Abuliya yunon abulia–qat’iyatsizlik, juratsizlik, irodasizlik – muayyan psixopotologik sabablarga ko’ra irodaning bo’shashishi, kuchsizlanishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat holat. Abuliya holatida kishi eng oddiy harakatlarni ham bajara olmay qolishi


Download 43.35 Kb.
bet8/33
Sana05.01.2022
Hajmi43.35 Kb.
#224570
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33
Bog'liq
G L O S S A R I Y KASBIY PSIXOLOGIYA

Antropoidlar (yunon. antropoides–odamsimon) – odamsimon maymunlar, odamning qadimgi ajdodlari; hozirgi vaqtda Antropoidlar qirilib bitgan.

Antropometriya (yunon. antropos–odam, metrio–o’lchayman) – odam tanasining ayrim qismlarini o’lchab, ularni oldindan belgilangan namunalarga taqqoslab o’rganishdan iborat antropologik va tibbiyot tekshirishi metodlaridan biri. Antropometrik tekshirishlar odamning etnogenezi va jismoniy rivojlanishini, shu jumladan, harbiy xizmatga chaqiruvchilarni jismoniy jihatdan xarakterlashda, sportchilarni tibbiyot jihatidan nazorat qilishda, dam olish uylari va sanatoriyalardagi davolash tadbirlarining yakunlarini hisobga olishda, sanoat uchun muhim masalalarni hal qilishda (oyoq kiyimi, ust–boshlar va maktab mebeli o’lchovlarini standartlashtirish maqsadlarida) alohida ahamiyatga egadir.

Antropomorfizm (yunon. antropos–odam, morpha–ko’rinish, forma) – hayvonot, o’simlik va ishonchsiz tabiat olamidagi hodisalar (stixiyalar) go’yoki tafakkur, hissiyot hamda iroda singari, insoniy xususiyatlarga egadir degan g’oyaning paydo bo’lishiga asos bo’lgan fangacha hukm surgan tasavvur; inson siymosini ilohiylashtiruvchi diniy tasavvur.

Antropologiya (yunon. antropos–odam, logos–tushuncha, ta'limot) – odamning biologik tabiatini atroflicha o’rganadigan fan; antropologiyaning vazifasi odamning organik mavjudotlar sistemasidagi mavqeini, kelib chiqishini, qadimgi va hozirgi morfologik tiplarini, morfologik, fiziologik, jinsiy hamda yosh xususiyatlarini o’rganishdan iboratdir.

Apatiya (yunon a–inkor yuklamasi, yatos–hissiyot) – shaxsning atrofdagi narsa va hodisalarga, kishilarga nisbatan passiv yoki befarq munosabatdan iborat psixopatologik holati.

 Argument (lat. argumentum–dalil, isbot, bahna) – chinligi amalda tekshirilgan va isbotlangan, shuning uchun ham boshqa hukmlarning chin yoki yolg’onligini isbotlash uchun dalil sifatida keltiriladigan fikr.

            Artikulyatsiya (lat.articulatio–dona–dona qilib, aniq talaffuz qilish) – nutq organlari (lablar, til, yumshoq tanglay, tovush naychalari)ning muayyan nutq tovushini talaffuz qilish uchun zarur bo’lgan faoliyati.

Asab sistemasi – hayvon va odam organizmining barcha funktsiyalarini o’zaro hamda tashqi muhit bilan to’g’rilab, uyg’unlashtirib turuvchi organlar sistemasi. Asab sistemasi organizmning ichki muhitida ro’y beradigan o’zgarishlar va tashqi muhit ta'sirida qo’zg’alib, turli organlarga ta'sir etgan holda ulrning faoliyatini kuchaytirib yoki susaytirib turadi.

            Asket (zoxit) (yunon. askets – mashq qiluvchi ) – «narigi dunyoga» ishonib, «jannat»ga umid bog’lab, «xudoga etishish» yulida yorug’ dunyoning, hayotning barcha lazzatlaridan voz kechgan taqvodor odam.




Download 43.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling