Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 


270 
1. Orfoepiya nimani o‘rganadi? 
2. Orfoepiyaning nutq madaniyati bilan chambarchas aloqadorligini 
misollar asosida tushuntiring. 
3. O‘zbek tiliga xos orfoepik me’yorlar haqida gapiring. 
4. Yevropa mamlakatlarida orfoepik me’yorlariga rioya qilish tartibi qay 
ahvoldaligini tushuntiring. Bizda-chi? Fikrlaringizni misollar asosida
dallillang. 
5. G‘arbiy 
Y
evropa tillarida orfoepiyaning qaysi me’yori ko‘proq 
foydalaniladi? 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 10; 45; 50] 
 
ORFOGRAFIYA 
Reja: 
1. Orfografiya – to‘g‘ri yozuv me’yorlarini o‘rganuvchi sath. 
2. Orfografiya. Orfografik tamoyillar haqida. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Orfografiya va imlo, fonetik prinsip, morfologik prinsip, tarixiy 
an’anaviy va shakliy prinsip, orfografiya va orfoepiya aloqadorligi
Orfografiya grekcha so‘z bo‘lib, orthos – to‘g‘ri va grafo – yozaman
“to‘g‘ri yozuv” degan ma’noni ifodalaydi. Orfografiya tovush va harflar, 
so‘z va uning ma’noli qismlari, qo‘shma, juft, takroriy, qisqartma 
(jumladan, shartli qisqartmalarning ham) so‘zlarning qo‘shib, ajratib va 
chiziqcha orqali yozilishi, bo‘g‘in ko‘chirish, bosh hamda kichik harflardan
foydalanish o‘rinlari haqidagi yagona qoidalar tizimidan iboratdir. 
Orfografiya og‘zaki nutqni yozuv orqali to‘g‘ri ifodalash uchun har bir 
tilning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda yozuv qoidalarining 
umumiyligini ta’minlaydi. Bu esa og‘zaki nutqni imloda bir xil yozish 
imkoniyatini tug‘diradi. Odatda, adabiy til ma’lum me’yorlarga ega 
ekanligi bilan shevalardan farqlanib turadi. Og‘zaki nutqda ham, yozma 
nutqda ham muayyan me’yorlarga rioya qilish nutq (og‘zaki va 
yozma)ning aniq, ravon va tushunarli bo‘lishiga yordam beradi. Adabiy 


271 
tilni to‘liq egallash uchun esa til va nutq me’yorlarini bilish hamda unga 
rioya qilish shart. Orfografiya to‘g‘ri yozish qoidalarini belgilashda 
ma’lum tamoyillarga asoslanadi. Tilshunoslikda orfografiyaning quyidagi 
prinsip (tamoyil) lari qayd qilinadi: fonetik, morfologik, tarixiy - an’anaviy 
va shakliy (simvolik yoki ideografik) prinsiplar. Biroq bularning mavqei 
hamma tillarda ham bir xil emas: har bir tilning orfografiyasi uchun u yoki 
bu prinsip asos qilib olinadi. Asosiy orfografik tamoyillar va ularning 
o‘ziga xos xususiyatlari xususida alohida to‘xtalib o‘tamiz. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling