Apus Concriformis Schaff- (Diaspididae – qalqondorlar oilasi, Homoptera – to‘g‘riqanotlilar turkumi) Qalqondorlar Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq, Zangiota tumani, O‘rta Chirchiq tumanida sholiga qattiq zarar yetkazadi. Bu zararkunanda qattiq zararlaganda sholini batamom nobud qiladi. Ko‘p hollarda hosilni 20–30%, hatto 50% siyraklatib yuboradi.Uning bo‘yi 2,5 sm keladi, tanasi 42 ta sigmentga bo‘lingan, oxirgi sigmenti ikki ayri shaklida bo‘lib, uzunligi 5 sm ga yetadi. Zararkunandaning old qismi 1,6–2,7 sm kenglikdagi qalqon bilan qoplangan, uning bargsimon oyoqlari nafas olish organi rolini o‘ynaydi, boshining old qismida ikkita ko‘zi bor. Uning rangi yashil, kulrang, ba’zan ochpushti rang bo‘ladi. Uning lichinkasi Nauplius deb ataladi. Naupliusda sigmentlar bo‘lmaydi, balki uch juft suzish oyoqlari bo‘lib, bu oyoqlar og‘iz teshigi yoniga o‘rnashgan. Tuxumi qo‘ng‘ir-qizg‘ish rangda, diametri 5 mm keladi. Qalqondorlar sholi maysalari hamda har xil chuvalchanglar, mayda baliqlarni yeb kun kechiradi
Arpa biti (Brachycolus noxius) arpaga va qisman bug‘doyga tushadi.Arpa bitining bo‘yi 1,6–2,2 mm, och yashil yoki sarg‘ish-yashil rangda. Qanotlilarining o‘rtaorqasida ikkita to‘q yashil dog‘i bor, ko‘zi va mo‘ylovi qora. Mo‘ylovining uzunligi tanasidan kaltaroq.
Barg bitlari (Aphididae) oilasi. Barg bitlari ko‘chatzorlardagi nihollarga va bog‘lardagi yosh daraxtlarga ko‘p zarar yetkazadi. Ular bargning, surx novdalarining o‘suv nuqtasidagi shirani so‘rib oziqlanadi. Natijada burglar qovjirab, shaklini yo‘qotadi va muddatidan oldin to‘kilib ketadi. O‘suv nuqtasi shikastlangan novdalar rivojlanishdan to‘xtaydi. Ba’zi bitlar begona o‘tlarda ham hayot kechiradi. Olma bitlari,ayniqsa, bahorda ko‘payadi. Yoz chillasida ancha kamayib, kuzga borib yana ko‘payadi. Olma bitiga qarshi kurash choralari zararkunandaning xavfli sonini va zararkunanda bilan foydali hasharotlar o‘rtasidagi nisbatni hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Olmazorlarga foydali hasharotlar jalb qilinsa va ular qirilsa, olma bitlarining soni ancha kamayadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |