Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
X 3-§. S o ‘zlikni takom illashtirish va to4dirish
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
66
X 3-§. S o ‘zlikni takom illashtirish va to4dirish Universal ensiklopediya barcha jildlariga oid alifbolangan so‘zlikning tayyor b o ‘lishi ish tugadi degani emas. Ensiklopediya jildlarini nashrdan chiqarish jarayonida ilm-fan, texnika, ishlab chiqarish-texnologiyalar muntazam rivojlanib borishi tufayli yangi-yangi terminlar paydo bo'ladi. Bularni ham o ‘z vaqtida hisobga olish, navbatdagi jildlam i chiqarishda ularni kiritib borish zarur. K o‘p jildli universal ensiklopediyalami nashrga tayyorlashda maxsus b o ‘lim - so ‘zlik tahririyati tuzilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. M azkur tahririyat universal ensiklopediya umumiy so‘zligini tahrirdan chiqaradi, keyinchalik ensiklopediyani to ‘liq nashrdan chiqarish mobaynida boshqa ishlar bilan bir qatorda, ayrim terminlarni so‘zlikdan chiqarish, yangi terminlarni so‘zlikka kiritish ishlarini ilmiy tahririyatlar bilan birgalikda olib boradi. Tabiiyki, tahririyatlam ing o ‘z sohaviy mavzuli so‘zliklariga yangi materiallar (terminlar)ni kiritishlari tufayli so'zlikning umumiy hajmi oshib ketadi. Agar oshgan hajm tahririyat o ‘zining so‘zligi hajmidan b a’zi qisqartirishlar hisobiga b o im asa, unda universal ensiklopediyaning ham jildlararo, ham umumiy qismi hajmi oshishiga olib keladi. Bu hoi jildlararo nomutanosiblikka sabab bo'ladi hamda universal ensiklopediyadagi tizimni izdan chiqaradi. Tahrir jarayonida, albatta, qisqartirishlar, q o ‘shimcha qilishlar, yangi tenninlar kiritish uchun zahira belgi ko‘zda tutiladi. Ensiklopedik asarlar nashri tajribasidan m a’lumkt, zaxira belgi nashr umumiy hajmi 10-15% dan oshib ketmasligi kerak. Ensiklopcdiyalarda ayrim tenninlar boshqalariga havola qilinadi. So‘zlikni yoki maqolalarni tahrir qilishda, albatta, havolalar tekshiriladi. Bunda asosiy e ’tibor havolaning berilganligi (maqolaning borligi), havolalardagi maqolalar nomi so‘zlikdagi bilan aynan ekanligi va h. aniqlanadi. Eng muhimi, havola qilingan termin u havola qilingan maqoladagi atalishi bilan bir xil bo‘lishidir. 67 Ensiklopedik asarlami tahrir qilishda ilmiy muharrirlar alohida e ’tibor qaratishi lozim b o ig a n yana bir muhim jih at bu - terminlar ta'rifi. Ensiklopediyadan foydalanuvchilar unga, asosan, terminlar ta ’rifi bilan tanishish uchun murojaat etadilar. Har bir maqola, qoidaga ko‘ra termin definitsiyasi (lot. ta ’rif) bilan boshlanadi. T a’rif maqolaga nom sifatida olingan hodisa, ism va h. mohiyatini belgilaydi. Termin ta ’rifi tushuncha mohiyatini ochib beruvchi hisoblanadi va u cnsiklopediyaning o ‘quvchilari turli guruhi uchun birdek tushunarli b o iish i kerak. Agar ilmiy adabiyotlarda yangi tenninlam ing ta ’rifi aniqlashtirilmagan b o ‘lsa, bu haqdagi turli (asosiy) nuqtayi nazarlar qisqacha bayon etib o ‘tiladi. Mabodo, maqolaning boshida terminning umumiy ta’riflarini berishning iloji b o im asa, unda maqolani 1).....; 2)...... ; 3)..... va h. raqamlangan qismga ajratish maqsadga muvofiq b o ia d i. Masalan: Alvon - 1) qizil rang, qizil tus; 2) qizil rang mato; 3) turli ranglar majmui ; 4) chaqiriq, da’vat yozilgan qizil mato. Agar ayni bir termin bilimning turli sohalarida turlicha m a’no ifodasiga ega b o is a , bu holda ham maqolani qismlarga ajratish lozim. Masalan: Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling