Abuzalova M
Shakliy (simvolik) tamoyil
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
Shakliy (simvolik) tamoyil. Bu prinsipga ko‘ra, odatda, boshqa
tillardan olingan so‘zlar o‘sha tillarda qanday yozilsa shunday yozamiz: Nyu-York, kilogramm, kross,taassurot, koeffitsiyent, trolleybus kabi. Ma’lumki, o‘zbek xalqi qarib 70 yil davomida kirill yozuvidan foydalanib keldi. Kirill yozuvining imlo qoidalari 1956-yil 4-aprelda hukumat tomonidan tasdiqlangan edi. Unga ko‘ra, o‘zbek orfografiyasining asosiy qoidalari 72 moddadan iborat bo‘lib ularning ba’zilari o‘zbek tilining tabiatiga hamma vaqt ham mos kelavermasdi. Chunonchi, е, ё, ю, я grafemalari, ц harfi, ayirish, yumshatish belgilari (ъ, ь) bilan bog‘liq o‘rinlar shular jumlasidandir. 274 O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 13-sessiyasi (1993-yil 2- sentabr) da “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonuni qabul qilindi. Bu qonunni joriy qilish to‘g‘risida prezident farmoni ham e’lon qilindi. 1995- yil 24-avgustda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek tilining asosiy imlo qoidalarini tasdiqlash haqida”gi 339-son qarori qabul qilindi. Yangi imlo qoidalari 82 – moddadan iborat bo‘lib, unda harflar imlosi, asos va qo‘shimchalar imlosi, qo‘shib yozish, chiziqcha bilan yozish, ajratib yozish, bosh harflar imlosi, ko‘cherish qoidalari alohida bo‘limlarda ko‘rsatilgan. Ma’lumki, orfografiya adabiy tilning talaffuzini o‘rganuvchi orfoepiya bilan, alifbo bilan uzviy bog‘liqdir. Orfografiya bilan orfoepiya adabiy tilni takomillashtirishda, uni muntazam bir shaklga solishda muhim rol o‘ynaydi. Lotin alifbosiga asoslangan imlo qoidalarida juda ko‘p o‘rinlarda orfografiyaning adabiy talaffuz me’yorlari bilan muvofiqlashganligini ko‘rish mumkin. Masalan, 1) mo‘tabar, mo‘jiza, mo‘tadil kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlar tarkibidagi o‘ unlisi cho‘ziq aytiladi va yozuvda ulardan keyin tutuq belgisi ishlatilmaydi; 2) parvo, mavqe, mavzu, avzo so‘zlariga I, II shaxs egalik qo‘shimchalari qo‘shilganda bir y tovushi qo‘shib aytiladi va shunday yoziladi; parvoyim, parvoying, … mavqeyim…; 3) ruscha цилиндр, кварц, акция, конституция, лицей, милиция kabi o‘zlashgan so‘zlar tilimizda o‘zbekona talaffuzga muvofiq yoziladi: silindr, kvars, aksiya, konstitutsiya, litsey, militsiya va hokazo. Demak, orfografiya va orfoepiya og‘zaki hamda yozma nutqni bir – biriga yaqinlashtirishda, milliy – adabiy tilning birligini yaratishda muhim ahamiyat kasb etuvchi mushtarak sohalardir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling