Adabiy tahrir


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/123
Sana28.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1012632
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
Bog'liq
adabiy taxrir lotinda-конвертирован

Axboriy tasvir narsa va voqеaning faqat tashqi 
bеlgilarini aks ettiribgina qolmaydi, balki tashqi 
sеzgilar yordamida idrok etish mumkin bo‘lmagan 
xossalarni ham ifodalaydi. 
Avvaldan ma'lum bo‘lgan mulohazalardan yangi 
mulohaza chiqarish hukm dеb ataladi. Tashviqiy 
hamda 
targ‘ibiy 
maqolalarni 
murakkablashtirmaydigan bu mulohaza - hukm 
xabarlar uchun xos jihat sanaladi. 
XX asrning ilmiy-texnika asri, XXI asrning 
axborot asri deb e'tirof etilishi bejiz emas. O‘tgan asr 
ilmiy-texnikaviy inqilobning guvohi bo‘lgan, ijtimoiy 
muammolarga nisbatan qiziqishning haddan ziyod 
ortib ketganligi, axborot ayriboshlashning o‘ta 
jadallashganligi, 
jamoatchilikning 
ko‘rilmagan 
darajada faollashuvi - bular barchasi bizning 
zamonamiz-asrimizga xosdir. Bu o‘z navbatida 
nutqimizning 
yangi 
termin, 
ongimizni 
yangi 
tushunchalar bilan boyitdi. Demak, har bir muharrir 
mazkur terminlar va tushunchalarni matnga kiritishi, 


104 
aniqligi hamda maqsadga muvofiqligini baholay olishi 
lozim.
Muharrir o‘z faoliyati vaqtida turli qo‘lyozmalar 
(matnlar)ni tahrir qilishiga to‘g‘ri keladi. Ana shunda 
uning qo‘liga tushgan matnlar ichida maxsus ko‘rib 
chiqishni talab etadiganlari ham uchraydi. Bunday 
vaqtda ulardagi ba'zi tushunchalarni mazmun
mohiyatini ochib berishga ehtiyoj seziladi, shunda 
ular izohlanadi va tushuntiriladi.
Ommaviy axborot vositalari uchun xos bo‘lgan 
turli matnlar tizimi, tahminan quyidagi ko‘rinishga 
ega bo‘ladi. 
Matnning tasviriy turlari – hikoya xabar; tasvir; 
axboriy tasvir.
Matnning mantiqiylangan turlari: mulohaza, 
xukm; tushuntirish, izohlash. 
Bularni shartli ravishda ikki guruhga ajratish 
mumkin: 1) hikoya, tasvir, mulohaza, tushuntirish; 2) 
xabar, axboriy tasvir, xukm, izohlash
Birinchi 
guruh 
matnlarning 
tuzilishi 
ishontiruvchi, tashviq qiluvchi, xissiy (emotsional) 
ta'sir ko‘rsatishga mo‘ljallangan materiallar uchun 


105 
xosdir. Matn tuzishdagi kompozitsion usul badiiy asar 
uchun qabul qilingan usulga yaqin. Bu usulda 
an'anaviylik sezilib turadi, shunga ko‘ra uning 
tahliliga “o‘quvchi ta'biga ko‘ra” yondashiladi. 
Ikkinchi guruhdagilar – matbuotning axboriy, 
rasmiy hujjatlar, ilmiy nashrlar singari materiallari 
matni sanaladi. Ular uchun bir tahlitdalik (qolip) 
kompozitsiyalar xos, qo‘shimcha kompozitsiyaviy 
unsurlar bo‘lmaydi. Voqea ham hikoyaning, ham 
xabarning predmeti hisoblanadi, lekin habarda na 
voqealarning zamondagi harakati, na ularning rivoji 
kuzatilmaydi. Tasvir va axboriy tasvir narsa va 
voqeaning belgilarini qayd etadi, lekin an'anaviy-
kompozitsion tuzilishi usullari erkin tanlanadigan 
tasvirdan farqli o‘laroq axboriy-tavsifiy materiallar 
matni belgilangan shakl bo‘yicha tuziladi.
Hukm matn turi sifatida mulohazadan farq qiladi, 
tasviriyligi, tuzilishidagi imkoniyatlari bo‘yicha 
mulohazadan ko‘ra boyroq, mantiqiy ifodaga qat'iy 
asoslanadi. Shunga ko‘ra isbot talab qilmaydigan 

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling