Adabiyot 9-sinf
BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA
Download 124.03 Kb.
|
9-sinf savol-javob
- Bu sahifa navigatsiya:
- MUSTAQILLIK DAVRI 0‘ZBEK ADABIYOTI
BADIIY ASAR PAFOSI HAQIDA
1. Pafos so‘zi qaysi tildan olingan? J: Yunon tilidan 2. «Pafos» so‘zi qanday ma’noni bildiradi? J: «Ehtiros, hissiyot, iztirob» ma’nolarini 3. Pafos adabiy atama sifatida nimani anglatadi? J: Asarga singib ketgan, undagi badiiy tasvirning yo‘nalishini belgilab beradigan jo‘shqin tuyg‘u va ko‘ tarinki ruhni anglatadi 4. Pafosdagi tuyg‘u va ruh qanday xarakterda bo’ladi? J: Ijobiy xarakterda bolib, xayrixohlikni; salbiy ta biatga ega bo‘lib, inkorni bildirishi ham mumkin 5. Pafos o’quvchini xolis kuzatuvchi emas, qanday bo lishga undaydi? J: Astoydil tarafdor bo‘lishga undaydi 6. Pafos badiiy asarning nimasini ham belgilab bera di? J: Asarning ifoda tarzinigina emas, balki uning ma’nomohiyatini ham 7. «Asrga tatigulik kun» romanida kimning o’ylari, so’zlari, qilgan ishlari kuchli pafos bilan tasvirlangan? J: Edigeyning 8. «Asrga tatigulik kun» romanida kimning xat tiharakatlari, gaplari, tutumi adib tomonidan jo’shqinlik bi lan inkor etilgan? J: Sobitjonning 9. «Asrga tatigulik kun» romanida asar pafosi qaysi timsol tasvirida yaqqol bo‘y ko’rsatgan? J: Nayman ona timsoli tasvirida 10. Qanday asarlarda adib o’zi ilgari surgan nuqtayi nazari va qarashlarini berkitmaydi, aksincha, kuchli haya jon va jo’shqin ehtiros bilan yoqlaydi? J: Pafos bilan yozilgari asarlarda MUSTAQILLIK DAVRI 0‘ZBEK ADABIYOTI 1. Istiqlol adabiyoti estetik hodisa sifatida qachon yuza ga keldi? J: XX asrning 90yillarida 2. Istiqlol adabiyotining o‘ziga xos xususiyatlarini toping. J: Birinchidan, bu davr adabiyoti hukmron mafkura tazyiqidan qutulgan, olam va odam ruhiyatiga mansub hodisalarga xilmaxil qarashlarning mahsuli bo‘lgan adabiyotdir. Ikkinchidan, ijod erkinligiga obyektiv sharoit yaratildi va adabiyot ko‘ngil ishiga aylandi. Uchinchidan, Istiqlol adabiyotida odamga ishchi kuchi, ishlab chiqaruvchi mehnatkash sifatida yondashish barham topdi. Ijodkorlar shaxslarning ruhiyati, hissiyo ti, ko‘nglini tasvirlashga e’tibor qaratdi. To‘rtinchidan, bu davr adabiyoti ommani ko‘rsatishga emas, shaxsni tadqiq etishga yo‘naltirildi. Beshinchidan, istiqlol ada biyoti chinakam xilmaxil adabiyotga aylandi. 3. Istiqlol sheYiyati qanday jihati bilan xarakterlanadi? J: Shakliy izlanishlarga boyligi, Sharq nazmidan ham, G‘arb nazmidan ham samarali o‘rganishga inti lish kuchayganligi bilan 4. «Adashgan ruh», «Qora devor», «Munojot», «Sen siz» she’rlari muallifi? J: Rauf Parfi 5. «Turkiylar», «lqror» she’rlari muallifi? J: Shavkat Rahmon 6. «lstig‘for», «Oq va qora» she’rlari muallifi? J: Azim Suyun 7. «lzohsiz lug‘at» she’ri muallifi? J: A.Qutbiddin 8. «Tush», «Yo‘l» she’rlari muallifi? J: A.Said 9. «Ayolg‘u», «Bo‘g‘zimdan sirqirar tovushqon», «Oyloq kecha» she’rlari muallifi? J: Faxriyor 10. «Yerga botgan osmonlarni kuzatdim, Chopilgan oyog‘im bilan chopdim men. Kesilgan qo‘limni sizga uzat dim, Bu dunyo gullarga toldi. Qotdim men» satrlarining mu allifi? J: Rauf Parfi 11. «Shaftolirang olam nayza ichinda, Dunyolarni yolg‘on, men o’ldim chindan» satrlarining muallifi? J: Rauf Parfi 12. «Qobirg‘alar qabarar suyaklarim qadoqdir qa boqlarim o‘q tugab bo’shab qolgan sadoqdir kuyibkuyib kul bolgan nafratlarim adoqdir chuchmomolar ko‘k kiygan namozshomgul gul gulim hey tulugim hey tulum» satrlarining muallifi? J: Faxriyor 13. «Oy bolta» deb milliy adabiyotimizda ikkigina so‘zdan iborat she’r yozgan shoir? J: Faxriyor 14. «Go‘rlar qisir tug‘ishdan qolgan», degan bir mis radan iborat she’r yozgan muallif kim? J: Faxriyor 15. «...bitta so‘z qoldirgim keladi ruh yerto‘lasidan o‘g‘irlangan so‘z osmon hidi keladigan so‘z dunyoning o‘zi qadar anglab bo’lmas sir qadar» satrlarining muallifi? J: Bahrom Ro‘zimuhammad 16. «Ko‘zdan ichkarida yo‘l yo‘q so‘zdan ichkarida yo‘l yo‘q ammo xo‘roz qichqirig‘i ortiga shafaqrang qishlog‘im berkinib olgan» satrlarining muallifini toping. J: Bahrom Ro‘zimuhammad 17. «Men qanday yashashim lozim qanday bo‘lsam sizga yoqaman qaysi usulda yozsam sheYlarimni o‘qiysiz aruzdami barmoqdami sarbastdami yo» satrlarining mualli fi? J: Bahrom Ro‘zimuhammad 18. Istiqlol nasrining yetakchi xususiyatlari qaysi? J: Ijodiy tajribalar qilish, kutilmagan tasvir yo‘sinla rini qo‘llash, badiiy ifodaning tutilmagan, yangi tamo yillaridan foydalanish 19. Omon Muxtorning yangicha ifoda usulida yaratilgan romanlarini toping. J: «Ming bir qiyofa», «Ko‘zgu oldida gi odam», «Tepalikdagi xaroba», «Ayollar saltanati va mamlakati», «Ffu», «Maydon» 20. Nazar Eshonqulning jahon prozasining eng ilg‘or tajribalari asosida yozilgan asarlarini toping. J: «Qora kitob» qissasi, «Shamolni tutib bo‘lmay di», «Tobut shahar», «Quyun» hikoyalari 21. «Bozor» romanining muallifini toping. J: Xurshid Do‘stmuhammad 22. «Oromkursi» qissasining muallifini toping. J: Xurshid Do‘stmuhammad 23. «Jajman» hikoyasining muallifini toping. J: Xurshid Do‘stmuhammad 24. «Qorachiqdagi uy» hikoyasining muallifini toping. J: Xurshid Do‘stmuhammad 25. Bayna momo obrazi qaysi hikoyada berilgan? J: Nazar Eshonqulning «Shamolni tutib bo‘lmaydi» hikoyasida 26. «Sho‘rodan qolgan odamlar» qissasining muallifini toping. J: Sh.Bo‘tayev 27. «Tilsim saltanati» romanining muallifi? J: Salomat Vafo 28. «Qon hidi» romanining muallifi? J: A.Nurmurodov 29. «Jaziramadagi odamlar» romani muallifi? J: Luqmon Bo‘rixon 30. «Otchopar» qissasining muallifini toping. J: A.Yo‘ldoshev 31. Amir Temurga bag‘ishlangan dramalarni toping. J: To‘ra Mirzo «Amir Temur», A.Oripov «Sohib qiron», O.Yoqubov «Fotihi muzaffar yoki bir parivash asiri» 32. Zamon otboqar obrazi qaysi hikoyada berilgan? J: Nazar Eshonqulning «Shamolni tutib bo‘lmaydi» hikoyasida 33. «Bulut toshgan soy», «Ozodlik», «Navro‘z, nav ro‘z» hikoyalari muallifi? J: Sh.Xolmirzayev 34. «Oqbo‘yin», «Qoyalar ham yig‘laydi», «Tog‘ oda mi» qissalari muallifi? J: N.Norqobilov 35. «Oriyat», «Quvonchli kun» hikoyalari muallifi? J: N.Norqobilov 36. «Darvesh» hikoyasi muallifi? J: Sh.Bo‘tayev 37. «Otamdan qolgan dalalar» romani muallifi? J: Tog‘ay Murod 38. «So‘qir» hikoyasi muallifi? J: A.Yo‘ldoshev 39. Hozirgi dramaturgiyada erishilgan yutuqlar hisoblan gan dramalarni toping. J: Usmon Azim «Bir qadam yo‘l», Erkin Samandar «Arabmuhammad Bahodirxon», llhom Hasan «Bir kam dunyo», Abdulla A’zam «Dugohi Hu sayniy», «Jek London hikoyasidan so‘ng», O.Yoqubov «Bir koshona sirlari» 40. Qaysi asarda Samarqandni ko‘rish, uni ziyorat etishni bir umr orzu qilib yashagan, ammo vaqtida qo‘li kaltaligi, keyinchalik turmush tashvishlari bilan ovora far zandlarining e’tiborsizligi sabab yonginasidagi shaharni ko.‘rmay o’tib ketgan qariya obrazi qaysi asarda berilgan? J: Usmon Azimning «Bir qadam yo‘l» dramasida 41. Qaysi asarda o‘z otalarining ko’zlariga mil tortish darajasida yirtqich bo’lgan Habash va Elbars timsollari bor? J: Erkin Samandarning «Arabmuhammad Bahodirxon» tragediyasida Download 124.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling