Abuliya yunon abulia–qat’iyatsizlik, juratsizlik, irodasizlik – muayyan psixopotologik sabablarga ko’ra irodaning bo’shashishi, kuchsizlanishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat holat. Abuliya holatida kishi eng oddiy harakatlarni ham bajara olmay qolishi


Andisha – bu oqibatini o’ylab yoki yuz–xotir qilib yuritilgan mulohaza ehtiyotkorlik hissidir.             Annotatsiya


Download 43.35 Kb.
bet11/33
Sana05.01.2022
Hajmi43.35 Kb.
#224570
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33
Bog'liq
G L O S S A R I Y KASBIY PSIXOLOGIYA

Andisha – bu oqibatini o’ylab yoki yuz–xotir qilib yuritilgan mulohaza ehtiyotkorlik hissidir.

            Annotatsiya  (lotincha annotatio – qayd) – qisqacha ta'rif bo’lib, u kitob, qo’lyozma mundarijasini va boshqa jihatlarini ochib beradi.



Arxiv metodi – bu kundalik qaydnomalarni va yozuvlarni, arxiv ma'lumotlarini mehnat, o’quv yoki ijodiy faoliyatni taxlil qiluvchi tadqiqot turi.

            Asos – o’zaro bog’langan ba'zan esa bir–birining o’rnini bosadigan fikrlar (g’oyalar, modellar, algortmlar, mezonlar, tamoyillar va shu kabilar) qatori, masalan, davlat fikrlash asoslarida, agar yangi strategiyalar huddi shu maqsadlarga xizmat qilsa, har bir bosqich ichida strategiyalarni almashtirish mumkin.



Axloqiy tarbiya – qanday xatti–harakat qilish kerakligini aytibgina holmay, balki nima uchun boshqacha emas, bevosita shunday harakat qilish kerakligini tushuntirishga intiladi.

Axloqiy tarbiya deganda shakllanayotgan, rivojlanayotgan, o’sib kelayotgan avlodda xulq-odob me'yorlariga mos keluvchi sifatlarning shakllanishi tushuniladi. Axloqiy tarbiyalangan shaxslarsiz yetuk kishilik jamiyati qurish mumkin emas. Axloqiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishida asosiy o’rinni egallaydi.

 Aql – kishining o’z idroki, qalbi va fikri asosida dunyoviy, hayotiy haqiqatlarni anglash va ularga o’z faoliyatida ma'naviy–insoniy nuqtai nazardan amal qilishdir.

Aqllilik – kishi o’z tafakkurini mustaqil ishlata olishi va undan faqat ezgu maqsadlarida foydalanishi. Agar aqlini yetarli ishlata olmasa yoki uni yovuz niyatlarda ishlatsa unday odam aqlsiz hisoblanadi.  Chunki kishi qilgan gunoh ishlar tez kunda o’ziga qaytadi. Buni bilmagan odam aqlsizdir. Yana boshqa adabiyotlarda «aqlli» tushunchasi – aqli raso, miyali, aql bilan vujudga kelgan bilimdonlik, deb e'tirof etilgan. (Ziyomuhammadov B. Komillikka eltuvchi kitob. T.: «Turon iqbol» 2006, 116-b).

            Bolalar psixologiyasi – psixologiyaning turli yoshdagi bolalar psixik taraqqiyoti qonunlarini o’rganadigan maxsus sohasi. Bolalar psixologiyasi pedagogik psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika hamda estetika kabi fanlar bilan uzviy bog’liqdir. Bolalar psixologiyasining predmeti odam psixikasining ontogenetik rivojlanishi shart–sharoitlari va sabablarini, ayrim psixik jarayonlarning bola faoliyatida shakllanishi va rivojlanishi qonuniyatlarini ilmiy tekshirishdan iboratdir.

            Bilim – shaxsniig bilish faoliyati maxsuli; tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hodisalari haqidagi to’g’ri tasavvur hamda tushunchalar sistemasidan iborat ong mazmuni.


Download 43.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling