91
Chokli payvandlash mashinalari. Mashina korpusi (1) ichida
payvandlash transformatori (3) va elektr yuritma (2)
li roliklarni
aylantirish mexanizmi joylashgan (10.3-rasm).
10.3-rasm. Chokli payvandlash mashinasi.
Aylanuvchi roliklar (7) korinishidagi elektrodlar tok
keltiruvchi tizimlar bilak birgalikda yukorigi (8) va pastki (6) rolik
kallaklarini hosil qiladi.
Yuqorigi rolik pnevmoyuritma (10)
li siqish mexanizmidan
polzun (9) bilan birga harkatlanadi. Payvandlash konturining tok
keltiruvchi va elektr kuch qismlari (konsollar, kronshteyn (5) va
b.) nuqtali payvandlash mashinasidagidan boshqacha ishlangan.
Tashqaridan sovitish bilan payvandlashda suvni to‘kish
uchun
tog‘ora (4) dan foydalaniladi. Zamonaviy chokli payvandlash
mashinalarida gardishlarning ko‘ndalang va bo‘ylama
choklarini
payvandlash uchun yuqorigi va pastki roliklarni osongina sozlash
nazarda tutilgan.
Ammo
faqatgina
ko‘ndalang
yoki bo‘ylama choklar
payvandlashga mo‘ljallangan mashinalar ham ishlab chiqariladi.
92
MШ–3201 bir fazali uzgaruvchan
tok mashinalar va tok
ikkilamchi konturida tug‘rilanadigan MШВ–1202, MШВ–1601,
MШВ–4002, MШВ–8001, MШВ–12001 mashinalari eng ko‘p
qo‘llaniladi.
Uchma-uch
payvandlash
mashinalari.
Uchma-uch
payvandlash mashinasi quyidagi asosiy uzel va apparatlardan
tashkil topadi (15.4-rasm): stanina (8), qo‘zgalmas (11) va
harakatlanuvchi (4) plitalar (7), harakatlanuvchi
plita suriladigan
yo‘naltiruvchilar (6), uzatish yuritmasi (5), qisuvchi (1), (2) hamda
tirak qurilmalar. Stanina ichiga bosqichlarni almashlab ulagichi
bo‘lgan payvandlash transformatori (9) o‘rnatilgan. Transformator
ikkilamchi kontur (10) vositasida mashina jag‘lari (3)
bilan
bog‘langan. Bu jag‘lar mashinaning plitalari va qisuvchi
qurilmalarga o‘rnatilgan. Mashina
korpusi ichiga payvandlash
transformatorini ulash va mashina ishini boshqarish uchun
apparatlar (7) joylangan.
Do'stlaringiz bilan baham: