Abuliya yunon abulia–qat’iyatsizlik, juratsizlik, irodasizlik – muayyan psixopotologik sabablarga ko’ra irodaning bo’shashishi, kuchsizlanishi yoki to’liq yo’qolishidan iborat holat. Abuliya holatida kishi eng oddiy harakatlarni ham bajara olmay qolishi


Download 43.35 Kb.
bet12/33
Sana05.01.2022
Hajmi43.35 Kb.
#224570
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33
Bog'liq
G L O S S A R I Y KASBIY PSIXOLOGIYA

Bilish jarayonlari – shunday psixik jarayonlarki, ular shaxsga o’zini o’rab turgan atrof–muhitning ma'lum va muhim xususiyatlarini anglashga, tushunishga va ular ustida o’ziga zarur xulosalar chiqarib, o’z xulq–atvorini rejalashtirishga imkon beradi.

Birlamchi guruh – shaxslararo o’zaro ta'sir «yuzma–yuz, bevosita» ro’y beradi.

            Binokulyar idrok – narsa va hodisalarni, ularning fazoda tutgan o’rni, shakli, holati va bir–biriga nisbatan munosabatlarini ikki ko’z yordamida (monokulyar idrokdan farq qilib) idrok qilish.

            Biografik metod – psixologiyaning ilmiy tekshirish metodlaridan biri bo’lib, uning yordamida shaxsning ijodiy xayoli, ijodiy tafakkuri, matonati, qobiliyat va iste'dodlari, talanti hamda geniyligi kabi yuksak aqliy, axloqiy, irodaviy sifatlari, individual xususiyatlari o’rganiladi va ilmiy taqlil qilinadi; muayyan shaxsning avtobiografiyasi, tutgan kundaliklari, xarakteristikasi, yozishmalari, boshqa kishilarning uning haqidagi biografik ma'lumotlari, esdaliklari va xatlari biografik metod ning o’rganish materiallari bo’lib xizmat qiladi. Biografik metod orqali, odatda, boshqa tekshirish metodlari yordamida aniqlash mumkin bo’lmagan ilmiy ma'lumotlar to’planadi.

Bixeviorizm (ingl. behavior – xulq) – psixologiyaning predmeti psixikani emas, balki inson va hayvonlar xulqini o’rganishdan iboratdir degan fikrni ilgari suruvchi va himoya qiluvchi oqim. Bixeviorizm xulq deganda organizmning faqat tashqi muhitdagi qo’zg’ovga nisbatan qaytaradigan javob reaktsiyalari (harakatlari) yig’indisini tushunadi. Demak, bixeviorizmga ko’ra, psixologiyaning vazifasi faqat tashqi stimul bilan unga qaytariladigan reaktsiyalar o’rtasidagi teng ma'noli bog’lanishlarni aniqlashdan iboratdir, xolos.

Bixeviorizm ongning inson xulqidagi rolini va uni ilmiy jihatdan o’rganishni, tekshirishni inkor qiladi. Bixeviorizm alohida oqim sifatida XX asr boshlarida hayvonlar xulqini tekshirish natijalarida shakllangan bo’lib, uning asoschilari amerikalik psixologlar Uotson va Torndayklardir.

 Bixeviorizm – E. Torndayk, D. Uotsonlar asos solgan oqim bo’lib, uning vakillari psixologiyaning predmeti nafaqat ong yoki nafaqat faoliyat, balki xulqdir,  deb asosladi.

            Bedor holat – bosh miya yarim sharlaridagi tegishli nerv markazlarining qo’zqolishi bilan belgilanadigan uyqudan tashqarigi holat, ongli holat. Shaxs bedor holatdagina ma'lum bir faoliyat turini amalga oshira oladi.




Download 43.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling