«Adabiyot» 5-sinflar uchun 20 yil Mavzu: adabiyot so‘z san’ati
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b)
Download 1.83 Mb.
|
5 sinf adabiyot fanidan dars ishlanma
a) individual - tarqatma materiallar, kartochka. b) Frontal (guruh bilan ishlash) Yangi mavzu: «Sayohatnoma» adabiy janr sifatida barcha xalqlar adabiyotida mavjud. O‘zida sayohat xotiralari va ular bilan bog‘liq tafsilotlarni aks ettirgan nasriy va she’riy asarni sayohatnoma deb ataymiz. «Sayohatnoma» janri sharq adabiyotida, jumladan, o‘zbek mumtoz adabiyotida o‘ziga xos shakllanish va rivojlanish tarixiga ega. Ushbu janrning dastlabki namunalarini ulug‘ mutafakkir shoirlarimiz Alisher Navoiy va Mirzo Bobur ijodida uchratamiz. XVIII asrning oxiri — XIX asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan shoir Maxmurning ham sayohatnoma yozganligi ma’lum. O‘zbek adabiyotida alohida poetik shaklda tartib topgan, keyinchalik adabiy an’ana tusiga kirgan bu janrning asoschisi Muhammad Aminxo‘ja o‘g‘li Muqimiydir. Darhaqiqat, Muqimiy «Sayohatnoma»lari maydonga kelib, xalq orasida mashhur bo‘lganidan keyin, xuddi shu uslubda Zavqiy, Furqat, Tajalliy va shoirga zamondosh boshqa ijodkorlarning «Sayohatnoma»lari yaratildi. E’tibor beradigan bo‘lsak, bu davrdagi «Sayohatnoma»lar ko‘pincha she’riy shaklda yaratilgan. Ularning ichki tuzilishi quyidagicha: 1. Kirish, ya’ni sayohatga chiqish ehtiyoji, sabablari aytiladi. 2. Yo‘l xotiralari batafsil bayon etiladi. 3. Sayohatlardan muayyan xulosalar chiqariladi. Hozirgi davrimizda zamonaviy «Sayohatnoma»lar ham yaratilyapti. Ular ko‘proq adib, shoirlarimiz, jurnalistlarimizning turli mamlakatlarga, shuningdek, yurtimizdagi shahar va qishloqlarga qilgan safarlari asosida bitilyapti. Shu o‘rinda Oybek, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, O‘tkir Hoshimov va boshqa adiblarimizning yo‘l xotiralari adabiyotimizda sayohatnoma janrining boyishiga xizmat qilmoqda. QO‘QONDAN SHOHIMARDONGA Faryodkim, garduni dun Aylar yurak-bag‘rimni xun, Ko‘rdiki, bir ahli funun, Charx anga kajraftor ekan Qolmay shaharda toqatim, Qishloq chiqardim odatim. Xohi yayov, bo‘lsun otim, Goh sayr ham darkor ekan.
Yo‘ldosh edi bir chitfurush, Yetdim jadallab vaqti tush, Bir dam qiziq bozor ekan. Bir ma’raka ko‘rdim butun, Jami yopingan boshga to‘n, Boqsamki, besh yuzcha xotun Voiz so‘zin tinglor ekan. Mingboshilik kimning ishi, Desam, dedi bedonishi, Bir «qo‘shtegirmonlik» kishi, Xo‘ja Iso badkor ekan. Mag‘rur, xasis-u besh-u kam, Har gapda yuz ichgay qasam, Takjoy olur moxovdan ham, Hoji o‘zi murdor ekan. Yangi mavzuni mustahkamlash: Og’zaki savol-javob. Uyga vazifa. Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. O’quv-tarbiya bo’yicha direktor o’rinbosari: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil 9-NAZORAT ISHI TEST SINOVI Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Darsning borishi (reja): 1.Tashkiliy qism: a)Salomlashish, b)tozalikni aniqlash, d)davomatni aniqlash c) darsga tayyorgarlik ko`rish va dars rejasi TESTLARDAN NAMUNALAR 1.“Ey sorbon, ohista yur, oromijon kelmoqdadur” Ushbu mashhur misra bilan boshlanuvchi g’azal mualifi kim? A) Sa’diy B) Navoiy C) Bobur D) Muqimiy 2.Adabiyotimizda hajviyotni yangi bosqichga ko’targan va satira maktabini yaratgan ijodkor nomini belgilang. A) Navoiy B) Bobur C) Muqimiy D) A.Qodiriy 3. "Hayrat ul-abror" dostonininig 10 - maqolati qanday mavzuga bag'ishlangan? A) adolat B) to'g'rilik C) saxovat D) iymon 4."Sher bilan Durroj" hikoyati "Hayrat ul-abror" dostonininig nechanchi maqolatida keltirilgan? A) uchinchi B) o'ninchi C) beshinchi D) o’n ikkinchi 5. Durroj qanday qush? A) qirg’ovul B) sa’va C) boyo’g’li D) qirg’iy 6. "Hayrat ul-abror" dostonininig hajmi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? A) 60 bob, 21 maqolat B) 63 bob, 20 maqolat C) 60 bob, 23 maqolat D) 61 bob, 20 maqolat 7.“Bobur” so’zi arab tilida qanday ma’noni anglatadi?A) she’r B) sher C) ayriliq D) shoh 8.Adabiyotimizda she’riy usulda yozilgan ajoyib sayohatnomalar kimning ijodi tufayli maydonga kelgan? A) Navoiy B) Bobur C) Muqimiy D) A.Qodiriy 9.Beqaydmen-u xarobi siym ermasmen, Ham mol yig’ishtirur laim ermasmen. Kobulda iqomat etti Bobur, dersiz, Andoq demangizlarkim, muqim ermasmen. Bobur qalamiga mansub ushbu ruboiyda ajratib ko’rsatilgan so’zlar qanday ma’no anglatadi? A) tutqun; kishan; la’natlangan B) erkin; kishan; pastkash C) kishansiz; oltin-kumush; gado D) qat’iyatsiz; tilla; pastkash 10.“Hind” so’zi Hindistonni anglatishdan tashqari yana qanday ichki ma’noga ega? A) “gado” B) “nuqta” C) “qora” D) “azob” 11. Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur Ruboiyniing qofiyalanish tizimini ko’rsating. A) a-a-a-a B) a-b-a-b C) a-b-a-a D) a-a-b-a 12.Har kimki vafo qilsa, vafo topqusidur, Har kimki jafo qilsa, jafo topqusidur. Yaxshi kishi ko’rmagay yomonlik hargiz, Har kimki yomon bo’lsa, jazo topqusidur. Ruboiydagi radif so’zni ko’rsating. A) har kimki B) topqusidur C) vafo D) qilsa 13.Musofirlikning, hatto asirlikning ham azoblarini totib ko’rgan shoir… A) Sa’diy B) Bobur C) Lutfiy D) Rumiy 14.Fors-tojik adabiyotida ruboiy janrida shuhrat qozongan shoirlarni aniqlang. A) Umar Xayyom, Bedil B) Lutfiy, Rumiy C) Rudakiy, Jomiy D) Navoiy, Bobur 15.O’zbek she’riyatida ruboiylari bilan mashhur shoirlar nomi qaysi bandda ko’rsatilgan? A) Umar Xayyom, Bedil B) Lutfiy, Rumiy C) Rudakiy, Jomiy D) Navoiy, Bobur 16.Misra oxiridagi ohangdosh so’z qanday ataladi? A) qofiya B) radif C) turoq D) raviy 17. 1907-yilda nashr etilgan Muqimiyning ilk devoni qanday nomlangan edi? A) “Muqimiy bayozi” B) “Devoni Muqimiy” C) “Muqimiy maa hajviyot” D) “Lirika i satira” 18. 1910-yilda Muqimiyning Portsev litografiyasida nashr etilgan hajviy she’rlar to’plamiga qanday nom qo’yilgan edi? A) “Muqimiy bayozi” B) “Devoni Muqimiy C) “Muqimiy maa hajviyot” D) “Lirika i satira” 19.Muqimiy ijodini jiddiy va samarali o’rganish qachondan boshlandi va bu xayrli ishning boshida kim turgan edi? A) 1940-yillarda; Oybek B) 1930-yilarda; G’.G’ulom C) 1940-yillarda; H.Olimjon D) 1930-yillarda; H.Olimjon 20. 1938-yilda nashr etilgan Muqimiy she’rlari to’plamining nomi va tuzuvchisi qaysi bandda to’g’ri ko’rsatilgan? A) “Muqimiy bayozi”; G’.G’ulom B) “Devoni Muqimiy”; H.Olimjon C) “Muqimiy maa hajviyot”; Oybek D) “Lirika i satira”; Oybek 21.Nechanchi yil Muqimiy ijodini o’rganish tarixida yangi davr bo’ldi, deyish mumkin? A) 1930-yil B) 1940-yi C) 1953-yil D) 1957-yil 22.Muqimiydan bizgacha yetib kelgan merosning umumiy hajmi, taxminan, necha misrani tashkil etadi? A) o’n ming misra B) yigirma besh ming C) yuz ming misra D) o’n ikki ming misra 23.Muqimiy “Sayohatnoma”sidan o’rin olgan sayohatlarning yo’nalishi qaysi bandda to’g’ri keltirilgan? A) Qo’qondan So’xga; Qo’qondan Quvaga; Qo’qondan Isfaraga B) Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Oltiariqqa; Qo’qondan Farg’onaga C) Qo’qondan Shohimardonga; Qo’qondan Farg’onaga; Qo’qondan Isfaraga D) Qo’qondan Isfaraga; Qo’qondan Bag’dodga; Qo’qondan Shohimardonga 24.Muqimiy “Sayohatnoma”si qanday she’riy shaklda yaratilgan? A) ikkilik B) to’rtlik C) oltilik D) beshlik 25.“Sayohatnoma” janri haqida keltirilgan mulohazalardan qaysi biri noto’g’ri? A) Bu adabiy janr barcha xalqlar adabiyotida mavjud. B) Bunday asarlar she’riy yoki nasriy usulda bitilishi mumkin. C) Unda sayohat xotiralari va uning tafsilotlari aks etadi. D) Barcha mulohazalar to’g’ri. Uyga vazifa She’r yodlash Dars yakuni. Baholarni tahlil qilish. Ilmiy bo’lim mudiri: ________________ «Adabiyot» 5-sinflar uchun «________»___________________20___ yil Mavzu: Sa’diy SHEROZIY (1189— 1292) Darsning texnologik haritasi
Darsning texnik chizmasi:
Download 1.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling