Adabiyot 9-sinf


Download 124.03 Kb.
bet18/19
Sana01.05.2023
Hajmi124.03 Kb.
#1419984
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
9-sinf savol-javob

CHINGIZ AYTMATOV
1. ChingizAytmatov qachon va qayerda tug‘ilgan?
J: 1928yilda Qirg‘izistonning Talas vodiysida joy lashgan Shakar qishloglda tug‘ilgan.
2. Chingiz Aytmatov otasining ismini toping. J: To‘ra qul Aytmatov qatog‘on davri qurboni bolgan
3. Chingiz Aytmatov qaysi o‘quv yurtlarida o‘qigan?
J: Avval Qirg‘iziston qishloq xo‘jaligi institutida, 1956 1958 yiltarda esa Moskvadagi Oliy adabiyot kur sida tahsil oldi
4. Qaysi ijodkor o‘z bolaligi haqida «Bizning ovulimizda yetti otasini bilish odatiga qat’iy rioya qilinardi. Shu sabab dan o‘zimizdan oldin o’tgan yetti avlodimizni bilish muqad das burch ekanligi bolalikdanoq ongimizga singdirilardi», deb yozadi? J: Chingiz Aytmatov
5. Chingiz Aytmatovda adabiyotga havasni kim uyg‘ot gan? J: Buvisi
6. Qaysi ijodkor «bolalik nafaqat quvnoq davr, bola lik inson shaxsi shakllanishining ilk davri hamdir», deb yozgan? J: Chingiz Aytmatov
7. Qaysi ijodkor ona tili haqida «Bolalikda shuurga singdirilgan ona tiligina qalbni she’riyat bilan sug‘orishi, in sonda milliy g‘ururning ilk kurtaklarini uyg‘otishi va ajdodlar tilining naqadar serqirra va sermazmun ekanligini anglati shi mumkin», deb yozgan? J: Chingiz Aytmatov
8. Chingiz Aytmatov onasining singlisi og‘ir kunlarda o‘z bag‘riga olganini aytadi. U kishining ismi? J: Qoraqiz xola
9. Qaysi ijodkor o‘z tarjimayi holida «Men juda erta ish lay boshladim: 10 yoshimda dehqon mehnatining barcha zahmatini tatidim», deb yozadi? J: Chingiz Aytmatov
10. «Hech kim o‘zo’zidan yozuvchi bo‘lib qolmaydi: yillar sabog‘i, qilingan mehnat, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqish va e’tiqod orqali bunga erishish mumkin». Ushbu fikrlar kimga tegishli? J: Chingiz Aytmatovga
11. Chingiz Aytmatov dastlabki hikoyalarini qachon yoza boshladi? J: 50yillarda
12. Chingiz Aytmatovning «Yuzmayuz» qissasi qa chon e’lon qilingan? J: 1957yilda
13. Chingiz Aytmatovning «Qiyomat» romani qachon . yaratilgan? J: 1986yilda
14. Chingiz Aytmatovning «Kassandra tamg‘asi» nomli romani qachon e’lon qilindi? J: 1990yilda
15. Chingiz Aytmatovning qaysi turkumga mansub asarlari munosib taqdirlandi? J: «Tog‘ va cho‘l qissalari»
16. Chingiz Aytmatovning qozoq yozuvchisi M.Shaxonov bilan hamkorlikda, o‘zaro suhbat tarzida yo zilgan asarini toping.
J: «Cho‘qqida qolgan ovchining ohu zori»
17. Chingiz Aytmatovning asarlari dunyoning necha ti liga tarjima qilingan? J: 160 tiliga
18. Qaysi ijodkor «Qadim o‘zbek madaniyatining 0‘rta Osiyoga ko‘rsatgan ta’sirini ko’hna Vizantiyaning Rusga ko‘rsatgan ta’siri bilan qiyoslash mumkin», deb yozgan?
J: Chingiz Aytmatov
19. «Asrga tatigulik kun» romani qancha fursatda yozib tugatilgan? J: To‘rt oy mobaynida, 1979yilning dekabri dan 1980yilning martigacha yozilgan
20. Chingiz Aytmatovning ilk romani qaysi?
J: «Asrga tatigulik kun»
21. Chingiz Aytmatovning qaysi romani matbuotda chiqishi bilanoq keng jamoatchilikni larzaga soldi?
J: «Asrga tatigulik kun»
22. Qaysi asar voqealari bir kun ichida bo‘lib o’tadi?
J: «Asrga tatigulik kun»
23. Qaysi asarga X asr yodgorligi «Musibatnoma»da gi «Bu kitob jismu fig‘onimdur mening, Bu kalom jonu jahonimdur mening», degan so‘zlar epigraf qilib olingan?
J: «Asrga tatigulik kun»
24. Chingiz Aytmatov «Asrga tatigulik kun» romanidagi qaysi qahramoni haqida davrimizning charxi olam mehvari ga o‘zimni hayajonga solayotgan muammolarning marka ziga qo‘yib tasvirlashga intildim deydi? J: Edigey Bo‘ron
25. Chingiz Aytmatov manqurtdan farqi yo‘q, kechagi kunini eslamaydigan, bobolarning udumlari bilan faxrlan maydigan kishilar obrazining mujassamlashgan timsolini «Asrga tatigulik kun» romanidagi qaysi qahramonlar orqali ochib beradi? J: Sobitjon va Jo‘lamon
26. «Asrga tatigulik kun» romanida voqealar qayerda bo‘lib o’tadi?
J: Sario‘zak cho‘lida, Bo‘ronli bekatda
27. Ona Bayit qabristonigacha Bo’ronli bekatdan eng yaqin yo’ldan yurilganda borishu kelish uchun qancha masofa ketar edi? J: 60 chaqirim
28. Edigey nima uchun Sobitjondan xursand bo‘lib ketdi? J: Sobitjon bu yoqqa kelayotganida otasining tirikligini ham, olganini ham bilmasdi, shunga qara may dafn marosimiga yetib kelgan edi
29. Sobitjon qayerdagi maktabinternatda o‘qigan?
J: Qumbeldagi
30. «0‘ladigan odamning o‘lgani yaxshi, ketadigan odamning ketgani yaxshi. Munchalik cho’zib, bosh qotirib o’tirishning kimga keragi bor? 0‘lgan odamga qayerga ko’milishning nima keragi bor?» Ushbu fikrlar qiysi qah ramonga tegishli? J: Sobitjonga
31. Kazangapning dafn marosimi maslahatiga necha kishi yig‘ilgan edi? J: Besh kishi
32. «Tabiatan qo’rsroq, qiziqqonroq edi u shuning uchun ham uni «Bo‘ron» deb atashadida». Bu qaysi qah ramon ta’rifi? J: Edigey
33. Otasining dafn marosimiga kelgan o‘g‘ilning «Oblastda kim qaysi vazifada ishlaydi, kimni ishdan olib, kimning amalini oshirishgani to‘g‘risida gap sotib, odamlar ni ishdan chalg‘itgan» personaj qaysi asar qahramoni?
J: «Asrga tatigulik kun» romanining
34. Sobitjonning xotini nima uchun qaynotasining dafn marosimiga kelmadi?
J: Allaqanday konferensiyada qatnasharmish, ana shu yig‘inga chet ellik mehmonlar tashrif buyurarmish
35. Sobitjonning farzandlari nega bobolarining dafn marosimiga kelmadi? J: Ular o‘zlashtirish va davomat uchun kurashar ekan, institutga kirmoqchi bolgan odamning attestati toza bolishi kerak ekan
36. «Ularga o‘limdan boshqa hamma narsa muhim! Modomiki, ularga oTim ahamiyatsiz ekan, demak, ular ha yotning ham qadrqimmatiga yetishmaydi. Unday bo‘lsa, yashashdan maqsad nima, ular nima uchun yashayapti lar?». Bu fikr kimniki va kimga qaratilgan?
J: Edigeyniki, Sobitjon va uning xotiniga qaratilgan
37. Edigey Bo’ron do‘stini so‘nggi yo‘lga kuzatish uchun nimani egarladi? J: Qoranor tuyani
38. Sobitjonga kim: «Xudoga ming qatla shukr qilgin, yaxshiyamki olamda otangnirig Edigey Bo’ron degan do’sti bor ekan. Rasmrusmini o’rriiga qo’yib, dafn etishga sen xalal berma. Shoshilayotgan bo’lsang, ushlab turganimiz yo‘q. Men sening o’rningga bir hovuch tuproq tashlab qo‘ya qolaman», deydi? J: Edilboy daroz
39. «Otaku seniki, biroq sening o’zing o‘zingga o‘xsha may qolibsan», deb Sobitjonga tanbeh bergan kim?
J: Edilboy daroz
40. Kazangap qizining ismi? J: Oyzoda
41. Kimning eri ichkilikka berilib ketgan edi?
J: Oyzodaning
42. Oyzodaning nechta bolasi bor edi? J: Oltita
43. Kim Kazangapning dafn marosimida katta o‘g‘lining hozirdanoq ichayotganini, militsiya kelib surishtirayotgani ni, kim biladi, ertaga prokuraturaga tushadi deb ogohlanti rayotganini aytib yig‘laydi? J: Oyzoda
44. «Otasini ko’mgani kelganmi yoki o‘zini sharman da qilgani kelganmi? Qozoq qizi tabarruk otasi o‘lganda shunaqa qiychuv qiladimi? Qozoq ayollarining qo’shiq day buyuk yig‘isi yuz yillar davomida avloddan avlodga o’tib, tillarda doston bo’lib ketganku! U vaqtlarda ayollar yig‘lashganida o‘liklar tirilmasa ham, tiriklarning ko‘zyoshi daryo bo’lib oqqanku! U zamonlarda ayollaryig‘lashganida marhumning fazilatlarini aytib, izzatini bajo keltirib ko‘kka ko’tarishgan, marsiyamas, madhiya aytishgan». Oyzodaga bu so’zlarni kim aytgan? J: Akasi Sobitjon
45. «Nega deganda, u firibgar, sen ham firifgarsan, xotiningga poypatak bo’b yurgan pastkashsan, ikkoving otamni sog‘in sigirday sog‘ib ichdinglar, mening erim piyonis ta bo‘lsayam, mana, shu yerda o’tiribdi, sening aqllihushli xotining qayerda qoldi?!» Bu fikr kimniki? J: Oyzodaniki
46. Dafn marosimidan oldin kimlar yoqalashib, bo g ishib ketdi? J: Sobitjon bilan Oyzodaning eri
47. Kazangap olimidan oldin o‘z yurtiga borib qaysi joy biian xayrlashib keladi? J: Orol dengizi bilan
48. Edigey va Kazangap qayerlik qozoqlardan edi?
J: Orolbo‘yi qozoqlaridan
49. «Orol dunyo turguncha turar edi, endi mana shu dengiz ham quriyapti, odam umrini gapirmasa ham bo‘la di». Ushbu fikrlar kimniki? J: Kazangapniki
50. Kazangap Edigeyga o‘zini Ona Bayitga dafn etishni qayerda iltimos qiladi?
J: Orol bilan xayrlashgani kelganida
51. Jungjanglar qullarni qanday holga keltirishar edi? J: Manqurtga
52. Manqurt qanday qul edi? J: Xotirasidan umrbod mahrum etilib, o‘tmishni eslay olmaydigan qul
53. 0‘zaro to‘qnashuvlarda o‘ldirilgan bitta manqurt qul uchun boshqa erkin tutqunga nisbatan qancha ortiq haq undirib olinardi? J: Uch barobar ortiq
54. «lnsonning insonlik fazilati, yaratilganda birga yaratilib, 0‘lganda yana o‘zi bilan birga ketadigan va bosh qa mavjudotlardan ajratib turadigan birdanbir noyob fazi lati xotirasi, aqlidroki bo‘lsayu, uni tagtomiri bilan yulib olsalar, axir, bu qanday yovuzlik, qanday bedodlik?!» Bu parcha qaysi asardan olingan?
J: «Asrga tatigulik kun» romanidan
55. Nayman ona bir yosh va navqiron manqurtning yolg‘iz o‘zi Sario’zak dashtida tuyalar podasini boqib yur ganini kimdan eshitadi? J: Savdogarlardan
56. Nayman onaning yosh o‘g‘li nima uchun jangga ot langan edi? J: Bir yii oidin halok etilgan otasining o‘chi ni olish uchun
57. Jo’lomon qanday qilib jungjanglarga asir tushib qoladi?
J: Yarador boMganida jang suronidan cho’chigan ot ustidagi chalajon yigitni cho‘l ichkarisiga olib ketadi, naymanlar uni har qancha izlasa ham topa olmaydilar
58. Nayman ona o‘g‘lini izlashga qaysi tuyasini tayyor ladi? J: Oqmoya tuyasini
59. Nayman ona safarga qancha suv oldi? J: Ikki mesh
60. Nayman ona safarga ketishdan oldin nima qildi?
J: Ollohga kalima qaytardi
61. Savdogarlar yosh manqurtni qayerda ko‘rishgan edi? J: Malaqumdichop jarligi etagida
62. «Yerdan mahrum etish mumkin, moldunyodan mahrum etish mumkin, hatto insonni yashashdan mahrum etish mumkin, biroq odamni xotirasidan mahrum etishni kim o’ylab topdi ekan?! Yo rabbiy, agar olamda bor bolsang, bandalaringga bu yovuzlikni qanday ravo ko‘rding. Yer yuzida usiz ham yovuzlik kammidi?» Ushbu fikrlar kimning nutqidan olingan? J: Nayman onaning
63. Nayman onani manqurt o’g‘li tanimaganidan ke yin u qanday yo‘l tutadi? J: So‘rabsurishtirishlar bilan emas, balki aqlini kovlash, qitiqlash bilan eshushini o’ziga keltirmoqchi bo‘ldi
64. Jo’lomonga nima uchun shunday nom qo’yishgan edi? J: Naymanlarning yayloviga ko‘chib o‘tishayot ganida yo‘lda tug‘ilgani uchun
65. Jo‘lomon otasining ismi? J: Do‘nanboy
66. Manqurtning kim bilan gaplashigisi kelardi?
J: Oy bilan
67. Manqurt nimani istar edi?
J: Xo‘jayinning boshidagi singari kokil qo‘yishni
68. Ikkinchi kun ona qanday yo‘l tutdi? J: Manqurtni yediribichirgandan so‘ng, unga alla ayta boshlaydi
69. Nayman onani ko‘rib qolgan jungjanglar uni quvib yetolmagandan so‘ng manqurtni qanday jazolaydi?
J: Rosa do‘pposlaydi
70. Jungjanglar manqurtga nima qilishni buyuradi?
J: Senda hech qanaqa ona yo‘q, u telpagingni sidi rib olib, boshingni qaynoq suvga solgani kelgan. Mana buni ol, deb unga o‘qyoy tutishadi
71. Manqurtda qanday xotira saqlanib qolganini qo‘rqqan jungjanglar hayratga tushadi?
J: Qo‘lida moljalga olish xotirasi
72. Manqurt Nayman onani o‘ldirgandan so’ng, ona ning nimasi qushga aylanib uchib ketdi? J: Oq ro‘moli
73. Bu qushning nomi nima? J: Do‘nanboy
74. Oqmoya tuyaning avlodlari qanday xususiyatga ega edi?
J: Urg‘ochilari o‘ziga tortib, oq bosh tug‘ilib, nay man eliga ma’lum va mashhur, norlari esa, aksincha, hozirgi Qoranor Bo‘ron singari qoradan kelgan, juda baquvvat boMadi
75. Qaysi asar chop etilishi bilan o‘quvchilar tafakkuri va ruhiyatini larzaga keltirdi?
. J: «Asrga tatigulik kun» romani
76. X asrda yaratilgan «Musibatnoma» asarining mu allifi kim? J: Arman yozuvchisi Grigor Narikadze
77. «Asrga tatigulik kun» romanida odam degan yara tiqning azizligi, uni tarixiy ildizlaridan, tilidan, g‘ururidan mahrum qilish joniga qasd etishdan ham dahshatli jinoyat ekani qaysi qahramon fojiasi orqali aks ettirilgan?
J: Nayman ona fojiasi asnosida
78. «Asrga tatigulik kun» romanida siyosatdan tamomi la chetda turuvchi, siyosiy muammolar hal qilinadigan joy lardan minglab chaqirim yiroqda umr kechiruvchi kamtargi na odam ham aslida siyosatning ta’siridan xoli bo’lolmasligi qaysi qahramon taqdiri misolida juda ishonarli aks ettiril gan? J: Bo‘ronli Edigey orqali
79. «Asrga tatigulik kun» romanidagi manqurtning zamonaviy va xavfli nusxasi kim? J: Sobitjon
80. Edigey tabiatiga xos yuksak insoniy xususiyatlar qachon namoyon bo‘ladi? J: Kazangapni dafn etish ja rayonida, marhum bilan vidolashuv onlarida, Allohga munojot qilgan o‘rinlari tasvirida

Download 124.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling