Nuqtali payvandlash mashinalari. Nuqtali payvandlash
mashinasida korpus (1) bo‘lib, uning ichida yoki yonida
payvandlash transformatori (2) joylashgan. Ikkilamchi o‘ram (14)
kolodkalari konsollar (7) va (10), elektrod tutqichlar (8) hamda
elektrodlar (9) ga egiluvchan (3), (12) va bikr (4), (11), (13)
shinalar vositasida biriktirilgan. Elektrodlardan biri (odatda
ustkisi) siqish mexanizmi (16) yordamida polzun (15) bilan birga
suriladi va detallarni siqadi. Pastki konsolni yukdan holi qilish va
bikrligini oshirish uchun, domkrat (6) vositasida ko‘tarilib tusha
oladigan kronshteyn (5) xizmat qiladi.
Relyefli payvandlash mashinalari. Relyefli payvandlash
mashinalarida mahkamlab qo‘yiladigan katta kontakt plitalari,
bikrroq
korpus
va
kronshteynlar
bor
bo‘lib,
polzun
yo‘naltiruvchilarda ko‘ndalangiga eng qisqa siljiydi. Siqish
mexanizmning kuchaytirilgan yuritmasining dinamik tavsiflari
ham yaxshilangan. Mashinalarda ko‘pincha korpusning yon
tomonlarida joylashtirilib, parallel ulangan ikkita payvandlash
transformatori bo‘ladi. Bunday mashinalarda tokni asta-sekin
oshirib borgan yoki uzib-uzib ulagan holda bir yo‘la bir nechta
nuqtalar payvandlash imkoniyati bor.
Mashinaning payvandlash korpusi (4) bikr skoba ko‘rinishida
ishlangan (10.2-rasm). Uning pastki qismiga mahkamlangan
konsol (1) ga plita joylashtiriladi. Korpusning yon tomonlariga
o‘rnatilgan ikkita payvandlash transformatori (5) mashinaning
payvandlash konturiga parallel ulangan. Mashinaning siqish
yuritmasi (3) pnevmatik bo‘lib, unda dumalash podshipniklarida
o‘rnatilgan yo‘naltiruvchi qurilma (2) bor. Yo‘naltiruvchi
qurilmaning polzuni pnevmoyuritma shtokiga tarelkali prujinalar
bloki orqali biriktirilgan. Bularning bari yuritmaning dinamik
tavsifini yaxshilaydi.
90
Do'stlaringiz bilan baham: |