Abu rayhon beruniy nomidagi toshkent davlat texnika universiteti «bosim ostida payvandlash»
Download 1.7 Mb. Pdf ko'rish
|
Bosim ostida payvandlash
10.8-rasm. Har xil quvvatli nuqtali payvandlash mashinalarining
konsollari va elektrod tutqichlari: a – katta quvvatli; b – o‘rtacha quvvatli; d – kichik quvvatli; e – mikropayvandlash uchun; 1 – elektrod; 2 – suv beriladigan ichki naycha; 3 – elektrod tutqich; 4 – magnitlanmaydigan po‘latdan yasalgan barmoq; 5 – konsol; 6, 7 – shtutserlar; 8 – olinadigan kolodka; 9 – elektrod tutqichni konsolga mahkamlash vintlari. Tok keltiruvchi kontaktga mahkamlangan pastki silindrsimon konsol o‘qi atrofida burilish va bo‘ylama yo‘nalishda siljish (taxminan uzunligining 10% mikdoriga) imkoniga ega. Bu hol elektrodlarning o‘qdoshligini rostlash va payvandlanadigan uzellarning shakliga qarab mashinani qayta sozlashni 97 osonlashtiradi. Bundan tashqari, pastki konsolni yuqorigi kronshteyn bilan birga yuqoriga-pastga pog‘onasimon (boltlar qalami kattaligida) yoki ravon siljitish ham mumkin. Elektrod tutqichlar eletkrodlarni mahkamlab qo‘yish uchun xizmat qiladi va ayni paytda kuch hamda tok keltiruvchi qismlar bo‘lib ham hisoblanadi. Elektrod tutqichlarda elektrodni mahkamlash uchun konussimon uya va ichki sovitish tizimi bor. Relyefli payvandlash mashinalarida elektrod tutqichlar va elektrodlar T-simon ariqchalari bo‘lgan tok keltiruvchi plitalar (stollar) bilan almashtiriladi. 10.9-rasm. Relyefli payvandlash mashinasining payvandlash konturi: 1, 3 – yuqorigi va pastki kontakt plitalari; 2 – oraliq plita, elektrodlar asosi va elektrodlar; 4 – yuqorigi burchaklik; 5 – egiluvchan shina; 6, 8 – ikkilamchi o‘ramlar; 9 – pastki oraliq burchaklik; 10 - paskti qattiq shina. Chokli payvandlash mashinalarida elektrod tutqichlar va eletkrodlar o ‘ rniga rolikli kallaklar qo‘llaniladi. Rolikli kallaklarning eng muhim qismi sirpanuvchi elektr kontaktdir. Ko‘pincha elektr kontaktga siquvchi kuch ham tushadi. Bu holda uning elektr o‘tkazuvchanligi ancha o‘zgarishi va foydalanish paytida birikmalarning turg‘unligi pasayishi mumkin. Bunday holat kichik va o‘rtacha quvvatli mashinalarda kuzatiladi. Ammo bu kallaklarning tuzilishini soddalashtiradi. Quvvat va payvandlash kuchlari katta bo‘lgan mashinalarda kontakt yukdan holi qilinadi, lekin kallak murakkablashadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling