Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet135/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

t-orttirma nisbat qoshimchasi, uv-harakat nomi qo‘shimchasi, chi-shaxs 
oti yasovchi affiks, lar-ko‘plik, ga-jo‘nalish ma’nosoni ifodalaydi; 
vengr tilida haz-uy, haz
b
a-uyda, hazak-uylar, hazakba-uylarda
Ko‘rinadiki, turkiy tillardagi qo‘shimchalar o‘zakka mexanik ravishda 
qo‘shilaveradi, lekin o‘zak bilan birikib, singib ketmaydi, o‘zakdan 
ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo‘q (fors-tojik 
tillaridan kirib kelgan ayrim old qo‘shimchalardan tashqari), ya’ni 
qo‘shimchalarining ketma- ket qo‘shilishi natijasida so‘zning 
kengayishi faqat bir tomonga, ya’ni o‘ng tomonga yo‘nalgan bo‘ladi: 


259 
maktablarga. Turkiy tillardagi ko‘makchilar otdan yoki ot vazifasidagi 
so‘zdan keyin kelib, uni boshqa so‘zga – boshqaruvchiga bog‘laydi va 
ular orasidagi sintaktik munosabatni ifodalaydi. Masalan, Baxtim uchun 
kurashaman. Ukam bilan bordim.
Turkiy tillarda grammatik rod (jins) kategoriyasi yo‘q. Shunga 
ko‘ra, gapda so‘zlarning o‘zaro sintaktik aloqaga kirishuvi o‘zgacha: 
turkiy tillarda, jumladan, o‘zbek tilida, sifat, son, olmosh, sifatdoshlar ot 
bilan bitishuv munosabatiga kirishadi. Hind – Yevropa tillarida 
kesimning morfologik belgilari faqat fe’lga qo‘shilsa, turkiy tillarda 
kesim vazifasida kelgan har bir so‘z turkumiga qo‘shilishi mumkin. 
Qiyoslang: Это здание - институт; Bu bino institutdir. Men – 
onaman. Ko‘ylagimni tiktirdim. 
Turkiy 
tillarning 
qiyosiy 
– 
tipologik 
xususiyatlari 
N.A.Baskakovning “Введение в изучение тюрских языков” (М., 
1962) nomli kitobida atroflicha sharhlangan. Jumladan, so‘zning 
morfologik tarkibi xususida shunday hodisalarni aniqlaydi: o‘zaklar 
birlamchi yoki tub bo‘ladi (umumturkiy o‘zaklar): al-olmoq, kel, min, ot 
(o‘t), tas/tash (tosh), kyoz (ko‘z) yoki yasama, ya’ni o‘zak va unumsiz 
(o‘lik) qo‘shimchalar orqali, masalan: qoraqalpoqcha: jurek (yurak), 
qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash (tosh), 
qal (qop), ic/ish (ish), at (ot ), qol (qo‘l) va hokazolar predmetlarning 
nomini atab, ot so‘z turkumiga kiradi hamda birlikdagi, bosh 
kelishikdagi so‘zlar qatorini hosil qiladi
3
.
Aq, sari, qara, biyik, (baland) o‘zaklari statik belgini ifodalab, sifat 
so‘z turkumini tashkil qiladi. Endi (endi), burun, en (eng) kabilar, deydi 
olim, belgining belgisini ifodalab, ravish kategoriyasiga kiradi. Bir, eki
(ikki), uch/ush (uch) tort ,(to‘rt) kabilar sonlardir. O‘ay! Iq! Maa! 
undov va taqlidlar, uchin/ushin, deyin (-gacha) kabilar ko‘makchilar, -
g‘u (-ku), -ma/me (-mi) (so‘roq yuklamasi) – yuklamalar hamda hem, 
biraq boglovchilar hisoblanadi. Turkiy tillarda fe’llar ham o‘ziga xos 
tabiatga ega, ya’ni ular yasalish xususiyatiga ega: tashla, angla, bilim, 
qapshiq (qopchiq- qop va kichraytirish shakli –chiq/-shiq.) Turkiy 


260 
tillarda fonetik struktura- o‘zak morfemalardagi 3 tovushli tarkib bilan 
ajralib turadi. Har bir o‘zak –undosh + unli+ undosh tartibidagi yopiq 
bo‘gindan iborat (cgc). Ikki tovushli, bir tovushli o‘zaklar turkiy tillarda 
kam uchraydigan istisnolikdir, ular aslida 3 tovushli tarkibning tarixan, 
fonetik jihatdan qisqargan ko‘rinishidir. 3 tovushdan ko‘p so‘zlar 
boshqa tillardan o‘zlashgan hisoblanadi.
Turkiy tillarga xos bo‘lgan gap qurilishi [WPm] qolipi asosida 
voqelanadi. Предикатив bog‘lanish [Pm] (predikate-kesim, m – 
shaxs/son, zamon, mayl, modallik) orqali yuzaga chiqadi. So‘z 
birikmasi –gap kengaytiruvchilari yoki so‘z kengaytiruvchilaridan iborat 
bo‘lishi mumkin. Mana shu sintaktik xususiyat barcha turkiy tillar 
uchun xos bo‘lib, bu oilani boshqa tillardan, ulardagi grammatik 
xususiyatlardan keskin farqlab turadi (chunonchi, Hind-yevropa tillarida 
gap birgina kesimning o‘zidangina emas, balki ega va kesimning qat’iy 
ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim keladi ) asosida tuziladi).

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling