Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
-§. S o ‘zlik - ensiklopedik asar m avzuli reja
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
2-§. S o ‘zlik - ensiklopedik asar m avzuli reja
Universal ensiklopediyadagi har bir termin, atamaning asosiy vazifasi 0 ‘zbekistonning buyuk tarixini, kelajagini targ‘ib qilishdan iborat. Shunga ko'ra, so‘zlikni tuzishda mavzu (termin)ni tanlash, qaysi tushunchani, hodisani, tarixdagi shaxsni va h.ni berish kerak, qaysilarini so ‘zlikka kiritmaslik kerakligi masalasi ilmiy, g‘oyaviy va milliy mafkuraviy jihatdan puxta к о ‘rib chiqilishi talab etiladi. Bundan tashqari turli fanlar, ayrim maqolalar alohida tahlildan o ‘tkaziladi. So‘zlikning asosiy vazifalaridan biri o ‘quvchiga nashming boshidan to oxirigacha materialni qat’iy belgilangan tizimda berishdan iborat. So‘zlik tuzishda maqolalar lurli guruhlariarc., ayrim maqolalar matniy hajmi mutanosib taqsimlanishi, kompieks maqolalarni aniqlash, terminlami saralash, havolalar tizimini ishlab chiqish va boshqa masalalar hal etiladi. So‘zlikni keng doirada talqin qilish tabiiy, texnikaviy, ijtimoiy-gumanitar fanlardan 63 beriladigan terminlararo mutanosiblikni butun nashr miqyosida belgilash imkonini beradi, bundan tashqari har bir termin izohiga ajratiladigan belgi miqdorini oqilona bo'lishiga erishiladi. Bugungi kundagi ilm-fan, texnika, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar jadal rivojlanayotgan, axborot ayirboshlash sur’atini nihoyatda oshib borishi kuzatilayotgan bir davrda ham universal, ham sohaviy ensiklopediyalar so‘zligiga kiritilishi mumkin b o ‘lgan terminlar miqdori tobora ortib bormoqda. Lekin ular barchasini kiritish ham hajmiy, ham ilmiy-amaliy jihatdan m a'qul b o ‘lavermaydi. Shunga k o ‘ra, so‘zlik tuzish jarayonida ularni saralashga to ‘g‘ri keladi. Bunda qanday y o ‘I tutish kerak degan savol tug‘ilishi tabiiy. M a’lumki, noshirlik ishida izohli lug‘atlar salm og‘i ortib bormoqda. Bundan tashqari darslik va o ‘quv qoMlanmalar yangi avlodini yaratish bo‘yicha 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta ’lim vazirligi tomonidan qo‘yilgan talablardan biri tayanch so‘z (termin va birikma)lar ro‘yxatini hamda izohli lug‘at berish hisoblanadi. Shunga k o ‘ra, universal va soha ensiklopediyalarida o ‘ta tor ixtisosliklar, fan sohasiga oid terminlarni berish maqsadga muvoflq emas. Bunday terminlarni so‘zlikni tahlil qilish jarayonida tushirib qoldirish kerak. Bu bilan universal ensiklopediya, shuningdek, soha ensiklopediyasi birinchidan. ommaviylik kasb etadi, ikkinchidan, haqiqiy ensiklopedik terminlar to ‘liq qamrab olinishiga erishiladi. Hajm masalasi, xususan, terminlar uchun ajratiladigan belgi miqdori ortiqcha qisqartirishlarsiz hal etiladi. 0 ‘n to ‘rt va undan keyin o ‘n ikki jildli universal ensiklopediyalaming mavzuli so‘zligini tuzishda bir qator ilmiy tahririyatlar ishtirok etgan. Masalan, til va adabiyot ilmiy tahririyatida til, adabiyot, folklor va jurnalistikaga oid so‘zlik, fizika, matematika va texnika ilmiy tahririyatida fizika, matematika va texnikaga oid so‘zlik, xullas, boshqa fanlar b o ‘yicha ilmiy tahririyatlar o ‘zlari ixtisoslashgan fanlar doirasida mavzuli so'zlik tuzadilar. 64 Mavzuli so ‘zlikka kiritilgan terminlar (so'z, so‘z birikmalari) soha mutaxassislari muhokamasidan o ‘tkaziladi. Sohalar b o ‘yieha ilmiy tahririyatlar mavzuli so ‘zliklami tayyorlash bo‘yicha barcha ishlami tugatgach, ular umumiy alifboga solinadi, ya’ni umumiy so‘zlikga aylantiriladi. Soha ensiklopediyalari so‘zligini tuzish ensiklopediya qaysi sohaga oid b o ‘Isa, shu soha bo‘yicha ilmiy tahririyat tomonidan amalga oshiriladi. Soha ensiklopediyasi so‘zligidan universal ensiklopediya so ‘zligiga kiritilmagan tor sohaviy terminlar ham joy oladi. Tarmoq sohaviy so‘zligi quyidagi muhim term inlar guruhini o ‘z ichiga oladi: asosiy nazariy tushunchalar va muammolami aks ettiruvchi; muayyan fanga to‘liq yoki uning qismiga taalluqli terminlami belgilangan tasnifga muvofiq; tadqiqot usullarini aks ettiruvchi terminologiyani; yordamchi vositalar va usullar (uskuna, apparat va b.) ni ifodalovchi terminlami; muhim ta’lim muassasalari, ilmiy tadqiqot muassasalari, davriy va boshqa nashrlarni; biografik (shaxs haqidagi) maqolalarni. Tarmoq tahririyatlari o ‘z so ‘zligi qismlariaro tcnninlar va belgilar miqdorini taqsimlashda hodisalar, muayyan bilim sohasidagi rivojlanish, yangi tushunchalar, tadqiqot usullari ancha to ‘liq yoritilishini hisobga ola bilishi lozim. So‘zlikdagi liar bir termindan so‘ng quyidagicha m a’lumotlar beriladi: - maqolaning aniq nomi (“qora so‘z”); - qisqacha annotatsiya (faqat um um m a’lum terminlarga tushuntirish berilmaydi); - maqolaning hajmiy belgisi (maqola hajmini belgilashda maqolaga taalluqli bibliografiya belgilari miqdori ham maqola umumiy belgisiga qo‘shiladi). Bundan tashqari, so‘zlikda beriladigan tasvirlar, xarita va bibliografiya k o ‘rsatiladi. Ensiklopediyalar nashriyotida terminshunoslik jam g ‘armasini yaratish b o ‘yicha ham ishlar olib boriladi. Turli ensiklopediyalar so‘zligini tuzishda u boshlang‘ich manba vazifasini o ‘taydi. 65 Masalan, 0 ‘zbekiston ensiklopediyalar nashriyotida shunday jam g'arm a bo‘lgan. Terminlami to ‘plash, saralash va tartibga solish ishi bilan so ‘zlik tahririyati shug‘ullangan, fan-texnika va barcha sohalarga oid terminlar tegishli tahririyatlar tomonidan kartochkaga olinib, so‘zlik tahririyatiga topshirilgan. Sohaviy terminlar so‘zligini tuzishda muayyan soha terminlarini sohaga yondosh fan, texnika, san'at, siyosat, ilmiy sohalar bilan kelishib olish muhim ahamiyatga ega. Masalan, falsafa va tarix, tilshunoslik va etnografiya, matematika va mantiq, iqtisod va texnika, fizika va kimyo, biologiya va tibbiyot, ekologiya va tabiatshunoslik, ekologiya va botanika fanlariga oid terminlarning ko‘pgina guruhi bir-biri bilan jips bog'liq. Ayrim terminlar borki, ular fanning qaysi sohasiga oidligini aniqlash qiyin. Bunday terminlami umumiy terminlar sifatida qarab, uni qismma-qism izohlash uchun tegishli tahririyatlarga topshirish lozim. Universal yoki sohaviy ensiklopediyalar so‘zligiga kiritish mumkin b o ‘lgan, y a ’ni ensiklopediya terminlar ja m g ‘armasida uchramaydigan yangi term inlami aniqlash maqsadida sohalarga oid ilmiy-tadqiqot, ta’lim muassasalariga murojaat etish maqsadga muvofiqdir. Terminlar so‘zligi tahlil etilgandan, taklif va tavsiyalar o ‘rganib chiqilgandan so'ng tasdiqlanadi. Universal ensiklopediya terminologik so‘zligini tuzishda xususiydan umumiyga boriladi. Har bir tahririyat o ‘zi ixtisoslashgan soha(lar) bo‘yicha terminlarning alifboli so‘zligini tuzadi. Har bir termin alohida varaqchada qayd etilib, alifbo tartibida yashikchalargajoylanadi. So‘ng ular birlashtirilib umumiy alifboga solinadi, natijada, har bir tahririyat ixtisoslashgan soha(lar) ga oid (universal ensiklopediya qismi b o ‘yicha) umumiy kartoteka - alifbolangan so ‘zlik yuzaga keladi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling