (cho‘ktirish paytida)
ta’minlaydi. Qarshilik bilan uzlukli qizdirishdan foydalanilganda
siqish mexanizmi detallarning qaytma-ilgarilama harakatini,
shuningdek payvandlash zanjiri tutashgan paytlarda ularning
siqilishi va birmuncha deformatsiyalanishini amalga oshadi.
Uchma-uch
payvandlash
mashinalarining
siqish
mexanizmlarida dastakli, richagli, prujinali, elektr
yuritgichli
,
pnevmatik, gidravlik, pnevmogidravlik va aralash yuritmalar
qo‘llaniladi.
Richagli mexanizm tirsakli richaglar tizimidan iborat bo‘lib,
ular payvandchi sarflaydigan kuchdan (50 kN gacha) bir necha o‘n
baravar ortiq bo‘lgan cho‘ktirish kuchini hosil qilishga imkon
beradi.
U
quvvati
100
kVA
dan
oshmaydigan
avtomatlashtirilmagan mashinalarda qo‘llaniladi.
Prujinali
yuritmadan
kichik
quvvatli
qarshilik
bilan
payvandlash mashinalarida foydalaniladi. Payvandlash paytida
detallar oldindan siqilgan prujina ta’sirida siqiladi.
Elektr
yuritgichli
yuritma
avtomat
va
yarimavtomat
mashinalarda eritish va cho‘ktirish vaqtida, harakatlanuvchi
qismani harkatlantirish uchun ishlatiladi.
Elektr
yuritgichli
yuritmasi
bo‘lgan
yarimavtomat
mashinalarda oldindan qizdirish odatda detallarni dastkli richagli
yuritma siljitish orqali amalga oshiriladi.
114
Do'stlaringiz bilan baham: |