Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
itde; oyog ‘i kuygan tovuqdek, bo ‘zchining mokisidek; sahroda
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
- Bu sahifa navigatsiya:
- Samandarov unga yaqinroq kelib yaltoqilik bilan vishillar edi. Vishillamoq
- Ilmiy us lub
itde; oyog ‘i kuygan tovuqdek, bo ‘zchining mokisidek; sahroda
qolgan tuyadek; mosh yegan xo'rozdek; yaratilgancha qolgan; qo ‘ndoqda tekkan; sut bilan kirgan,jon bilan chiqadi; yaxshi otga bir qamchi, yomon otga ming qamchi; yomonni o'ldi desa ishon, yomonligini qo ‘yd i desa ishonma; о ‘rgangan ко ‘ngil о ‘rtansa qo ‘yrnas; mening nafsim balodir, yonar о ‘tga solodir; har kimning niyati o ‘ziga yo'ldosh; arpa ekkan arpa oladi, bug'doy ekkan bug ‘doy oladi; pes - pesni qorong ‘ida topadi va h. Muayyan nutqiy vaziyatga mos ravishda o g ‘zaki nutqda shunday iboralar, maqollar uchraydiki, ular kitobiy nutq doirasida odobdan tashqari hisoblanadi va dcyarli q o ‘llanilmaydi: ityeganini qusadi, itdan it, eshakdan eshak tug ‘Hadi, xaji qiz va h. Bunday ibora va maqollar, asosan, badiiy nutqda k o ‘rinib qoladi, bunga personajga xos nutq yaratish maqsadi sabab b o ‘ladi. U lar m a’no b o ‘y og ‘i haddan ziyod q o ‘pol (salbiy) b o ‘lishiga subyekt (so‘zlovchi)ning obyekt - shaxs, hodisa, narsa, voqeaga bo‘Igan munosabati sabab b o ‘ladi. Tabiiyki, bu munosabat salbiy. 46-§. O g‘zaki nutqda so‘zlar ko‘pincha ko‘chma m a’noda qoTlanadi va bu hosila m a’no bo‘yoqqa ega b o ‘ladi. Masalan: Samandarov unga yaqinroq kelib yaltoqilik bilan vishillar edi. Vishillamoq fe’lining genetik (tub) m a’nosi ilonga xos tovush chiqarish ifodasiga ega. Yuqorida esa odamga xos tovush chiqarish nazarda tutilmoqda, subyektning munosabati salbiy. “Shunga k o ‘ra disfemistik metafora sodir bo‘lgan va yuzaga ehiqqan hosila sememadagi pragmatik semada salbiy subyektiv munosabat ifoda topgan”31. Ilmiy us lub 47-§. Ilmiy uslubning vazifa (funksiya)si ilmiy m a’lumot (informatsiya), zamonaviy ilm-fanning dalillangan bavoniui ta’minlashdan iboratdir. 48-§. Ilmiy uslub o 'z vazifasiga muvofiq adabiy nutq barcha imkoniyatlarini - so‘z va iboralarini, morfologik, sintaktik vositalarini ilmiy m a’lumot yetkazishga qaratadi. Tushunchani aniqlashtiradi, fikrni shakllantiradi. 49-§. Ilmiy uslub ilmiy m a’lumotni ob’ektiv, aniq, mantiqan izchil va qat’iy, maqsadga muvofiq yetkazadi. Ilmiy matnlarda ulami zarur va yetarlicha axboriy bo'lishi uchun nutq vositalaridan samarali foydalanish ko'zga tashlanadi. 50-§. Ilmiy uslubda, narsa, hodisa, voqea, muayyan tushunchani ifodalovchi atama o 'z tub (genetik) m a’nosida qo'llanadi. Bunga quyidagilarga ko'ra erishiladi: • ilmiy asarga oid yaxshi o'rganilgan, ishlab chiqilgan terminlar yordamida (albatta, bunda terminlardan to 'g 'ri foydalanilgan taqdirda); • ayrim unsurlar turli o'rinda ayni bir nomda, miqdorda takrorlanadi, shunga ko'ra ular o'rtasida muqobillik saqlanadi. 51-§. Ilm iy matn tuzilishida ilmiy tushunchani ifoda etish - ta ’rif asosiy unsurlardan hisoblanadi. T a’rifning bir necha shakli bor, shulardan keng tarqalgani quyidagilar: tireli(-) bu ko'rsatish olmoshili, deb ravishli va h. Masalan: Atributiv birikma — aniqlovchi va aniqlanmishdan iborat Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling