Adabiy janrlar reja: Adabiy tur va janrlar haqida tushuncha Eposning xususiyatlari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
1-MAVZU. ADABIY JANRLAR
V. Eposning kichik janrlari
Ballada (gr.balare co’zidan fr. baler co’zi kelib chiqqan, ma’nosi 1) ―tovushga taqlid qilish, masalan, ma’rash‖, 2) ―raqs tushish‖) janridagi bosh xislat – kutilmagan syujet (voqea)ning kutilmagan final (xotima) bilan tugashiga, qahramon qalb kechinmalari va ruhiyatining dramatik izhoriga bag’ishlangan asardir; to’g’rirog’i, undagi bu ikki (epik va lirik) holat-davr va qalb dramasi kashfi birlashib, qalb faryodi izhoriga aylanganda ballada tug’iladi. Unda epik tasvir (yetakchi) va lirik tasvir (ichki tug’yon; ikkilamchi) nisbati buzilmasligi, lirizm voqeaning ichida yashashi lozimligi shart. Bu epik turning bosh qonuniyatdir. Jumladan, ―Jangchi Tursun‖ (H.Olimjon) balladasida Tursun ―jon shirin‖ ko’ringanidan ―qochmoqni xayol‖ qilib turganida, kutilmaganda onasidan xat oladi. Shu voqea tufayli asar boshida kutilgan voqea (―qochish‖) boshqa (fashistlardan Vatanni ozod etish yo’lida jon berish bilan) tugaydi, ya’ni asar xotimasi kutilmagan final bilan yakunlanadi. Ana shu jarayonda qattiq qo’rquv ichida turgan Tursunning qalbida onaning faryodi tufayli o’zgarish yuz beradi, hayot mohiyatini, umr mazmunini chuqur anglaydi va ona, ona-Vatan ozodligi uchun ayovsiz jangga kiradi: ―qochoq‖lik ―qahramon‖lik bilan almashinadi. Balladada ―muhim narsa voqea emas, u uyg’otgan sezgidir, o’quvchiga u bergan o’ydir‖ (V.Belinskiy, 191 – bet), saboqdir. ―Jangchi Tursun‖da bu quyidagicha ifodasini topgandir: ...Erkalanib yotadi U Vatan tuprog’ida. Yosh bola yotganiday Onaning quchog’ida. ―Ballada syujetini harakatga keltiruvchi kuch lirizm va dramatizmdir... Keskin dramatizmsiz va kuchli lirizmsiz balladaning bo’lishi aslo mumkin emas. Keskin dramatik tuyg’ular, tug’yonlar mahsuli bo’lgan balladada to’liq bir voqeaning boshidan to oxirigacha tasvirlab berish shart emas. Unda ko’pincha inson hayotida kutilmaganda, tasodifan ro’y bergan, uning taqdirini hal etadigan, hayotida burilish yasay oladigan dramatik mazmundagi epizodlar tanlanib, ular nihoyatda tarang holatda, avj nuqtada, eng keskin va shiddatli, baland ruh va yorqin bo’yoqlarda, dialogik formada bayon etiladi. Balladada ko’pincha bir yoki ikki asosiy qahramon bayon markaziga qo’yiladi. Bu qahramonlarning irodasi o’zining eng yorqin namoyon bo’lgan paytida, faoliyati eng keskin joyida, xarakter xususiyatlari charaqlab ko’ringan momentlarda ko’rsatiladi‖ (Murod Ibrohimov. O’zbek balladasi, T., ―Fan‖, 1974, 125-126 betlar). Masal (arabcha so’z, ma’nosi ―namuna‖) voqyelikni allegorik (kinoyaviy) va simvolik (ramziy) obrazlar yordamida ifodalovchi, real turmush va odamlarning ko’rinishlari, xarakter qirralarini kinoya, kesatish, kulgu, g’azab kabi xususiyatlar vositasida ochuvchi, ―qissadan hissa‖ (bevosita yoki bilvosita) chiqaruvchi epik janrdir. U masal – hikoya, masal –ertak, masal – felyeton, masal – pamflet, masal – epigramma kabi ko’rinishlarga ega bo’lishidan qat’i nazar, voqyelikdagi barcha hodisalarning mohiyatini chuqur ochishga, ochganda ham axloqiy – didaktik saboq va xulosalari, o’git va nasihatlari bilan insonni poklikka, ezgulikka yetaklashga qodirdir. Masal janrining asoschisi Ezop bo’lgani sabab, u ―Ezop‖ nomi bilan ham yuritiladi: masal tili - Ezop tili kabi. Ezopdan so’ng bu janrni Lafonten (fransuz), Krilov (rus), Gulxaniy (o’zbek)lar yangi bosqichga ko’tardilar. Masal, ko’pincha, voqyelik va odamlar to’g’risidagi haqiqatni ochiqchasiga aytishning imkoniyati yo’q paytlar ko’plab yaratiladi va ramzli tarzda (pardali qilib) bu haqiqatlarga ishora etiladi. Obrazlilikni bu ko’rinishi inson qalbini ―jarohatlamaydi‖, balki hissaning oson ―hazm qilinishi‖ni ta’minlaydi, ya’ni ko’ngil xira tortmaydi, balki u haqiqat (syujet)ni qiziqarliligidan oson qabul qilganini ―sezmay‖ qoladi. Jumladan, I.A.Krilovning ―Xo’roz va inju donasi‖ masali ana shunday asardir: Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling