Zulmpesha arabcha-forscha zulm qiluvchi.
Ne bo‗lg‗ay erdi charxi zulmpesha.
Meni sendin judo qilmay hamesha. (―Farhod va Shirin‖)
Igrim uyurim, girdob, suvning aylanib oqishi.
Ne girdobkim, charxi gardondadek,
Ne igrim, sipehri navardandek. (―Saddi Iskandariy‖)
Idg„om arabcha qo‗shish, biriktirish.
Dedikim: Ayo guzini ayyom,
Ishq oyati ichra harfi idg‗om. (―Layli va Majnun‖)
Ilhon arabcha sayrash, kuylash, xonish qilish.
Sher
eshitib aning ilhonini,
Fahm qilib savtida yolg‗onini. (―Hayrat ul-abror‖)
Intiqom arabcha o‗ch, qasd, qasos.
‗lmoq o‗lmas xalos domigdin,
Bo‗lmog‘im emin intiqomingdin. (―Sab‘ai sayyor‖)
Ismat arabcha poklik, pokizalik, iffat.
Mehriga saodat avji matla‘,
Ismat hullali yuziga burqa‘. (―Layli va Majnun‖)
Istig‟for arabcha tavba qilish; afv so‗rash, kechirim so‗rash.
Dedi: bu ishqdin inkor qilg‗il!
Dedi: bu so‗zdin istig‗for qilg‗il! (―Farhod va Shirin‖)
Kabk forscha kaklik.
Qahqahadin kabk navo kelturub,
Boshig‗a ul kulgu balo kelturub. (―Hayrat ul-abror‖)
Kajrav forscha egri yuruvchi, egri yo‗lga
kirib ketgan, ko‗ngli nopok.
Har
kishikim, tuzluk erur peshasi,
Kajrav esa charx ne andeshasi. (―Hayrat ul-abror‖)
Do'stlaringiz bilan baham: