9. Xulosa. 10 daqiqa.
Darsning borishi:
Darsning asosiy qismida Alisher Navoiy to‗g‗risidagi badiiy-publisistik
filmdan lavha namoyish etiladi. Shoirning:
Istanglar, bizni sahroyi baloda istangiz
deb boshlanuvchi g‗azali o‗qiladi.
O‗quvchilarning diqqat-e‘tibori dars shioriga qaratiladi. (Shior
proektor
orqali namoyish etiladi).
O‗quvchilardan biri shoirning faxriya so‗zlarini ifodali o‗qiydi va
sharhlaydi.
Savol: A.Navoiyning o‗z ijodidan faxrlanib aytgan ushbu so‗zlarini hozirgi
o‗zbek tili me‘yorlariga ko‗ra qanday ifodalagan bo‗lar edingiz?
Javob: ―Umid
qilamanki, soz‗larim hamisha izzat-e‘tibor
topadi va
yaratgan asarlarimning nuri porloq yulduz kabi so‗nmaydi‖.
Savol:
Misralarda hozirgi o‗zbek adabiy tili uchun me‘yor
hisoblanmaydigan qanday holatlarni ko‗ryapsiz?
Javob: a) ayrim grammatik shakllar:
Uldur, xayolimg‗a, andoq, kelurkim, so‗zum, avjdin, inmagay
b) ayrim so‗zlar:
Inmoq – yuqoridan pastga tushmoq
Kavkaba – yulduz, porloqlik
Beganmoq – maqbul topmoq, yoqtirmoq.