Naxli tarin – majoziy ko‗karib turgan daraxt.
Boqmasa
dehqon chamanin tunu kun,
Naxli tarin angla qurug‗on o‗tun. (―Hayrat ul-abror‖)
Nahr ul-hayot arabcha hayot daryosi.
Ariqqa qo‗ydilar, ―Nahr ul-hayot‖ ism. (―Farhod va Shirin‖)
Nisheman forscha yashash, makon qurish; maskan.
Kelib sarzanish qildi bir zog‗ anga,
Kim erdi nisheman hamul bog‗ anga. (―Saddi Iskandariy‖)
Noguzir forscha ilojsiz, noiloj.
Ul zoru zaifi noguzirim,
Kim bordur ul mening asirim. (―Layli va Majnun‖)
Nurposh arabcha-forscha nur sochish, yog‗du berish, nur taratish.
Toki quyosh jirmi bo‗lub nurposh,
Mahfili ayshingda bu yanglig‗ maosh. (―Hayrat ul-abror‖)
Ovuch hovuch;
majoziy shapaloq.
Fard kishi davrda topmas navo,
Yolg‗uz ovuchdin kim eshitmish sado? (―Hayrat ul-abror‖)
Oyini vafo – vafo odati.
Oyini vafo shioring o‗lsun,
Bor emdiki, tangri yoring o‗lsun. (―Layli va Majnun‖)
Oshyon forscha in, uya; maskan, turar joy.
Oltun qafas ichra
gar qizil gul butsa,
Bulbulg‗a tikandek oshyon bo‗lmas emish. (―G‗aroyib us-sig‗ar‖)
Oyat arabcha belgi, nishon, alomat.
Dedikim: ―Ayo guzini ayyom,
Ishq oyati ichra harfi idg‗om. (―Layli va Majnun‖)
Do'stlaringiz bilan baham: