Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus Goeze.)


Download 29.39 Kb.
bet7/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
insects

Beda qandalasi (Adelphocoris lineolatus Goeze.)
Mieidae – mieidlar oilasi, Hemiptera – yarimqattiqqanotlilar turkumi
Bu qandala bedaning yosh poyasi uchlari, barg bandi, ayniqsa, gul va g‘unchalari shirasini so‘rish bilan zarar yetkazadi.Erkagining bo‘yi 6,5–9,5 mm gacha, urg‘ochisiniki 6,5– 8 mm gacha bo‘ladi. Tanasi cho‘zinchoq shaklda, rangi qo‘ng‘ir yoki sarg‘ish-yashil, erkaklari urg‘ochilaridan qoraroq bo‘ladi. Orqasining old qismida 2 ta qora nuqta bor, taxlangan qanotlari o‘rtasidagi uchburchak qalqoncha bo‘ylab ikkita qoramtir chiziq o‘tadi; ustki qanotlarining terisimon qismida bittadan cho‘zinchoq uchburchak qoramtir dog‘ yoki ular o‘rnigaqoramtir rangli kambar chiziqlar bo‘ladi
Beda yoki akatsiya biti (Aphis craccivora Koch Akatsiya biti hammaxo‘r zararkunanda bo‘lib, Yevropaning janubida va O‘rta Osiyoda keng tarqalgan. Akatsiya biti g‘o‘zadan tashqari, beda, oq akatsiya, yeryong‘oq, esparset, vika, burchoq, no‘xat, shuningdek, poliz ekinlariga (jami 52 tur) zarar yetkazadi. Bu hasharot g‘o‘zani may-iyun oylarida eng ko‘p zararlaydi. Tirik tug‘uvchi urg‘ochisining bo‘yi 1,3–2,1 mm bo‘lib, tanasi yaltiroq qora bo‘ladi. Akatsiya biti beda yoki akatsiyada tuxum fazasida qishlaydi. Erta bahorda (martda) bedada bu bit to‘dalari paydo bo‘ladi, to beda dag‘allashguncha rivojlanib, keyin boshqa ekinlarga o‘tadi. Akatsiya biti g‘o‘zada 30 kun yashaydi, ana shu vaqtda juda tez ko‘payib, unga jiddiy zarar yetkazadi. Oziqlanish va ob-havo sharoiti og‘irlashgach, ularda qanot paydo bo‘lib, yana bedapoyaga uchib o‘tadi va kech kuzgacha beda ildiz bo‘g‘zida bo‘ladi, ammo oziqlanish sharoiti noqulay bo‘lgani uchun ular jadal ko‘paya olmaydi.
Beda zararkunandalari. O‘simlik bitlari (Aphididea). O‘rta Osiyoda bedaga o‘simlik bitlarining to‘rtta turi zarar yetkaza di. Ular jumlasiga Acyrthosiphon onobryhis Fonse nomli (ko‘pincha sinonimi Aphis pisi Ketb. deb atalgan) no‘xat biti, Aphis medicaginis Koch – akatsiya biti, Therioaphis onnidis Kltnb. – xoldor bit va Trifidaphis faseoli Pass – ildiz biti kiradi. Bulardan tashqari, bedaga Aphis incerta Ners. deb atalgan bitlar ko‘plab tushishi ham aniqlangan. Bitlar so‘rishi natijasida beda o‘simligi juda noziklashib qolib, hashak va urug‘ hosili kamayadi. Bit tushgan beda gullash davriga kelib sog‘lom bedaga nisbatan 3–15% gacha, bit ko‘plab tushganda esa 31% gacha o‘sishdan orqada qoladi. Xoldor bitning zarari hashaki bedada 21–57% gacha, urug‘lik bedada 25–77% gacha yetadi.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling