Adabiyod tanqid va adabiyodshinoslik


Adabiyotshunoslikka kirish adabiyot nazariyasidan soddaroqdir


Download 114.25 Kb.
bet4/10
Sana16.06.2023
Hajmi114.25 Kb.
#1519123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ADABIYOD TANQID VA ADABIYODSHINOSLIK

Adabiyotshunoslikka kirish adabiyot nazariyasidan soddaroqdir.
O'zbek tilida «adabiyot» atamasi XX asr boshlarida paydo bo'ldi. Oldinlari badiiy adabiyotni anglatadigan yagona atama bo'lmagan. Uning o'rniga «nazm, so'z, sanoi nafisa, abyot, nasr, she’r, musannifot» kabi so'zlar ishlatilgan. Jumladan, Alisher Navoiy ham adabiyotga nisbatan «so'z» degan. SHunday qilib, she’riy va nasriy badiiy so'zni birlashtirib «adabiyot» deb atash odat tusiga kirmagan edi.
Birinchi marotaba Abdulla Avloniy 1909 yilda «Adabiyot. Milliy she’rlardan birinchi juz’» nomli kitob bostirib chiqardi. SHu kitobdagina «adabiyot» so'zi hozirgi ma’noda ishlatiladi. SHundan keyin «Qizil bayroq» gazetasining 1922 yil 14 va 16 mart sonlarida A.Sa’diyning « O'zbek adabiyoti to'g'risida o'qiladigan dokladning asoslari» nomli maqolasi bosiladi. 1926 yilda S.Ayniyning «Namunai adabiyoti tojik», Fitratning «O'zbek adabiyoti namunalari» (1926) darslik- majmualari, shu yili «Adabiy parchalar» nomli to'plam nashr etiladi. Mana shular a d a b i yo t atamasining qaror topganligini ko'rsatdi. Lekin bu ham osonlikcha bo'lgan emas. O'zbek tiliga kirib qolgan barcha arabcha-forscha so'zlarni chiqarib, ularning o'rniga yasama so'zlarni qo'yish talabi bilan chiqqan puristlar bu atamaning qaror topishiga qarshilik qilganlar. Elbek «adabiyot» so'zini «yozg'ichlar» so'zi bilan almashtirmoqchi bo'ladi. A.Qodiriy, Oltoy, Botu, Oybek va boshqalarning asarlaridan tuzilgan to'plamni Elbek «Go'zal yozg'ichlar» deb nomlagan.
Adabiyotshunoslik fanini anglatadigan atama o'rniga «ilmi qofiya, ilmi bayon, ilmi aruz, ilmi maoniy» atamalari va shularni o' z ichiga olgan «ilmi adab» atamalari ishlatilgan.
Adabiyot so'zi arabcha bo'lib, odob so'zidan olingan.»A d a b i yo t» atamasi keng ma’noda umuman yozma adabiyot, yozilgan narsalar, bosilgan kitoblarni anglatadi. Tor ma’noda esa badiiy so'zni, san’at turlaridan biri, so'z san’ati bo'lgan badiiy adabiyotni anglatadi.
Aslida XIX asrlargacha hozirgi ma’noda adabiyot bo'lmagan. Oldingi alabiyot namunalari ko'pincha ijro, deklamatsiya uchun va musiqaga mo'ljallab yozilgan bo'lib, ijro san’atiga mansub edi. Gegelp uchun ham adabiy asarlarning ijro uchun yozilishi tabiiy bo'lgan. XIX asrga kelibgina ijro etishga ehtiyoj bo'lmagan, ya’ni o'qish uchun adabiyot yaratildi. Badiiy asarlarni «poeziya» atamasi bilan yuritish sababi esa, oldinlari nasrning san’at hisoblanmaganligidir. CHunki oldinlari badiiy adabiyot to'la ma’noda badiiy so'zni qayta ishlash san’ati hisoblanardi.
Qadimgi adabiyotda so'z san’ati unsurlari mifologiya, din, fan kurtaklari bilan aralash, uyg'un edi, unda turli amaliy maslahat va ahloqiy o'gitlar berilardi. «Adabiyot» atamasining «odob» ma’nosi ham shundandir. Biroq qadimgi adabiyotning sinkretik (aralash) xarakteri uning estetik qimmatini yo'qqa chiqarmaydi. O'rta asrlarda adabiyot normativlik, badiiy vositalarning turg'unligi bilan ajralib turardi. U davr adabiyotida san’atkor Shaxsi hali juda kuchsiz namoyon bo'lardi. Bu narsa u davr san’atidagi monumentallik (asoslilik, chuqur mazmunlilik)ni keltirib chiqaradi, lirikani esa falsafiy va aforistik qiladi.
Hozirgi ma’nodagi adabiyotning paydo bo'lishiga texnika taraqqiyoti va kitob bosishning kelib chiqishi sabab bo'ldi. Natijada so'z san’ati bo'lgan adabiyot mustaqil san’atga aylandi. SHuning oqibatida nazmning o'ziga xos alohida qonunlari emirilib, so'z san’ati xalq tiliga yaqinlashdi. Shundan keyingina adabiyot to'g'risidagi fan ham, nazariy tushunchalar ham o'zgardi. Oldia.ngi nazariyachilar adabiyotga so'z san’ati sifatida qarab, uning Shakliy tomonlari (nutq, kompozitsiya, uslub va janr kabi) ga asosiy e’tiborni berganlar. Yangi adabiyotning paydo bo'lishi bilan badiiy adabiyotning mazmuniga e’tibor kuchaydi, mavzu, g'oya, xarakter, metod kabilarga katta e’tibor beriladigan bo'ldi.
Adabiyotshunoslik fani tilshunoslik, tarix, estetika, psixologiya va boshqa fanlar bilan aloqada bo'ladi. Masalan, adabiyotshunoslik so'z bilan ifodalanadi, so'zni esa tilshunoslik o'rganadi. SHuningdek, tuyuq janri haqida gapirilsa, u omonimik qofiyada bo'ladi. Omonim so'zlar qoidasini esa tilshunoslikdan topishimiz mumkin.
Adabiyotshunoslik tarix fani bilan ham bog'liq. Adabiyotshunoslik adabiy jarayonga, uning asarlariga baho beradi. SHunda tarix bilan bog'liq holda tahlil qiladi.
Estetika bu barcha san’atlarning nazariyasidir. Bu rassomlik, haykaltaroshlik va kino san’atidir. Adabiyot ilmi o'z qoidalarini yaratishda estetikaga suyanadi. Bu unga obraz yaratishda kerak bo'ladi.
Adabiyotshunoslik tibbiyot bilan ham aloqada bo'ladi. Masalan, adabiy asarlarda, jumladan, A.Qahhorning «DahShat» hikoyasida Unsinning o'limi, «Ming bir jon»da Masturaning kasalliklari. Bunday hollarda yozuvchi, albatta, kasallikni tasvirlash uchun avvalo, kasallik sirlarini o'rganadi.
Psixologiya fani esa odamlarning xarakterini bilish, ularning ruhiy holatlarini tasvirlash uchun zarur.
Adabiyotshunoslikning quyidagi tarkibiy qismlari mavjud:


  1. Download 114.25 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling