Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarixiy-an’anaviy tamoyil.
Morfologik tamoyil. Bu prinsip bo‘yicha so‘zshakllar qanday talaffuz
etilishidan qat’iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi. Demak, morfologik prinsip asosida yozilgan so‘zlar jonli so‘zlashuvdagi talaffuzga muvofiq kelmaydi. O‘zbek tilining orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga asoslangandir. Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to‘qson, qochdi, rost, po‘stdumba, Samarqand, muomala, gazeta singari so‘zlar (jonli nutqda yozipti, ishta, maxtamoq, to‘xsan, qoshti, ros, po‘sdumma, Samarqan, muomila, gazet tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi. Qo‘shma va juft so‘zlar, ko‘m-ko‘k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt, bir mahal kabi ravishda ham morfologik prinsip asosida yoziladi. Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o‘ynaydi. Masalan, rus tilidagi часовой, города, подписка, вокзал, дорога, товар, команда, окно, вода, совпадать singari so‘zlar jonli so‘zlashuvda часавой, гарада, патписка, вакзал, дарога, тавар, каманда, акно, вада, сафпадат tarzida aytiladi. Yuqoridagi kabi asliga ko‘ra yoziladi. A.N.Gvozdevning «Основы русской орфографии». (M., 1963, стр. 54) kitobida qayd etilgan ma’lumotga ko‘ra, rus tili imlo qoidalarining 71,4 foizi morfologik tamoyilga asoslangan. Tarixiy-an’anaviy tamoyil. Bu prinsip bo‘yicha so‘zlar hozirda qanday talaffuz qilinishiga qarab emas, qadimdan an’anaga aylanib qolgan qoidalar asosida yoziladi. Demak, so‘zlarning aytilishi uning yozilishidan farq qiladi. Biroq bunda morfologik prinsipdagi kabi morfemalarning yagona shakllanishiga, grammatik qoidaga rioya qilinmaydi. Aksincha, so‘zlarning yozma ifodasi ularning tarixan o‘zlashib singib ketgan shakliga teng keladi. O‘zbek tilida bu tamiyildan, odatda, badiiy uslubda ko‘proq foydalaniladi: Masalan: 1) maqsad ravishdoshi qo‘shimchasi [-gani] o‘rnida uning tarixiy ko‘rinishlari [-gali], [-g‘ali], [-qali], [-kali] qo‘llaniladi: Ko‘rgali keldingmi, yor, kuydirgali keldingmi, yor (Qo‘shiqdan); 273 2) sifatdoshning [-r/-ar] shakli [-ur] tarzida ishlatiladi: Shirin bo‘lsang, yalab ado qilurlar, Acchchiq bo‘lsang talab ado qilurlar (E.Vohidov); 3) [-mi] so‘roq yuklamasi [-mu] shaklida qo‘llaniladi: Sevgini tortib bo‘larmu, toshu tarozu bilan (E.Vohidov); Sen bahorni sog‘inmadingmu (A.Oripov); 4) [-gin] buyruq - istak mayli shakli [-gil], [-g‘il] tarzida ishlatiladi: Bas, yetar, ko‘ksimga urmagil xanjar (A.Oripov); 5) chiqish kelishigi shakli [-dan] ko‘pincha, [-din] tarzida beriladi: Gavhar balchiqqa tushgani bilan qimmati ushalmas va o‘z bahosidan qolmas (I.Sulton) va h.k. Kabutar, muomala, musicha, taqozo, erur kabi so‘zlar ham tarixiy – an’anaviy tamoyil asosida yozilgan. G‘arbiy yevropa tillarida, jumladan, ingliz, fransuz, nemis tillarida ham shu prinsipga amal qilinadi. Chunonchi, ingliz tilidagi to live [live] (yashamoq), to work [we:k] (ishlamoq), to condemn [ken’dem] (yomon ko‘rmoq), debt [det] (qarz), light [alti] (yorug‘) kabi so‘zlar; fransuz tilidagi Paris (Parij), homologue (insonshunoslik) so‘zlari; nemis tilidagi tisch (stol), deutsch (nemis tili ) so‘zlari tarixiy – an’anaviy tamoyil asosida yozilgan. Rus tilidagi красивого, большого, здания, корова, собака so‘zlari ham shular jumlasidandir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling