Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- B. Britt guruhi
- V. Gallcha guruhi
- 9. Alban guruhi. Alban tili – Albaniyada. 10.Armyan guruhi. Armyan, 2 million, Armaniston, Eron va Turkiyada. 11.Xett guruhi.
- 12. Toxar guruhi.
7.Kelt guruhi (3 millionga yaqin).
A.Gael guruhi: 1). Irland (eyre), Irlandiyada; 2). Shotland, 140 ming, Shimoliy Shatlandiyada, Gebrid va Orkney orollarida; 3). Man orollari tili (Irland dengizi) - o‘layotgan va faqat qari baliqchilarda saqlanib qolayotgan til. B. Britt guruhi: 4). Breton, 1 million, Fransiyadagi Bretan yarim oroli; 5). Uelz (yoki valliy), 900 ming, Ueylz (Wallis) - G‘arbiy Angliyada. O‘lik tillar: 6). Kornual-XVIIasrda o‘lgan (Kornual - Janubi-g‘arbiy Angliyadagi yarim orol). V. Gallcha guruhi: 250 7). Gall - fransuz tilining shakllanishi bilan o‘lgan (Galliya, Shimoliy Italiya, Bolqon va, hatto, Kichik Osiyoda tarqalgan edi). 8.Grek guruhi. 1). Yangi grek, 8 million, Gretsiya, O‘rta yer dengizi sharqiy qismi orollari. O‘lik tillar: 2). Qadimgi grek, eramizgacha X asr - eramizning V asrlarida mavjud bo‘lgan, o‘rta grek yoki vizantiy tili. 9. Alban guruhi. Alban tili – Albaniyada. 10.Armyan guruhi. Armyan, 2 million, Armaniston, Eron va Turkiyada. 11.Xett guruhi. 1). Xett-Kichik Osiyodagi Xett davlati (eramizgacha XIX-XII asr); 2). Luviy; 3). Palaet. 12. Toxar guruhi. 1). Toxar a) (turfan, qarashor) - Xitoy Turkistonida; 2). Toxar b) (kuchan) – o‘sha yerda, VII asrda Kuchada. Hind-yevropa tillari flektiv tillardir. So‘zlarning morfologik shakllarining fleksiya orqali yasalishi bu tillarning asosiy morfologik xususiyatidir. Bu tillarda har bir mustaqil so‘zning dastlabki shakli ham negiz va qo‘shimchalarga bo‘linadi, natijada, o‘zak-negiz mustaqil qo‘llanmaydi. Masalan, rus tilida вижу, видишь, видят so‘zlarining o‘zak negizi виж, вид bo‘lib, bular mustaqil ishlatilmaydi. Bundan tashqari, flektiv tillarda (agglyutinativ tillardan farqli o‘laroq) bir qo‘shimcha bir necha grammatik ma’no ifodalashi mumkin. Masalan, rus tilida – видел so‘zidagi [-ел] qo‘simchasi zamon (o‘tgan zamon), son (birlik), shaxs (birinchi), mayl, rod ma’nolarini ifodalaydi. Flektiv tillarga so‘z yasovchi va so‘z o‘zgartiruvchi funksiyani bajaradigan ichki fleksiya xos. Bunda o‘zak - negizda tovush almashuvi bilan turli grammatik ma’nolar ifodalanadi. 251 Ichki fleksiyada undosh tovushlar ham, unli tovushlar ham o‘zgarishi mumkin. Ingliz va nemis tillarida ko‘proq unli tovush o‘zgarsa, rus tilida ko‘proq undosh tovushlarning o‘zgarishi kuzatiladi. Masalan, ingliz va nemis tillarida kuchli fe’llarning asosiy formalarini yasaydigan ablaut hodisasi quyidagicha: nemis tilida – singen – sang – gesingen ; ingliz tilida – sing - sang-sung; bring – brought – brought; see – saw – seen. Son kategoriyasining ko‘plik shakli nemis va ingliz tillarida ham agglyutinativ (affiksatsiya) usulida ham ichki fleksiya orqali yasalishi kuzatiladi: ingliz tilida - 1) sister – sisters, book – books, eye – eyes, egg – eggs; 2) foot –feet, toose – teese, goose – geese, woman – women, child – children. Nemis tilida otlar quyidagicha qo‘shimchalar orqali yasaladi: [-e] Der Tisch (stol) – Die Tische (stollar); [-en] Der Student – Die Studenten ; [-n] Die Tafel – Die Tafelen (doskalar); [-er] Das Buch – Die Bucher (kitoblar). Xuddi shu ko‘rinishlararo ichki fleksiya ham kuzatiladi. Chunonchi, Buch-Bucher, Bruder – Bruder (aka-akalar). Nemis tilidagi Bruder – aka oti ko‘pgina hind – yevropa tillarida ma’lum bir fonetik o‘zgarishlar bilan ko‘rinadi. Masalan, rus polyak ingliz nemis fransuz fors брат brat brother bruder frere birodar Mather (ona), father (ota), sister (opa) so‘zlari ham fonetika differensiyalarni namoyon qiladi: rus ingliz nemis fransuz fors мать mother mater mer modar папа father pater per padar сестра sister schwester sceur - 252 Flektivlik fors tilida ham ko‘rinadi. Shudan (bo‘lmoq) – shaved; kardan – kun (buyruq maylida) – bikun; shushtan (yuvmoq) – sho‘y (bisho‘y). Fransuz tilida undosh tovushlarning almashishi sifatning rod formalarini ham o‘zgartiradi: rond – круглый (muj.r.), aylana ( [d] tovushi talaffuz etilmaydi). ronde – круглая (jеn.r.) ([d] aytiladi). grand – katta – большой ([d] aytilmaydi). grane – большая ([d] aytiladi). Hind-yevropa tillarida grammatik ma’no ifodalashning yana bir usuli suppletivizmdir. Buni quyidagi misollarda kuzatamiz: hoz.z. o‘tgan z. kel.z. ingliz t. am-are was/were shall/will is-are To be (bo‘lmoq) fe’lining zamonlar bo‘yicha tuslanishi mana shunday suppletiv yo‘l bilan hosil qilinadi. Va, nihoyat, gap sohasida hind – yevropa tillarining umumiy xususiyati shundaki, bunday tillarda ega va kesimning qat’iy ishtiroki va o‘rni muhim ekanligi kuzatiladi. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling