Abuliya yunon abulia–qat’iyatsizlik, juratsizlik, irodasizlik – muayyan psixopotologik sabablarga ko’ra irodaning bo’shashishi, kuchsizlanishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat holat. Abuliya holatida kishi eng oddiy harakatlarni ham bajara olmay qolishi


Avtoritar tafakkur, obro’ga asoslangan tafakkur


Download 43.35 Kb.
bet3/33
Sana05.01.2022
Hajmi43.35 Kb.
#224570
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
G L O S S A R I Y KASBIY PSIXOLOGIYA

Avtoritar tafakkur, obro’ga asoslangan tafakkur – muayyan fikrning chin yoki yolg’onligini ob'ektiv dalillar bilan isbotlash o’rniga inson shaxsining ijobiy yoki salbiy sifatlari bilangina cheklanib qolishdan iborat tafakkur formasi; fikrni isbotlashda boshqa shaxslar obro’sidan foydalanish. Avtoritar tafakkur ko’pincha kishining muayyan soha bo’yicha bilim darajasining cheklanganligidan va mustaqil fikrlash qobiliyatining yetarlicha o’smaganligidan dalolat beradi.

Agrafiya (yunon. a–inkor yuklamasi, grano–yozaman) – yozuvda bo’g’in va harflarni almashtirib yuborish, qoldirib ketish yoki ularni bir–biriga qo’sha bilmaslikdan iborat nutq kamchiligi; yoki qobiliyatining qisman yoki to’liq yo’qolishi. Agrafiya kattalarda bosh miya qobiqi faoliyatining buzilishi, bolalarda esa duduqlik natijasida kelib chiqadi.

            Agregatsiya (olomon) – odamlarning biror erda (masalan, ko’chada) tasodifiy hodisaning tomoshabini bo’lib turishi.

            Adinamiya (yunon. a–inkor yuklamasi, dinamis–kuch) – organizmning turli kasalliklarga chalinishi yoki uzoq vaqt ovqat emaslik natijasida haddan tashqari holsizlanishi, zaiflanishi.

Akkomodatsiya (lat. comodatio–moslashuv) – ko’z gavhari shaklining o’zgarishi natijasida ko’zning turli masofadagi predmetlarni normal idrok qilishga moslashuvi (ko’z gavhari yaqindagi predmetlarni idrok qilganda dumaloq, uzoqdagi narsalarni idrok qilganda esa yassi shaklga kiradi). Akkomodatsiya hodisasi qo’rquv funktsiyasining to’g’ri amalga oshirilishida muhim ahamiyatga egadir.

Akseleratsiya (lat. accelerare–tezlashtirmoq) – turli ilmiy asoslangan vositalardan foydalanib, shaxsning psixik rivojlanishi va faoliyati jarayonlarini tezlashtirish, jadallashtirish. Masalan, o’quvchilarning bilimlarni o’zlashtirish faoliyatini, bilish qobiliyatini jadallashtirish.


Download 43.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling