G„ino arabcha kuy, ohang, musiqa;
ahli g„ino – sozandayu -xonandalar.
Bazmda soqiylar o‗lub jilvosoz,
Ahli g‗ino har sori dostonnavoz. (―Hayrat ul-abror‖)
Halal arabcha joy, o‗rin; mahalla.
Ki vayronlig‗larida
yuz halaldur,
Agar qilsam madad, voqe‘ mahaldur. (―Farhod va Shirin‖)
Hangomabar forscha gap yetkazuvchi, fikr eltuvchi.
Eshittimki bir toyiri nomabar,
Bitik zimnida sharhi hangomabar. (―Saddi Iskandariy‖)
MAVZU: ALISHER NAVOIYNING ADABIY MEROSI
(1 SOATLIK DARS ISHLANMASI)
Dars shiori:
Umidim uldur va xayolimg‗a andoq kelurkim, so‗zum martabasi avjdin kuyi
inmagay va bu tartibim kavkabasi a‘lo darajadin o‗zga yerni beganmagay.
Alisher NAVOIY.
Dars maqsadi:
1.
Ta„limiy: A.Navoiy adabiy
va ilmiy merosining ilm-fan, madaniyatimiz
taraqqiyotidagi o‗rni va ahamiyatini tushuntirish.
2.
Tarbiyaviy: O‗quvchilarni milliy qadriyatlarni ulug‗lash,
vatanparvarlik,
xalqparvarlik va fidokorlik ruhida tarbiyalash; ularga o‗z
tariximiz bilan
faxrlanish tuyg‗usini singdirish.
3.
Rivojlantiruvchi: O‗quvchilarning nutq madaniyatini o‗stirish, mustaqil
fikr
yuritish, mushohada qilish va xulosa chiqarishga o‗rgatish.
4.
Kasbga
yo„naltiruvchi: Texnik xodimning ma‘naviy qiyofasini
shakllantirish.
Dars turi: Amaliy-ijodiy mashg‗ulot. Fanlararo integratsiya. (Binar uslub)
Dars uslubi: Noan‘anaviy dars. ―Tarmoqlar‖ (Klaster)
texnologiyasini
qo‗llash. Kichik guruhlarda ishlash. ―Zakovat‖ o‗yini.
Do'stlaringiz bilan baham: