Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik
7-BO B. E N SIK L O P E D IK A SA R D A G I T E R M IN L A R
Download 6.03 Mb. Pdf ko'rish
|
Z. Toxirov - Adabiy tur, termin, tahrir va muharrirlik mahorati
60
7-BO B. E N SIK L O P E D IK A SA R D A G I T E R M IN L A R U STID A ISH LA SH I-§ . E n siklopediya-bilim lar m ajm uasi. Ensiklopediya yunoncha so ‘z boMib, o ‘zbek tilida “barcha bilimlami o ‘rgatuvchi” m a’no ifodasini beradi. Ensiklopediya ilmiy yoki ilmiy-ommabop m a’lumotnoma hisoblanadi. L'ning quyidagi turlari mavjud: - barcha fan sohasi b o ‘yicha m a’lumotlami o ‘zida jam lagan (universal); - ayrim fan sohasi b o ‘yicha (sohaviv). - amaliy faoliyat bo‘yicha. Ensiklopediya tabiat va jam iyat haqidagi barcha tushunchalarni o ‘zida mujassam etadi. Ensiklopediyalar o ‘zida faqat muayyan davr ilmiy va madaniy darajasinigina emas, balki mafkurani ham o ‘zida aks ettiradi. Shunga k o ‘ra, ensiklopediyalar muayyan millatning, uning milliy madaniyatining qay darajada rivojlanganligini ko‘rsatuvchi mezon bo‘lib xizmat qiladi. Ensiklopedik nashrlar millat ilmiy- madaniy hayotida g ‘oyat ulkan ahamiyatga ega. Ensiklopedik asami tom m a'noda bilimlar xazinasi deyish mumkin. Agar biror termin yoki fikr xususida bir qator manbalarda turlicha qarash uchrasa va qay biri chin ekanligini aniqlashga to‘g ‘ri kelsa, albatta, tegishli ensiklopediyaga murojaat etiladi. Ensiklopediyada qayd etilgan termin yoki fikr to cg ‘ri deb qabul qilinadi. Jahon ensiklopediyalar nashri tajribasidan m a’lumki, bunday asarlar m a’lumot olishning eng ishonchli manbasi hisoblanadi. Kerakli terminni yoki biror shaxs, narsa, hodisa haqidagi m a’lumotni oson topilishi uchun ensiklopediyalar tuzilishiga ko‘ra farqlangan. Ba’zi ensiklopediyalarda materiallar (terminlar)ni berish alifbo tartibida (material, terminlar alifbo asosida joylashtirilgan), muayyan tizimga ega bo* ladi. 6 i Hajmiga k o ‘ra, ensiklopediyalar shartli ravishda, katta (bir necha o ‘n jildli), kichik (10-12 jildli), qisqa (4-6 jildli ) va 1-3- jildli, bular ensiklopedik lug‘atlar deb atalgan. Har bir ensiklopediya uchun maxsus mavzuli reja tuziladi. M aqolalar umumiy hajmi turli fanlar ham da maqola turlariaro taqsimlanadi. Mavzuli rejadan tashqari so‘zlik (maqola b ag ‘ishlangan terminlar ro ‘yxati) ham tuziladi. Ensiklopediyadagi maqolalar quyidagi turlarga ajratiladi: muayyan mavzu yoritilgan maqola; m aiu m o t beruvchi maqola; izohlovchi maqola (faqat definitsiyadan iborat b o ia d i, agar termin boshqa tildan o ‘zlashtirilgan b o is a , etimologiyasi berilgan b o iad i); havola maqola (boshqa terminga havola qilinadi). Birinchi va ikkinchi tur maqolalar bir-biridan hajmiga k o ‘ra farqlanadi. Bular sof ensiklopedik b o iib , masalaning mohiyati haqida asosiy m aium otni yetkazadi. Ularda ilmiy nazariyalar, tarixiy hodisalar, geografik, biografik, statistik va boshqa m aiu m o tlar bayon etiladi. Ancha chuqur va to iiq m a iu m o t k o ‘rsatilgan adabiyotlardan olinadi. Adabiyotlar maqola ichida, oxirida, shuningdek, jild oxirida bcrilishi mumkin. Ensiklopediyalar, ayniqsa, universal ensiklopediyalar mavzular bo‘yicha eng xilma-xil m aium otnom a turi hisoblanadi. Ensiklopedik nashrlami tayyorlash, maqolalarini mualliflarga buyurtma qilishdan a w a l keng hajmli ilmiy-metodik tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi. Universal ensiklopediya (boshqa tur ensiklopediyalar ham) o ‘z tavsifiga k o ‘ra, ilmiy nashr hisoblanadi. Shuning uchun e io n etiladigan materiallarga yuqori saviyada ilmiy yondashish kerak. Buning uchun ilmiy mezonlar ishlab chiqiladi. Ilmiy mezonlar esa mualliflar uchun ham muharrirlar uchun ham q o ilan m a vazifasini o ia y d i. M azkur qoilanm ada ensiklopedik maqolalar, beriladigan terminlarga qo‘yiladigan asosiy talablar o ‘z ifodasini topadi. Bular barchasi maqolalar, terminlar berilishiga yagona tarzda yondashuvni ta ’minlaydi. Tem iinlaming belgilanishi (defmitsiya), ular m a’no ifodasini ochib berishdagi tarixiylik tamoyili, mavzuga ko‘ra turkum maqolalararo bogiiqlikni ta ’minlash, maqolalarni tahrir qilish va 62 tartibga solish va yana boshqa ko‘pgina tayyorgarlik ishlari amalga oshirilishi lozim bo'ladi. Universal ensiklopediya so ‘zligini tayyorlash nashrga tayyorgarlikning eng muhim bosqichi hisoblanadi. So'zlik, aytish mumkinki, ensiklopediyaga kiritiladigan barcha maqolalar (terminlar, so‘zlar> ro ‘yxati hisoblanadi. So‘zlikda har bir maqolaning hajmi ko'rsatiladi, shuningdek, maqolalar haqida qisqacha m a’lumot (annotatsiya) berilishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Annotatsiya nashrning y o ‘nalishini ko‘rsatishdan tashqari uning hajmiy tuzilishi va sohasini ham belgilash imkonini beradi. Ensiklopediya ilmiy bilimlar to ‘plamigina emas, balki terminshunoslik hamdir. Zero, unda fanning barcha sohalariga oid terminlami uchratish mumkin. Ensiklopediya kuchli g ‘oyaviy qurol hamdir. Undagi maqolalar (tenninlar, so ‘zlar izohi) faqat ilmiy m a’lumotlar beribgina qolmaydi, balki milliy ruh, milliy g ‘urur, nihoyat miliiy matkurani ham ifoda etadi. Download 6.03 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling