Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Dissimilyatsiya - og‘zaki nutqda tovushlarning o‘zaro ta’siri natijasida 
so‘z tarkibida bir joyda yoki bir so‘zning turli o‘rinlarida kelgan ikki 
o‘xshash tovushdan birining noo‘xshash tovushga aylanishi. Tillarda 


278 
progressiv (keyingi tovushning noo‘xshash tovushga aylanishi: zarur-zaril
va regressiv dissimilyatsiya mavjud. Keyingi tovush noo‘xshash tovushga 
aylansa progressiv dissimilyatsiya(oldingi tovushning noo‘xshash tovushga 
aylanishi:  koridor-kalidor) mavjud. 
Diereza - so‘z tarkibida birorta tovushning tushib qolishi: 
счас(т)ливо, извес(т)но.
Dialektika– yunoncha dialektike (techne) so‘zidan olingan bo‘lib, 
“suhbat olib borish”, “bahslashish san’ati” degan ma’nolarni anglatadi. 
Dialektika borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy 
ta’limot, fan hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi 
hamdir.
Ekstralingvistika 
tilni 
ijtimoiy 
hodisa 
sifatida 
o‘rganib, 
sotsiolingvisnika 
va 
mentalingvistikani 
o‘zida 
birlashtiradi. 
Sotsiolingvisnika tilning tabiati va ijtimoiyvazifasini, mentalingvistika esa 
til va tafakkur, tilning nutq faoliyati, matn va nutq sharoiti bilan aloqasini 
o‘rganadi. 
Epenteza - og‘zaki nutqda so‘z boshida, o‘rtasida va oxirida ikki 
undosh qator kelganda ular orasiga unlilarning qo‘shib aytilishi: umr-
umur, doklad-dakalad, gruppa-guruppa.
Epiteza - nutqda so‘z oxirida bir o‘rinda kelgan ikki undoshdan so‘ng 
[a] tovushining qo‘shilish hodisasi: tank-tanka, kiosk-kioska, otpusk-
otpuska
Eliziya - unli bilan tugovchi va unli bilan boshlanuvchi ikki so‘zning 
qo‘shilishi natijasida unli tovushlardan birining tushib qolish hodisasi. yoza 
oladi-yozoladi, borar ekan-borarkan. 
Flеktiv tillаrhind-yеvrоpа tillаri, sоm-хоm tillаri kirаdi. 
Аgglyutinаtsiyadаn fаrqli rаvishdа, flеksiyadа o‘zаkka affiks аlоhidа
mustаqil qo‘shilmаydi, bаlki o‘zаkkа singib kеtаdi, nаtijаdа o‘zаk shаklini, 
tаrkibini o‘zgаrtirаdi.
Fonema eng kichik lisoniy birlik bo‘lib, u muayyan til egalarining 
ma’lum tovushlar tipi haqidagi umumiy tasavvurlaridir. Har bir fonema 
so‘zlovchilar ongida o‘z tipini farqlovchi belgilari majmuyi asosida 


279 
vujudga kelgan maxsus “akustik – artikulyatsion portret” yoki “tovushlar 
obrazi” sifatida saqlanadi. Fonemaning nutqiy voqelanishdagi varianti 
tovushdir. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling