МИКРОБИОЛОГИЯ GEOLOGICHESKAYA — MICROBIOLOGY GEOLOGICAL GEOLOGIK MIKROBIOLOGIYA — moddalarning biosferadagi aylanib yurishida foydali qazilma konlari va t.j. larining hosil bo‘lishi va nurashida mikroorganizmlarning ahamiyatini o‘rganishga bag’ishlangan mikrobiologiya bo‘limi. Ayrim mikroorganizm guruhlari geokimyoviy jarayonlardagi ahamiyati turlicha; ko‘pgina geokimyoviy reaksiyalar biosfera sharoitida amalda mikroorganizmlar ishtirokisiz kechmaydi. Moddalarning parchalanishi bilan bog’liq ko‘pchilik reaksiyalar sodir bo‘lishi har xil geterotrof mikroorganizmlar ta’sirida organik moddalarning oksidlanishi, achishi; atmosferadagi azotning qayd qilinishi; sulfat reduktsiyalovchi bakteriyalar ishtirokida sulfatlardan oltingugurt hosil bo‘lishi va boshqalar shular jumlasidandir.
МИКРОГАББРО — MICROGABBRO MIKROGABBRO (mayda donali gabbro). Tarkibida asosiy plagioklaz va piroksen, kam miqdorda magnetit va ilmenit bor, ba’zan esa qo‘ng‘ir amfibol ham uchraydi. Uning quyidagi turlari mavjud: mikro-gabbro-norit — tarkikibida monoklin piroksen bilan bir qatorda rombik piroksen bor; mikronorit — faqat rombik piroksen uchraydi. Ba’zi adabiyotlarda M. beerbaxit deb ham yuritiladi, ammo bu eski atama.
МИКРОПЛАНКТОН — MICROPLANKTON MIKROPLANKTON dengizda yashovchi, to‘lqin va oqimlar hisobiga suzuvchi va uz joyini o‘zgartiruvchi, oddiy kuz bilan
kurib bo‘lmaydigan jonivorlar.
МИКРОРЕЛЬЕФ — MICRO-RELIEF MIKRORELEF — mayda relef (s. Relef), balanddigi 0,5—1,0 m gacha, uzunligi va eni 10—30 m gacha (Yer yuzinnng relef shakllari).
МИКРОСКЛАДКА — MICRO-FOLDING MIKROBURMA— juda kichik qoplama, k,obits turdagi burma, shakli ustki qismidagisiga umuman mos keladi. Kichik burmalar odatda metamorfik t. j. lariga xos bo‘lib, ba’zida cho’kindi t. j. larida xam uchraydi. Hosil bo‘lish sabablariga qarab t. j. larining oqishi, siqilishi va eurilishi, sudralishi natijasida vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |