Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Tillаrni tаsniflаshning аhаmiyati nimаdа? 
2. Tillаr qаrindоshligi vа аsоs til dеgаndа nimаni tushunаsiz? 
3. А.Shlеyхеr qаrаshlаrini shаrhlаb bеring. 
4. Mоrfоlоgik klassifikatsiya аsоslаri hаqidа tushunchа bеring. 
5. Аgglyutinаtiv vа flеktiv tillаrning o‘zаrо zid jihаtlаrini tаsniflаng. 
6. Аmоrf til nimа? 
7. Хitоy tili misоlidа o‘zаkli tillаr tаbiаtini tаhlil qiling. 
8. Аnаlitik vа sintеtik tillаrni аjrаtish nimаgа аsоslаnаdi? 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] 
 
HIND-YEVROPA TILLARI OILASI 
Reja: 
1.Hind-yevropa tillarining o‘rganilish tarixidan. 
2.Hind-yevropa tillarining qarindoshlik aloqalari. 
3.Hind-yevropa tillarining tipologik xususiyatlari. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Hind-yevropa 
tillari 
oilasi, 
bu 
oilani 
o‘rganish tarixidan, 
ovrupashunoslar va ularning tadqiqot manbalari, metodlari, hind – 
yevropa tillarining qarindoshligi, hind – yevropa tillari oilasining 
guruhlanishi, eng yirik guruh, eng yirik (so‘zlashuvchilar va jahondagi
o‘rniga ko‘ra) tillar, hind – yevropa tillarining ichki (lisoniy) xususiyatlari, 
hind – yevropa tillari flektiv tillar sifatida 
Genealogik tasnif asosida, tillarni qiyosiy-tarixiy metod orqali 
organish, avvalo, hind – yevropa tillari materiallarida ishlab chiqilgan edi. 


243 
Bunda XIX asrning birinchi yarmida nemis filologi F.Bonn (1791-1867), 
rus tilshunosi A.X.Vostokov (1781-1864), nemis olimi A.Shleyxer (1821-
1868),fransuz tilshunosi F.Dits (1794-1876)lar hind-yevropashunoslikka 
asos soldilar. Bundan keyin som-xom, fin-ugor, turkiy, kavkaz tillari oilasi 
tasniflandi. 
Fransuz gumanisti Gvilyelm Postellus (1510-1581) ozining “Tillarning 
qarndoshligi haqida”, gollandiyalik olim Iosif Skaliger (1540-1609) esa
“Yevropaliklarning tillari haqida mulohazalar” nomli tadqiqotlarida 
yevropa tillari doirasida 11ta “ona til”larni ko‘rsatadilar. 4 ta “katta”: grek, 
latin (roman tillari bilan), tevton (german), slavyan hamda 7ta “kichik”: 
alban (epirot), irland, kimrcha (britt), tatar, fincha, venger va bass tillari. 
Tilshunoslar qadimgi hind (sanskrit) tilini ilmiy o‘rgana boshlaydilar. 
Sanskrit tilini o‘rganish esa qiyosiy -tarixiy tilshunoslikning shakllanshiga 
katta ijobiy ta’sir ko‘rsatdi. 1786-yilda ingliz sharqshunos olimi Vilyam 
Djounz (1746-1794) Kalkuttada qilgan imiy ma’ruzasida sanskrit tilining 
grek, latin, kelt, got va qadimgi fors tillari bilan qarindosh ekanligini 
ko‘rsatib berdi. Sanskrit tilini “klassik tillar ”ga qiyoslab, bu tillarda faqat 
o‘zaklarninggina emas, balki grammatik (forma) shakllarning ham 
o‘xshash, bog‘liq ekanligini va bu o‘xshashliklarning tasodifiy emasligini, 
bular hind-yevropa tillari orasida qarindoshlik munosabati borligini 
ko‘rsatadi, deya mulohaza yuritdi. 
Frans Bopp (1791-1867) esa xuddi shu yonalishda, ya’ni sanskrit tili 
va ko‘pgina yevropa tillarini qiyoslash asosida 1816-yilda “Sanskrit 
tilining tuslanish sistemasi va uni grek, latin, fors va german tillaridagi 
tuslanish sistemasiga qiyoslash” nomli asarini e’lon qildi va bu asarda 
mazkur tillardagi tuslanishning o‘xshashligini, bu tillarning bir manbadan 
kelib chiqqanligini ko‘rsatib o‘tdi. Olim o‘zining III tomli “Sanskrit , hind, 
arman, grek, latin, litva, qadimgi slovyan , got va nemis tillarining qiyosiy 
grammatikasi” nomli asarida (1833-1852) hind-yevropa tillarida 
fleksiyaning 
kelib 
chiqish 
tarixini 
o‘rganib, 
tilshunoslikda 
“agglyutinatsiya” nazariyasini ishlab chiqdi. 


244 
Hind-yevropa tillari oilasini o‘rganish sohasida Y.Grimm va R.Rasklar 
ham katta xizmat ko‘rsatishgan. Xususan, Rasmus Rask (1787-1832) 
o‘zining “Qadimgi island tili va island tilining paydo bo‘lishi” (1814) 
nomli asarida tillarning qarindoshligi so‘zlarning o‘xshashligiga emas, 
balki grammatik formalarning o‘xshashligiga asoslanishi kerakligini qayd 
qilgan. Yakob Grimm (nemis olimi) (1785-1863) esa german tillari qiyosiy 
grammatikasini yaratdi.1819-1877-yillar davomida to‘rt tomlik “Nemis tili 
grammatikasi” asarida german tillari va boshqa hind-yevropa tillariga xos 
bo‘lgan fonetik sistemani qiyoslaydi. Bu qonun “Grimm qonuni” deya nom 
qozongan bo‘lib, german tillaridagi [f], [b], [h] tovushlari hind-yevropa 
tillaridagi [p], [t], [k] tovushlariga mos kelishini isbotlaydi. 
Slovyan va roman tillarini tadqiq etish borasida M.V.Lomonosov 
(1711-1765) ham izlanishlar olib borgan. Uning “Rossiya grammatikasi” 
(1755), “Rossiya (rus) tillariga qarindosh tillar hamda qadimgi dialektlar 
haqida” (tugallanmagan) asarlari ma’lum. 
1820-yillarda mashhur rus tilshunosi A.X.Vostokov o‘zining “Slovyan 
tili haqida mulohazalar” asarida slovyan tillarining genetik aloqalarini 
asoslab berdi. Qiyosiy - tarixiy tilshunoslik haqida, ayniqsa, hind-yevropa 
tillari oilasi haqida gapirganda buyuk olim Avgust Shleyxerning 
naturalistik 
qarashlariga 
to‘xtalmasdan 
bo‘lmaydi. 
Shleyxerning 
“Сравнительно-ингвистическое иследование” (1848-1850), «Немецкий 
язык» 
(1859), 
«Компендий 
сравнительной 
грамматики 
индоевропейских языков» (1861-1862) kabi asarlarida uning eng asosiy 
g‘oyalari o‘z aksini topgan. Olimning tilga “jonli organizm” sifatida 
qarash, jonli organizmlarga xos “tug‘ilish, rivojlanish va o‘lish” (inqiroz) 
hodisalari aynan til misolida yaqqol ko‘rinishini e’tirof etish, tillar shajarasi 
va bobo til masalalarini tadqiq etish faoliyatining naturalistik tafakkuri 
asosini tashkil qilar edi. 
A. Shleyxerning fikricha, dunyo tillarining barchasi uchun umumiy 
bobo tilni o‘rnatish mumkin emas. Demak, bir necha bobo tillar bor 
bo‘lgan. Chunonchi, tillarning ko‘pgina qismi yo‘qolgan va yo‘qolayotgan 
bir paytda, bizga ma’lum bo‘lmagan juda ko‘p tillar bo‘lganligini va 


245 
shunga yarasha ko‘plab bobo tillar bo‘lganligini tasavvur qilish mumkin. 
“Hayvon va jonzotlarga xos yashash uchun kurash” qonunini tilga tadbiq 
etib, shunday xulosaga keladi. “Insoniyatning hozirgi davrida “yashash 
uchun kurash”da hind-german tillari g‘oliblik qilmoqda, ularning yoyilishi 
hanuz davom etmoqda, boshqa ko‘plab tillar ular tomonidan siqib 
chiqarilgan”. Tillar tasnifi masalasiga keladigan bo‘lsak, Vilgelm fon 
Gumboldtt nazariyasidan (tillarni 4 tipga bo‘lish) farqli ravishda, u Avgust 
Shlegel g‘oyasiga qo‘shiladi, tillarni 3 turga bo‘ladi.
1. Tarkibli (односложные), agglyutinativ va flektiv. U buni yer 
yuzidagi taraqqiyot bosqichlari bilan uyg‘unlashtiradi; xitoy, kxasi, birma, 
namakva tillari arxaik ko‘rinishlar, turk-tatar, mo‘g‘ul, fin, venger, dravid, 
tibet tillari o‘tuvchi, oraliq tillar, semit va hind – yevropa tillari – eng 
rivojlangan tillardir. 
2.Hind-yevropa tillari eng keng tarqalgan yirik oiladir. Hozirgi hind – 
yevropa tillari oilasi qarindoshlik darajasiga ko‘ra 10 guruhga ajratiladi: 
hind,eron, roman, german, slovyan, grek, kelt, arman, boltiq, alban. 
1.Hind guruhi. 24 tildan iborat. 676 million kishi so‘zlashadi. Bu 
33,7 % ni tashkil qiladi. 
2.Roman guruhi, 10ta til. 522 million kishi so‘zlashadi. 26,0% 
3.German guruhi, 10ta til. 421 million kishi so‘zlashadi.21,0% 
4.Slovyan guruhi, 11ta til. 282 million kishi so‘zlashadi. 14,1% 
5.Eron guruhi, 31ta til. 68 million kishi so‘zlashadi. 3,4% 
6.Grek guruhi, 1ta til. 11,7 million kishi so‘zlashadi. 0,6%
7.Kelt guruhi, 4ta til. 9,4 million kishi so‘zlashadi. 0,5% 
8. Arman guruhi, 1ta til. 6 million kishi so‘zlashadi. 0,3% 
9. Boltiq guruhi, 2ta til. 4,7 million kishi so‘zlashadi. 0,2% 
10.Alban guruhi, 1 ta til. 4,5 million kishi so‘zlashadi. 0,2% 
Demak, hind – yevropa tillari jami 95 tildan hamda 2005,3 million 
so‘zlovchidan iborat oiladir. Bu tillarning barchasini umumlashtirib 
turuvchi tipologik xususiyat bor: ularning hammasi flektiv tipga mansub. 
Hind – yevropa tillarining genealogik tasnifi quyidagicha: 
Hind guruhi: 


246 
1). Hind (Hindiston), 150 million, 2 adabiy shakli bor: urdu hamda 
hind; 
2). Bengal, 60 million, Ganga daryosi va Bengal qo‘ltig‘i tomonlari; 
3). Bixori, 30 million, Hindistonning shimoliy-sharqi; 
4). Maratxi, 20 million, G‘arbiy Hindiston; 
5). Panjob, 20 millionga yaqin, Shimoliy Hindiston; 
6). Rajastoni, 15 million, Hindistonning shimoliy g‘arbi; 
7). Bujarat, 13 million, Hindistonning g‘arbi; 
8). Uriya, 10 million, Sharqiy Hindiston; 
9). Sindxi – Hind daryosi vodiysi va b. yangi hind tillari; 
10). Sigan (lo‘li) – Ispaniya, Vengriya, Chexiya, Ruminiya, 
Germaniya, Turkiya, Rossiya va Osiyoda V-X asrlarda migratsiya yo‘li 
bilan tarqalgan elatlar tili; 
11). O‘lik tillar (veda tili)-sanskrit: veda tili, pali, prokrit. 
2.  Eron guruhi. 
1). Forsiy, 15 million, Eronning davlat tili;
2). Afg‘on (pushtu) – Afgonistonning milliy adabiy tili; 
3). Baluchi (beludja) – Baluchiston tili; 
4). Kurd – shimoliy – g‘arbiy Eron, Iroq, Turkiya chegaralari va 
Armanistonda yashovchi kurdlar tili;
5). Tojik, 1 million, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘iston; 
6). Osetin, 266 ming, shevalari; iron (shim. Oseteya) va digorga (jan. 
Osetiya) kavkaz tillarining ba’zi belgilari bor; 
7). Tolish, 80 ming, Ozarbayjon; 
8). Tog‘, Ozarbayjon, janubiy Dog‘iston; 
9). Rushan, 7, 1 ming 
10). Shug‘non, 12 ming
Badaxshon tog‘lari; 
11). Yag‘nob, 1 ming, o‘sha yerda va boshqa pomir shevalari. 
O‘lik tillar: qadimgi fors, avesto, pahlaviy, skif, so‘g‘d, xorazmiy, sak 
tillari. 
3.Slovyan guruhi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling