Acyrthosiphon gossypii Mordv- katta g‘o‘za biti


Bemisi tabaci Aschm .G‘o‘za oqqanoti (Bemisi tabaci Aschm.). (Aleyrodidae – aleyrodidi oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi)


Download 29.39 Kb.
bet8/15
Sana24.12.2022
Hajmi29.39 Kb.
#1055419
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
insects

Bemisi tabaci Aschm .G‘o‘za oqqanoti (Bemisi tabaci Aschm.). (Aleyrodidae – aleyrodidi oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) G‘o‘za oqqanotining zarari oqibatida paxta, poliz va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari hosilining 30–40% dan ko‘proq qismi nobud bo‘ladi hamda paxta tolasining sifati pasayadi. Umuman olganda, hozirgi davrda oqqanotning uch tomonlama zarari kuzatilgan. Hasharot o‘simliklar shirasini so‘rishi natijasida ular rivojlanishdan orqada qoladi va hosildorlik 30–40% ga kamayib ketadi.Oqqanot hasharoti tanasining uzunligi 1–1,5 mm keladi, oq unsimon g‘ubor bilan qoplangan bo‘lib, 3 juft uzun oyog‘i va bir juft qanoti bor. Uning voyaga yetgan zoti tinch holatda turganda qanotlarini tanasi bo‘ylab yig‘ib oladi. Urg‘ochisi atrof-muhitning harorati, namligiga qarab 20–30 kun yashab, shu davrda shirali barglarning orqa tomoniga 15–20 donadan to‘p-to‘p qilib 150– 300 tagacha tuxum qo‘yadi.
Binafsharang qalqondor (Parlatoria aleae Colve.) (Diaspididae – qalqonlilar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi)
Qalqondor urg‘ochisining kattaligi 1–1,3 mm, binafsha tusda, qorin bo‘g‘inlari aniq ko‘rinib turadi, qalqonining uzunligi 2–2,5 mm. Erkagining qanoti bor, qizg‘ish-binafsha tusda, kattaligi 1 mm, qalqoni oqish tusda bo‘lib, cho‘zinchoq yapaloq ko‘rinishda. Urug‘langan urg‘ochi tusli qalqondor qalqoncha ostida novda po‘stlog‘iga yopishib qishlaydi. Qishki sovuqqa ancha chidamli, ular faqat –29°C da yoppasiga qirilib ketishi mumkin.
Brachycolus noxius- arpaga va qisman bug‘doyga tushadi.Arpa bitining bo‘yi 1,6–2,2 mm, och yashil yoki sarg‘ish-yashil rangda. Qanotlilarining o‘rtaorqasida ikkita to‘q yashil dog‘i bor, ko‘zi va mo‘ylovi qora. Mo‘ylovining uzunligi tanasidan kaltaroq.

Brevicoryne brassicae L. (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi) Karam biti o‘simliklarning bargini yoppasiga qoplab olib, uni ifloslantiradi. Barglar sharbatini so‘rib, rangini va shaklini o‘zgartiradi. Natijada ko‘chat qurib qoladi. Karam biti karam, sholg‘om, rediskaga va boshqa butgullilarga katta zarar yetkazadi. Karam biti hamma joyda, butun Palearktikada va Shimoliy Amerikada tarqalgan. Qanotsiz partenogenetik urg‘ochisining rangi kulrang-yashil bo‘lib, oq kulrang mumsimon g‘ubor bilan qoplangan. Kattaligi 2,0–2,1 mm, tuxum shakliga o‘xshaydi, orqagatomon biroz kengayib boradi. Oyoqlari, xartumi va mo‘ylovlari qo‘ng‘ir tusda. Qanotli bitning boshi va tanasi (yelkasi) qo‘ng‘ir, qorni yashil bo‘lib, ko‘ndalang chiziqlari bor. Tuxumi cho‘ziq, 0,5 mm kattalikda bo‘lib, yashil yoki sarg‘ish, 3–4 kundan so‘ng qorayadi. Karam biti O‘rta Osiyo sharoitida karam o‘zagi yaqinida va butgulli begona o‘tlarda tuxumlik partenogenetik urg‘ochi va lichinka fazasida qishlaydi. Erta bahorda tuxumdan chiqqan lichinkalar rivojlanib, partenogenetik yo‘l bilan ko‘ payuvchi urg‘ochi bitlarga aylanadi va tirik lichinka tug‘ib, rivojlanadi. Aprel oylarida qanotli bitlar paydo bo‘lib, yangi o‘simliklarga uchib o‘tib, gala hosil qiladi.

Download 29.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling