«Adabiyot» -sinflar uchun «A» «B» Mavzu: adabiyot so‘z san’ati


b) Frontal (guruh bilan ishlash) III. Yangi mavzu


Download 0.79 Mb.
bet149/260
Sana08.01.2022
Hajmi0.79 Mb.
#251728
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   260
Bog'liq
Adabiyot-5

b) Frontal (guruh bilan ishlash)

III. Yangi mavzu: ALLA

Qabriston g‘ishtin devor bilan o‘ralgan. Darvozaning narigi tomonida - go‘rkovning hujrasi. Berigi tomonida - tashqarida uning hovlisi.

Darvozaga yaqin kelishim bilan ichkaridan - hujra tomondan tilovat sadosi eshitildi. Xuddi shu payt hovli tomondan Alla ovozi yangrab ketdi:

Alla-yo, Alla, jonim bolam-a, Alla...

Kim bo‘ldi bu? Go‘rkovning kelinimi? Qizimi?.. U hamon sokin tovushda davom etardi:

Uxla, qo‘zim, alla-yo, shirin qizim, Alla...

Ertalab yomg‘ir yog‘gan edi. Darvozaning temir panjaralarida suv tomchilari yaltiraydi. Ko‘lmakda quyosh jilolanadi. Muzdek tutqichdan ushlagancha turib qoldim. Bir tomonda tilovat sadosi, bir tomonda alla. Ajab, ular bir-biriga xalaqit bermas, bir-birini rad etmas, ikkalasi qo‘shilib bahor nafasiga to‘lgan osmonda qabriston yelkasidagi kuchala chiqargan teraklar ustida parvoz qilar edi:

«Rabbano-o, rabbano-o-o...» «Alla-yo, alla»...

Bir xil bo‘lib ketdim. Panjarador darvozaga suyanib uzoq turib qoldim.

Onam beshigim ustida alla aytganini eslay olmayman. Esimni taniganimda beshikda yotmaydigan bo‘lgan edim. Biroq oyim ukamga alla aytganini eshitganman. Ko‘p eshitganman.

Qish kechalari sandalga suqilib tizilishib yotardik. Uy nim qorong‘i. Piligi pastlatib qo‘yilgan chiroq xira nur sochadi. Shiftda lampa shisha uchidan chiqqan nur doirasi ko‘rinadi. Chiroq doim bir joyda turgani uchun shiftning o‘sha yeri sarg‘ayib qolgan. Hamma yoq jimjit. Shu qadar jimki, dadamning hujrasidagi soatning chiqillayotgani ham eshitiladi. Tashqarida bo‘ron guvillaydi. Quruq qorning derazaga chirsillab urilishi eshitilib turadi. Ukamning beshigi g‘ichirlaydi. Onam alla aytadi.

Alla, bolam, uxlay qola-a, alla, Quchog‘imda orom ol, alla...

Yo‘q, bu qo‘shiq emas. Oyimning ovozida qandaydir boshqa narsa bor. Mungmi, iltijomi...

Tog‘lardagi shunqorim-ey, alla, Beshikdagi qo‘chqorim-ey, alla...

Ukam ovunib qoladi. Oyimning o‘zi ham beshikni quchoqlagancha mudrab ketadi. Bir mahal beshik ustidagi qo‘li shilq etib yoniga tushdi. Ukam uyg‘onadi, beshik yana g‘ichirlaydi. Oyim ham cho‘chib ko‘zini ochadi. Beshikni ohista tebratadi:

Yigitlarning sardori bo‘l, jonim-a, Yuragimning madori bo‘l, alla...

Yana jimlik cho‘kadi. Soat chiqillaydi, qor derazaga chirsillab uriladi. Sekin-sekin ko‘zim uyquga ketarkan, qulog‘im ostida yana o‘sha ma’yus sado eshitiladi.

Oq uy — ola bargaklarda jonim-a, Yonib turgan chirog‘imsan, alla...

Keyin... katta bo‘lganimda ham qayerda Alla eshitsam, negadir yuragim shirin orziqish bilan talpinib ketar, nega bunaqa bo‘layotganini o‘zim bilmas edim. Bir yili uch-to‘rt qalamkashlar olis tog‘ qishlog‘iga bordik. Mashina yurmas edi. Ot minib o‘rganmaganim uchun charchab qoldim. Manzilga yetmasimizdan qorong‘i tushdi. Yaylovdagi qirg‘iz o‘tovida tunab qolishga to‘g‘ri keldi. Qimiz ichdik, sovuq suzma yedik. Keyin birimiz namatga, birimiz po‘stakka yonboshlagancha uxlab qolibmiz. Bir mahal sovuq qotib uyg‘onib ketdim. Atrof jimjit. Faqat olisda it akillaydi. O‘tov keragasidan shom yegan oy mo‘ralaydi. Shu payt qo‘shni o‘tovda chaqaloq yig‘isi, ketidan ayol kishining alla aytayotgani eshitildi. Men uning so‘zlarini aniq bilmasam ham alla aytayotganini his qilib turardim. Negadir yuragim shirin orziqib ketdi.


Download 0.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling