Adabiy ertaklarni o‘rganish usullari


Mavzuning o‘rganilish darajasi


Download 0.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/16
Sana19.12.2022
Hajmi0.77 Mb.
#1033709
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
юлдашева хуршида адабий эртакларни ўқитиш усуллари

Mavzuning o‘rganilish darajasi. Keyingi yillarda mavzuga aloqador tadqiqot 
ishlari, bir qator ilmiy-metodik maqolalar yuzaga keldi. Xususan, Marg‘uba 
Mirqosimovaning “O‘quvchilarda adabiy tahlil malakasini shakllantirish va 
takomillashtirish asoslari”, Qozoqboy Yo‘ldoshevning “Adabiyot o‘qitishning ilmiy-
nazariy asoslari”, Boqijon To‘xliyevning “Adabiyot o‘qitish 
metodikasi”, 
V.Qodirovning “Mumtoz adabiyotni o‘qitish muammolari va yechimlari” kabi 
kitoblar yaratildi. Biroq bu tadqiqot va qo‘llanmalarda biz qo‘ygan masalalar bevosita 
yoritilmagan hamda tadqiq etilmagan. Bu holat ham ishimizning dolzarbligini yana bir 
karra belgilaydi. 
Tadqiqotning maqsadi. Adabiyot va folg’klor masalalari bilan bog‘liq katta 
avlod yozuvchilarining ijodiy tajribalari hamda hozirgi adabiy jarayonda 
yaratilayotgan adabiy ertaklarni tahlil etish, umumta’lim maktablarining 5-6 sinf 
Adabiyot darslarida o‘qitilishi ko‘zda tutilgan adabiy ertak darslarining mazmunini 
belgilash va shu orqali o‘quvchilarda ijodiy fikrlashni shakllantirish, yanada 
takomillashtirishning ilmiy-uslubiy tizimiga doir tavsiyalar berish, mavzu yuzasidan 
olib borilgan tajriba-sinov ishlari asosida metodik tavsiyalar tayyorlashdan iborat 
bo‘lsa, quyidagi masalalarni hal qilish tadqiqotning vazifalari sifatida belgilandi: 



– folg’klorning xalq tomonidan ishlanib, shakllanib, takomillashib kelgan ma’lum 
badiiy-estetik tizim sifatida yozma adabiyotning rivojida tutgan o‘rni va 
ahamiyatini ko‘rsatish; 
xalq ertaklari, afsona va rivoyatlaridagi syujet yo‘nalishi, fikr-g‘oyalarning 
yozuvchilar tomonidan qayta ishlanib, sayqal berilib asar to‘qimalariga 
singdirilishini o‘rganish va tadqiq etish; 
– adabiy ertaklarni Davlat ta’lim standartlarida o‘qitilishini tahlil etish, bu 
boradagi fikr-mulohaza va takliflarni bayon etish; 
– umumta’lim maktablarining 5-6-sinflarida o‘rgatilishi ko‘zda tutilgan adabiy 
ertaklarni o‘qitilishining hozirgi ahvolini o‘rganish, bu boradagi yutuqlarni 
umumlashtirib, mavjud kamchiliklar ustida ish olib borish; 
– tadqiqot mavzusiga doir ilmiy-metodik maqolalar, o‘quv qo‘llanmalarni 
o‘rganish, bu boradagi metodist olimlarning ishlarini tahlil etish; 
– o‘rganilgan ilmiy-nazariy pedagogik manbalar, bugungi kun metodika ilmining 
eng so‘nggi yutuqlari asosida ilmiy-amaliy xulosalar chiqarish; 
– kuzatishlar asosida chiqarilgan xulosalarni tajriba maydonlarida sinovdan 
o‘tkazish. 

Download 0.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling