Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik


Download 6.03 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/107
Sana02.11.2023
Hajmi6.03 Mb.
#1740289
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107
Bog'liq
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati

gumanitar, fuqarolik jam iyati, huquqiy davlat, parlam ent, senat, 
spiker, 
teng huquqlilik, 
ijtimoiy himoya, 
adolatli, 
qonun 
ustuvorligi, ijtimoiy manfaat, ishsizlik, marginal shaxs, muxolifat, 
tolerantlik, yashash miniumi, ilg ‘or, suverenitet, ombudsman va h.
Yuqorida keltirilgan so‘z va so‘z birikmalarining barchasi 
ommaviy o ‘quvchilar uchun birdek tushunarli bo ‘lmasligi mumkin: 
Masalan, mentalitet, spiker, marginal shaxs, tolerant, yashash 
minimumi, ombudsman. M azkur terminlar yoki birikmadan so‘ng 
qavs ichida ularning o ‘z tildagi muqobilini berish yoki izohlash 
maqsadga muvofiq bo‘ladi, y a’ni: mentalitet (milliy urf-odat, 
milliy xususiyat), spiker (inglizcha, aynan - notiq), marginal shaxs 
(arosatda qolgan shaxs), yashash minimumi (iste’mol korzinkasi, 
tuzliq to‘rvaning qiymatlardagi bahosi), ombudsman (lavozimdor 
shaxs, uning zimmasiga hukumat, muassasa faoliyatini nazorat 
qilish yuklatiladi).
Ommaviy-siyosiy adabiyot, asosan, hayotiy narsa, voqea va 
hodisalarni yoritadi, ularga hissiy, axloqiy-siyosiy baho beradi.
Mafkuraviy va siyosiy terminlar matnga kiritilar ekan, ular o ‘z 
mantiqiy vazifasini bir qadar yo‘qotadi va ommaviy o ‘quvchi 
shuuriy, hissiylik asosida idrok etadi.
Ommaviy-siyosiy adabiyot oldiga qo‘yilgan maqsad -
tashviqiy-targ‘ibiy vazifasini bajarishga, nutqning mazmunan
46


chuqur, hissiy jihatdan k o ‘tarinkiligiga k o ‘ra erishadi. Shunday 
asarni 
tahrir 
qilishda 
muharrir 
terminlar 
qay 
darajada 
ommaviyligiga alohida e ’tibor berishi lozim.
Agar terminlar ommaviy o ‘quvchiga tanish, y a’ni kundalik 
hayotida 
gazeta 
materiallarida, 
teleko‘rsatuvlarda, 
radioeshittirishlarda uchrab tursa, m uharrir asosiy e ’tiborini yangi, 
hali ommalashib ulgurmagan terminlarga qaratishi kerak. Т а’bir 
joiz bo'lsa, matnni tahlil qilish yoki baholash mezonlaridan biri 
ham ana shudir. Agar “notanish” termin izohlansa, demak, 
o ‘quvchiga, avvalo, so‘zning atash m a’nosi, qolaversa, aytilmoqchi 
b o ‘lgan fikr ravshanlashadi. M a’lumki, ommaviy-siyosiy asarlarda 
ko‘plab tennin uchraydi, ular m a’no ifodasining aniqligini soha 
tenninlari izohli 
lug‘atidan yoki ensiklopedik lug‘atlardan 
tekshirish kerak.
Asar haqiqatda ommaviy-siyosiy turga xosligini aniqlashda 
matn bayoni ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Bayon ommabopligini ta’minlash uchun muallif, birinchidan, 
terminlar tushunarliligini, ikkinchidan, kitobda yoritilayotgan 
mavzu ilmiylik darajasi auditoriya saviyasiga mos bo‘lishligini 
ta’minlay olishi kerak.
4-§. Ilm iy-om m abop m a tn la rd a te rm in la r tahlili va ta h riri
Ilmiy-ommabop matn tahriri jarayonida terminlar muharrir 
uchun birmuncha qiyinchiliklar tug‘diradi. Terminlar sifatida, 
masalan, falsafada o ‘quvchi termin deb hisoblamagan, o ‘zi uchun 
go‘yo tushunarli b o ‘lgan so‘zlar qo‘llanadi (materiya, ong, miqdor, 
sifat, mohiyat, hodisa, davlat, qonun, hokimiyat. hukm, mulohaza, 
tahlil, predikat, subyekt, kategoriya, sillagizm, va h.) Tahrimi 
qiyinlashtiruvchi yana bir jihat bor. U ham b o ‘Isa, yuqoridagi 
terminlarning bir qismi G ‘arb falsafasiga, bir qismi Sharq 
falsafasiga taalluqli. M uharrir ularni qorishtirib yubormasligi 
kerak. M asalan, Sharq falsafasidagi terminlar: hukm, mulohaza, 
tahlil, ong. M uvofiq tarzda bular G ‘arb falsafasida quyidagicha: 
kategoriya, sujdenie, analiz, soznanie (yunoncha, ruscha va b.).
47


B a’zan ayni bir m a’noda q o ‘llanadigan har ikki falsafaga oid 
terminlar sinonim tarzidakeladi. Albatta, bu o ‘quvchini chalg‘itadi. 
Adabiy tahrir qoidasiga ko'ra, qaysi termin birinchi boMib 
qoilanilgan bo‘lsa, asar oxirigacha bir xillik saqlanishi kerak. 
M abodo, o ’quvchi uchun ikkisidan biri notanish b o ‘lsa, unda tanish 
terminni notanish termindan so‘ng qavs ichida, birinchi o ‘rinda 
qayd ctib o ‘tish kerak b o ‘ladi: kategoriya (hukm), analiz (tahlil). 
Qolgan barcha o ‘rinlarda kategoriya, analiz beriladi yoki aksincha.
Ayrim terminlar borki, garchi ularning o ‘z tilda muqobili 
b o isa-d a, lekin uni almashtirib b o ‘lmaydi. Masalan, predikat, 

Download 6.03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   107




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling