Olma yashil biti (Aphis pomi Deg.) (Aphididae – bitlar oilasi, Homoptera – tengqanotlilar turkumi).Olma yashil biti tengqanotlilar turkumiga, bitlar oilasiga mansub hasharot. Bu zararkunanda olma ekiladigan hamma joyda keng tarqalgan. Olmadan tashqari, nok, behi, do‘lana va boshqa ayrim meva daraxtlariga ham zarar yetkazadi. Voyaga yetgan bit, uning lichinkasi daraxtlarning kurtagi, bargi, guli va yosh novdalari shirasini so‘rib zarar yetkazadi. Zararlangan barg qorayib, to‘kilib ketadi, novdalar qing‘irqiyshiq, mevasi qattiq, bemaza bo‘lib, normal rivojlanmaydi va ko‘pincha meva biti shirasining yopishqoq axlati bilan ifloslanadi. Qanotsiz urg‘ochi bitning kattaligi 2 mm, yashil, pushti rangda ba’zan qoramtir bo‘lib, shira naychalari va dumchasi qora tusda, lichinkasi sarg‘ish rangdan to‘q yashil ranggacha, ko‘zlari qizil bo‘ladi.Tuxumining kattaligi 0,5 mm, qora tusda.
Do'stlaringiz bilan baham: |