Sidq arabcha to‗g‗rilik, rostlik.
Har nechakim rost fig‗on ayladi,
Sidqini ham kizb gumon ayladi. (―Hayrat ul-abror‖)
Siymi mahlul – eritilgan kumush.
Siymi mahluldek suyi tobi,
Jo‗shida iztirobi siymobiy. (―Sab‘ai sayyor‖)
Sipehr arabcha osmon, falak.
Andoq aro yerda ayon bo‗ldi mehr,
Ki hasad eltur edi andin sipehr. (―Hayrat ul-abror‖)
Sukun arabcha tinchlik, osoyishtalik.
Xiroming chog‗i yo‗ldosh o‗lsam erdi,
Sukuning vaqti qo‗ldosh o‗lsam erdi. (―Farhod va Shirin‖)
Sursuh forscha xushxabar
keltiruvchi farishta, Jabroil.
Jon dardig‗a
chora kush sensen,
Odam demayin, surush sensen. (―Layli va Majnun‖)
Taallum arabcha o‗qish, ta‘lim, tahsil.
Itga taallumda chu bo‗ldi kamol,
Sayd aning og‗zidin o‗ldi halol. (―Hayrat ul-abror‖)
Taarruz arabcha qarshilik, monelik.
Taarruz
ayladi bir necha izhor,
Debonkim: ―Bu nechuk so‗zdur, nechuk kor?‖ (―Sab‘ai sayyor‖)
Tanura forscha temirchilar
tutadigan lungi, fartuk.
Temurchidin tilab dam birla ko‗ra,
Beliga bog‗labon charmni tanura. (―Farhod va Shirin‖)
Tafrit arabcha sustkashlik, biror narsaga sustlik bilan qarash.
Anda tafritu anda bu ifrot,
El hissu aqlini qilur isqot. (―Sab‘ai sayyor‖)
Do'stlaringiz bilan baham: