Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Turkiy tillarni o‘rganishda Mahmud Qoshg‘ariyning xizmatlari haqida 
so‘zlang. 
2. Turkiy tillarni o‘rganishda rus olimlarining qanday xizmatlari bor? 
3. Oltoy til oilasiga kiruvchi tillar haqida ma’lumot bering. 
4. Agglyutinativ tillar guruhi haqida nimalar bilasiz? 
5. Turkiy tillarning qiyosiy-tipologik xususiyatlari haqida gapiring. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [ 1; 2; 7; 8; 9; 10; 30; 36; 39; 69] 
YOZUV. YOZUVNING TARAQQIYOTI 
R e j a : 
1. Yozuv. Yozuv va til. 
2. Yozuv tarixidan. 
3. Davr va yozuv taraqqiyoti. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo‘lishi, 
piktografik yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli 


261 
xatlari, fonografik yozuv va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill 
yozuvi 
Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan 
kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o‘ynagan. 
Shubhasiz, 
yozuv 
insoniyatning 
ulug‘ 
kashfiyoti, 
muvaffaqiyati 
hisoblanadi. U og‘zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi. 
Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o‘rtasidagi 
muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv 
kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma’nodagi, bashariyatning 
uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng 
asosiylaridan biridir. Yozuv og‘zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo‘shimcha 
aloqa vositasi bo‘lsa-da, unga qaraganda ko‘p afzalliklarga ega. Xususan, 
tilning asosiy vazifasi – kishilar o‘rtasidagi aloqani ta’minlashdir. Tilning 
kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning 
estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur 
qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo‘lga kiritgan tajriba-bilimlarini 
saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali 
bajariladi. Tovush tili uchun noqulaylik tug‘diruvchi masofa va vaqt omili 
yozuvning bu borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba 
volant – scripta manent” – “So‘zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”.
Yozuv tildan ancha keyin paydo bo‘lgan. Tovush tili 400-500 ming 
yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo bo‘lgan. 
Og‘zaki nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni 
bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo‘lishiga olib kelgan. Og‘zaki 
til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush 
to‘lqinlari yetib borishi mumkin bo‘lgan) kishi uchungina mavjuddir. 
Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo‘lishi bilan inson dahosi bu 
ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar 
tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi sifatidagi 
yozuv paydo bo‘lishidan oldin inson ramziy vositalardan keng 
foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do‘stlik ramzi, 
trubka-tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” 


262 
xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv ko‘rinishlari aniqlangan va 
yozuvning tadrijiy tarixi isbotlangandir. 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling