Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Ideografik yozuv (grekcha idea - tushuncha), shuningdek, logografik 
yoki ieroglifik deb ham ataladi. Qadimgi yahudiy, shumer, xitoy, astek va 
mayya qabilalarining yozuvi ideografik namunalardir.
Ideogrammalar, asosan, konkret tushunchalarni ifodalovchi rasm 
(piktogramma)lar asosida shakllandi. Chunonchi, yahudiy va shumer mixli 
xatlarida tog‘ tushunchasi-orasidan vodiy va jarlik o‘tuvchi ikki tog‘ tasviri 
orqali, suv-to‘lqinlarni eslatuvchi to‘lqinsimon chiziq bilan bildirilardi. 
Quyosh tushunchasi shumer yozuvida xitoy ideogrammasi kabi ichida 
nuqtali 
doira 
(П) 
shaklida 
ifodalangan. 
Ideogrammalarning 
piktogrammalardan kelib chiqqanligini qadimgi xitoy yozuvi yaqqol 
ko‘rsatib turadi. Eng qadimgi logografik yozuv tizimlari (misr ieroglifikasi, 
xitoy ieroglifikasi, shumer va b.) mil. av. 4-ming yillikning oxiridan 2-
ming yilliklarning boshlarigacha bo‘lgan davrda shakllangan. Hozirgi 
kunga qadar eng turg‘un va tarqalgan ideografik yozuv xitoy yozuvidir, 
bunga Xitoy tarixi va xitoycha so‘zlarning bir bo‘g‘inli tabiati omil bo‘lib 
xizmat qilgan. XV asrdayoq in’ qabilalari rivojlangan yozuv tizimiga ega 
edilar. Biroq, davlat bo‘lib birlashish va ierogliflarning sistematizatsiyasi 
(tizimga solinishi) Xitoyning Sin va asosan Xan sulolalari davrida siyosiy 
markazlashuvi davomida sodir bo‘ldi.Syuy Shen I-II asrlarda “Shoven 
szeszi” (“Elementlar va murakkab belgilar haqida”) degan xitoycha 
ierogliflar jadvalini yaratdi: bunda 10,5 ming ieroglif ko‘rsatilgan. 
Yozuvning keyingi taraqqiyot bosqichi bo‘g‘in yozuvi bo‘lib, u 
fonografik yozuv turiga kiradi (mil.av. 2-ming yilliklarning o‘rtalarida 
paydo bo‘lgan). Bu yozuvda bo‘g‘inlar ierogliflardir. U yoki bu so‘zni 
yozishga to‘g‘ri kelsa, ana shu bo‘g‘inlarni bir-biriga qo‘shish usulidan 


264 
foydalaniladi. Tildagi so‘zlar soniga qaraganda bo‘g‘inlar soni ancha kam, 
shuning uchun ham bo‘g‘in yozuvi logografik yozuviga nisbatan sezilarli 
darajada oz belgilar tizimi bilan ish ko‘radi. Masalan, devonagari (hind) 
yozuvi bo‘g‘in yozuvidir: ulardagi har bir ishora undosh tovushlarning
unlisi bilan qo‘shib talaffuz qilinishini ko‘rsatadi, ya’ni na, ga, sha va h.z. 
Agar boshqa unlini talaffuz qilish zarur bo‘lsa, unda harflarning yo ustiga, 
yo tagiga ma’lum belgilar qo‘yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi 
unli va so‘z yoki bo‘g‘in boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo‘g‘inni 
ko‘rsatadi. 4 ta yordamchi belgi. Bo‘g‘in belgilari sillabogramma deyiladi. 
Bu yozuvdan Shimoliy Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, 
efiopiya, yapon (kana), koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo‘g‘in- yozuv 
turiga kiradi. 
Fonografik yozuv tizimini keyingi taraqqiyoti harf-tovush yozuvi 
bo‘lib, fanda inqilobiy hodisa sifatida e’tirof etiladi. Bu yo‘nalishdagi ilk 
yozuv finikiy yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli 
harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi jamiyatdagi 
yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Bu jarayon 
mil.av. 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma’lum bo‘lgan harf-
tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to‘rt qismidan ko‘prog‘i finikiy 
yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, hozirda, asosan 4 xil yozuv 
tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa 
(10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi (20%). 
O‘rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o‘zbek xalqi turli yozuvlardan 
foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o‘rxun-enasoy (runik), 
turkiy (uyg‘ur), sug‘d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. 
Yozuvning, xususan harf-tovush tizimining takomillashuvi – alifboni 
yuzaga keltirdi. Alifbo (arab alfavitining boshlang‘ich ikki harfi – alif va 
bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma’lum 
an’anaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo‘g‘in belgilar (devonagari) 
majmui bo‘lib, mil.av. 2000-yillar oxirlarida qadimgi Uyurit va finikiy 
yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Turkiy xalqlarning runik va turkiy 
(uyg‘ur) yozuvlari bo‘lgan. Ammo bu o‘ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi 


265 
haqida ma’lumot uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari 
haqidagi boshqa manbalardagi ma’lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari 
asosida tuzilgan. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklariga turkiy run (o‘rxun-
enasoy), uyg‘ur va qisman moniy (monoviy), brahmon, sug‘d va so‘ryoniy 
yozuvlarida yozilgan obidalar kiradi. Run va uyg‘ur yozuvlari turkiy 
xalqlarga xos yozuvdir. Toshga o‘yib yozilgan run yozuvi XIX asr oxirida 
Mo‘g‘ulistonning O‘rxun daryosi bo‘yida topilib, bu yozuvni dastlab 
daniyalik tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi. Hozirgi 
paytgacha o‘rxun yozuvida yozilgan ko‘plab tosh, idish, asbob, tangalar, 
kitob, kitob varaqlari va ayrim qog‘ozlar ham ma’lum. Talas va Yenisey 
obidalaridagi yozuv O‘rxun obidalariga nisbatan harflarning, shakliy 
variantlarining ko‘pligi bilan farq qiladi. 
Uyg‘ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk 
davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo‘llandi. Uyg‘ur 
yozuvini Mahmud Qoshg‘ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu yozuvda 
18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo‘lgan 7 ta tovush (p, j 
(portlovchi), j (sirg‘aluvchi), f, g‘, ng, g) uchun maxsus harflar yo‘qligini, 
unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas, harflar bilan 
ifodalanishini aytib o‘tadi. Mahmud Qoshg‘ariy turk (uyg‘ur) harflarining 
alohida va qo‘shib yozilgandagi ko‘rinishlarini bergan. 
Yozuv taraqqiyotida grek yozuvi, lotin yozuvi va kirill yozuvi 
muayyan sharoitlarda yuzaga keldi. Greklar dastlab konsonant yozuvidan 
fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush namunalari 
uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan Afinada mumtoz grek 
alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 ta undosh va 7 
ta unli).
Grek yozuvi asosida lotin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi 
asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin yozuvi G‘arbiy 
Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog‘ozning paydo bo‘lishi, kitob 
nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng tarqalishida muhim omil 
bo‘ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23ta harf bor edi (tovushlar 35ta bo‘lgan: 
16ta unli, 19ta undosh). 


266 
Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo‘ldi, 
chunonchi, ikki ko‘rinishda qo‘llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa. 
Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga 
tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-ukalar) nomlari 
bilan bog‘liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44ta: 11ta 
unli va 33ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi zamonaviy rus alfavitida 33ta 
harf, 43ta tovush: 6ta unli va 37ta undosh mavjud. 
Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to‘la mos 
keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o‘zgarish tadrijiy ravishda, asta-
sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo‘lmaydi. Odamlar, 
aniqrog‘i xalqlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun yozuvga 
turli o‘zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi 
bilan almashtiradilar. Masalan, o‘zbek xalqi asrlar davomida arab 
alifbosidan foydalanib kelgan. Ammo til tabiatimizga to‘liq mos 
kelmaydigan bu yozuvni mukammal egallash oddiy xalq uchun ancha og‘ir 
edi. Madrasani bitirganlarning aksariyati yozuvni o‘rgana olmay “Qur’oni 
Karim”ni yod olardilar. Garchi xalqimiz mazkur yozuvdan 1200 yil 
foydalangan bo‘lsalarda, aholining savodlilik darajasi me’yordan past 
bo‘lgan.
Jadidlarning sa’y-harakati bilan O‘zbekistonda 1929-yilda lotin yozuvi 
asosidagi o‘zbek alifbosiga o‘tilgan. Olik til bo‘lgan lotinlarning yozuvini 
asos qilib olish ko‘p mamlakatlarda urf bo‘lgan, birinchidan, bu yozuvni 
o‘rganish nihoyatda oson, ikkinchidan, egasi bo‘lmagan yozuv xalqni 
mutelikdan saqlaydi. 
Sho‘rolarning mutelikka qaratilgan siyosati bois 1940-yildan kirill 
yozuvi joriy etilgan. Garchi hozirgacha ham jamiyatimizning katta avlodi 
mazkur yozuvdan foydalanayotgan bo‘lsa-da, kirill yozuvi o‘zbek tilining 
tabiatiga mos emas. 
Istiqlol sharofati bilan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy 
etish to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga kiritish 
tartibi haqidagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda 


267 
o‘zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko‘ra lotin yozuviga 
asoslangan yangi o‘zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo‘shilmasidan 
iborat. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling