Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv
turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san’at namunasi bo‘lib, 
toshlarga, suyaklarga, g‘or devorlariga o‘yib ishlangan. Piktografiyada 
hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, yer), 
mavjudotlar (inson, sigir, qo‘y) kabilar aks ettirilgan edi. Yozuvning rasm 
bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi bitik (yozuv) so‘zi 
tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo‘yqalam bilan aloqadorligi, shuningdek, 
slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe’lining o‘zagi lаt. “pingere” – rasm 
solmoq tushunchasi bilan bog‘liqligi, gotcha melian (yozmoq) fe’lining 
dastlabki ma’nosi ham mo‘yqalamda rasm solmoq bo‘lib, hozirgi nemis 
tilida “malen” – rasm chizmoq” ma’nosida qo‘llanilishi tasdiqlab turibdi. 
B.N.Golovin 
piktografiya 
hodisasini 
shunday 
tushuntiradi: 
“Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo‘lgan ikki hozirzamon 
do‘stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong‘u osmondagi yarimoy 
tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam, baliq va qarmoq rasmini 
chizdi. Keyingisi javob tariqasida botayotgan quyosh, qorong‘u 
osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular oldida odam hamda 
Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni quyosh bilan 
bog‘laydigan chiziq (liniya)ni ham ko‘rsatgan. Demak, bulardan 
birinchisining mazmuni: “Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi 
esa: Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda Moskvaga ketaman”, - 
degan ma’nolarni anglanadi.
1
Darhaqiqat, olim juda to‘g‘ri tasavvur, 
mulohaza keltiradi. Ibtidoiy tafakkur va yozuvning tabiatini shu kabi 
ko‘rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) 
yozuv dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos 
bo‘lgan, degan fikrga kelish to‘g‘ridir. 
Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish 
mumkin ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab yetganlar. 
Shuning uchun ham rasmli yozuvning og‘zaki til bilan bog‘liq 
bo‘lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini 


263 
ta’min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy 
talqin etilishiga yo‘l qo‘ygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali 
ifodalash deyarli mumkin bo‘lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli 
yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo‘lgan 
ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko‘proq 
ko‘zga tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning taraqqiyotiga, 
ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling