Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
B ad iiy nutq
118 63-§. Badiiy nutq shunday nutqki, muallif, so ‘z san’atkori undan shunchaki dolzarb infomiatsiyani to ‘g ‘ridan to ‘g ‘ri yetkazish uchungina foydalanmaydi. Uni shaxslararo munosabat vositasi sifatida qo'llam aydi: u yordamida kundalik turmushning muayyan mavzusini yoritmaydi; unga biror siyosiy, iqtisodiy, davlat ahamiyatiga molik masalani kundalik maqsadda hal etishda kishilar ongiga ta ’sir etish vositasi sifatida qaramaydi. Yozuvchi kundalik nutqiy muloqot maqsadini k o ‘zlamaydi, balki, ayni mana shu nutq yordamida badiiy obraz yaratadi. Badiiy nutqdan ijodkor go‘yo mavjud narsa, voqea, hodisa, shaxslar, aloqa va munosabatlami, o‘z ijodiy tasavvuri, o ‘z badiiy hayoloti, o ‘z dunyoqarashi, orzu-umidlarini bayon etishda foydalanadi. Badiiy nutq (uslub)ga xos ayrim unsurlar boshqa nutq (uslub)larda uchrab turadi. Lekin, ular asosiy emas, balki yordamchi, nutqiy “bezak” vazifasini o ‘taydi. Birinchi bosqichda o ‘zlashtirilgan bilimlarga tayanib, ikkinchi bosqichdagi bilimlar o ‘zlashtiriladi. M uharrirlik mahoratiga ega b o ‘lish uchun bu bosqichda quyidagilarni puxta bilish talab etiladi: -uslubiyat va nutq madaniyati; -uslubiyat va adabiy tahrir; -funksionai uslublar; -nutq birliklari uslubiyati; -m atn uslubiyati; -badiiy nutq uslubiyati; . -adabiy nutqning funksionai tabaqalanish asoslari; -rasm iy-ish yuritish uslubi; -ilmiy uslub; -publitsistik uslub; -badiiy nutq uslubi; -s o ‘zlashuv nutqi - kitobiy nutq; -yozm a kitobiy nutq; -o g ‘zaki kitobiy nutq; -o g ‘zaki so ‘zlashuv nutqi; -og'zaki-rasm iy so‘zlashuv nutqi; 119 -o g ‘zaki-oddiy so‘zlashuv nutqi; -s o ‘zlashuv nutqining asosiy uslubiy xususiyatlari; -ilm iy asar uslubi; - o ‘quv adabiyotlari uslubi; -ilmiy-ommabop asarlar uslubi; -publitsistik asarlar uslubi; -ensiklopedik asarlar uslubi; -m a’lumotnoma, y o ‘riqnom a asarlar uslubi va b. Yuqorida qayd etilganlar to iiq o ‘zlashtirilgandan so‘ng muharrirlik mahoratiga ega bo‘lishning uchinchi bosqichiga o ‘tiladi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling